1. Agar siz kichik bo’lsada jiddiy xulosani chiqara olmasangiz
NIMA UCHUN U SEN BILAN EMAS?
Download 334.5 Kb.
|
Quyidagi test sizga hayotdan nimani kutib yashashingizni bilib beradi
- Bu sahifa navigatsiya:
- HAZIL, ISHVA VA PICHING
NIMA UCHUN U SEN BILAN EMAS?O’zingni o’zgartirishdan avval, aynan nima uchun o’zgarish kerakligini tushunib olishing darkor. Yigitlar odatda qanday xatolarga yo’l qo’yadilar? Ular go’zal qizni ko’rishligi bilan, unga chiroyli muomala qilish, yordam berish, ko’nglini ko’tarish va ko’proq e’tibor berish kerak deb o’ylaydilar. Agar qizning fikrini bilmoqchi bo’lsangiz, u quyidagilardan iborat bo’ladi. “U menga haddan tashqari ko’p e’tibor qaratayotgan ekan, demak bu harakatlarisiz menga yoqmay qolishdan cho’chiydi. Bundan chiqdi, u o’z qadrini bilmaydi va hech kimga kerak emas. O’zining qadriga yetmaydigan inson bilan birga bo’lishning menga nima keragi bor?” Qadring pastligini bilganidan keyin, u seni boshqarishni xohlab qoladi va buni sinab ko’rmoqchi bo’ladi. Odatda bunday paytda u sendan ba’zi narsalarni iltimos qilishi mumkin. Mobodo iltimos qilmasa ham, o’zini shunday tutadiki, sen o’zingni boshqacha tutishni boshlaysan. Nihoyat, sen qadringni bilmasligingni va seni boshqara olishini tushunganidan keyin, seni do’stlari toifasiga qo’shib qo’yadi. Ehtimol, u senga jilmayib, chiroyli muomala qilgandir, va sen to’gri yo’l tutganingga ishongansan. Ammo shuni bilginki: qalban u seni hurmat qilmay va erkak sifatida ko’rmay qo’ygan. Shuningdek, u seni behurmat qilsa-yu (yani qo’ng’iroqlaring va SMSlaringga javob bermasa), so’ngra hech narsa bo’lmaganday gaplashib ketsa, bu ham seni mensimaganidan dalolatdir. Sen qanday xatolarga yo’l qo’yding? Fikr yuritib ko’r va tegishli xulosalar chiqar. So’ngra o’zingni tutishingni butunlay qarama-qarshi tarafga o’zgartir. Bu osondek tuyulishi mumkin, biroq uddasidan chiqish qiyin. Axir u atayin senga chiroyli muomala qiladi va sen uning rayini qaytarishdan uyalasan, hamda uning navbatdagi hiyla — nayranggiga uchib qolganingni bilmay qolasan. HAZIL, ISHVA VA PICHINGBu uch element tanish qiz bilan muloqotda ishtirok etishi kerak. Agar xozirgi vaqtga qadar sen u bilan hushmuomala bo’lgan va unga piching qilmagan bo’lsang, endi bu xatoni to’g’rilash vaqti keldi. Piching va kesatiqlardan foydalansang, qadr — qimmating o’z-o’zidan oshadi. Qizga uning go’zalligi sen uchun hech narsa emasligini, sen qizning emas, u sening e’tiboringni qozonishi kerakligini isbotlagan bo’lasan. Ishvani ham yoddan chiqarmaslik kerak. Ishva nima? Manbalarga murojaat qilsak, uning asl ma’nosini bilgandek bo’lamiz. Ishva fransuzcha “flirt” so’zining tarjimasi bo’lib, ma’nosi — sevgi o’yini demakdir. Xullas, sen qiz bilan shunchaki oddiy muloqot qilmasdan, u bilan o’ynashib, sho’x holda ko’nglini olasan. Aytib o’tish kerak, piching ham tannozlikning bir turidir. Download 334.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling