1. Agrobiznes va uning turlari Agrar munosabatlarning iqtisodiy mazmuni. Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishning xususiyatlari


Download 216.63 Kb.
bet5/8
Sana30.04.2023
Hajmi216.63 Kb.
#1408860
1   2   3   4   5   6   7   8
Agrosanoat kombinatlari – qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va iste‘molchilarga yetkazib berishgacha barcha texnologik jarayonga xizmat qiluvchi xo’jalik va korxonalarning ma‘lum bir hududida birlashuvidir;
Agrobiznes - qishloq xo’jalik sohalaridagi tadbirkorlik faoliyati. Agrobiznesning asosiy shakli va birlamchi bo’g’ini fermer va dehqon xo’jaliklaridir.

2. Agrar munosabatlarning iqtisodiy mazmuni.


Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishning xususiyatlari
Ma‘lumki, agrar sohadagi ishlab chiqarish ko’pincha yer bilan bog’liq bo’ladi. Yerga egalik qilish, tasarruf etish va undan foydalanish hamda o’zlashtirish bilan bog’liq bo’lgan munosabatlar agrar munosabatlar deyiladi.
Qishloq xo’jaligidagi ishlab chiqarishining o’ziga xos xususiyatlari shundan iboratki, bu yerda iqtisodiy qonunlar bilan tabiiy qonunlar bevosita bog’lanib ketadi, chunki agrar sohadagi ishlab chiqarish tirik mavjudotlar – yer, o’simlik, chorva mollari bilan bevosita bog’liqdir. Bu yerda yer - mehnat ashyosi (predmeti) va asosiy ishlab chiqarish vositasi, xo’jalik yuritish ob‘ekti bo’lib, u eskirmaydi, yeyilmaydi, unga munosabat yaxshi bo’lsa, uning unumdorligi yaxshi bo’ladi.
Uzoq yillar davomida tabiiy o’zgarishlar natijasida yerning ustki qatlamida o’simlik “oziqlanishi” mumkin bo’lgan turli moddalarning vujudga kelishi yerning tabiiy unumdorligi deyiladi.
Agrar tuproq unumdorligi kishilarning tabiatga ta‘siri natijasida, ya‘ni tuproq tarkibi va dehqonchilik usullarini yaxshilash sun‘iy yo’l bilan (masalan, yerni organik va kimyoviy o’g’itlash, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash, ilmiy asoslangan sug’orish, irrigatsiya va melioratsiya kabi ishlab chiqarish usullarini joriy qilish hamda shu kabi yo’llar bilan) amalga oshirilsa, bu iqtisodiy unumdorlikni tashkil qiladi.
Qishloq xo’jaligida foydalanadigan barcha ishlab chiqarish vositalari xususiy, shaxsiy, jamoa mulk shaklida bo’lish mumkin. Hozirgi paytda qishloq ho’jaligida xo’jalik yuritishning asosiy ko’rinishlari fermer va dehqon shakllarida bo’lib, ulardan ishlab chiqarish jarayonlari turli iqlim va tuproq sharoitlaridan foydalanish asosida olib boriladi.
Qishloq xo’jaligida mavjud bo’lgan barcha ishlab chiqarish vositalar (traktorlar, mashinalar, transport vositalari, bino, inshootlar, ko’p yillik daraxtlar, mahsuldor chorva hamda ish hayvonlari) kapital tarkibini tashkil qiladi. Aylanma kapitalga quyidagilar kiradi: yosh va boquvdagi hayvonlar, yem-xashak, urug’lik fondlari, kimyoviy o’g’itlar, hizmat muddati bir yildan kam bo’lgan turli xil ishlab chiqarish vositalari – invertarlar, yoqilg’i va moylash materiallaridan iborat bo’ladi. Kapital doiraviy aylanib turadi, ya‘ni pul shaklidan ishlab chiqarish shakliga, undan tovar shakliga o’tib, yana pul shakliga qaytib keladi.
Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish vaqti uzoq davom etadi va ish vaqti kunlar bilan belgilanadi. Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish jarayoni mavsumliyligi bilan xususiyatlidir. Masalan, kombaynlar, turli ekish asboblaridan qisqa vaqtda foydalaniladi. Aholini nisbatan zichligi, qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlarning cheklanganligini hisobga olib, yerga xususiy mulkchilik joriy qilinadi, unga davlat mulki saqlanib qoldi.
Yerga egalik jismoniy va huquqiy shaxslarning ma‘lum yer uchastkasiga tarixan tarkib topgan asoslardagi yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibdagi egalik huquqini tan olinishini bildiradi. Yerga egalik kishi deganda avvalo yerga bo’lgan mulkchilik va uni iqtisodiy jihatdan realizatsiya qilish ko’zda tutiladi. Yerga egalikni yeri bo’lgan mulkdor yoki davlat amalga oshiradi.

Download 216.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling