1. Аholi oʼsishi va iqtisodiy rivojlanish mohiyati Аholi oʼsishi va iqtisodiy muammolar
Аholi oʼsishi va iqtisodiy muammolar
Download 31.53 Kb.
|
Aholi o`sishi va iqtisodiy rivojlanish, aholi o`sishining iqtisodiy muammolari
2.Аholi oʼsishi va iqtisodiy muammolar
Ishchi kuchini takror hosil qilish jarayonini tadtsits etish uning mitsdoriy va sifat jihatlarini ajratishni tatsozo etadi. Ishchi kuchining mikdori mamlakat aholisining mehnatga layokatli boʼlgan kismi orqali ifodalanib, u ishchi kuchi resurslari deb xam ataladi. Insonning ishchi kuchi resurslari tarkibiga kiritilishining asosiy mezoni uning yoshi va mehnatga boʼlgan sobiliyati hisoblanadi. Odatda ishchi kuchi resurslari tarkibiga 16 yoshdan 60 yoshgacha boʼlgan erkaklar, 16 yoshdan 55 yoshgacha boʼlgan ayollar kiritiladi. Lekin ijtimoiy ishlab chiqarish va boshqasohalarda band boʼlgan pensionerlar xam ishlashi mumkin. Ishchi kuchining sifati uning tarkibining zamon talablari jihatidan ijtimoiy ishlab chiqarish extiyojlariga muvofikligi darajasini namoyon etadi. Ishchi kuchining sifati uning maʼlumot, kasbiy tayyorgarlik, malaka, ish tajribasi darajalari kabi koʼrsatkichlar orqali ifodalanadi. Fan-texnika taraqqiyotining jadallashib borishi bilan ishchi kuchining sifatiga boʼlgan talab xam ortib boradi. Xozirgi davrda ishchi kuchi resurslarining faol va potentsial sismi fartslanadi. Ijtimoiy ishlab chiqarishda band boʼlgan va ishlashga tayyor boʼlib, ish izlab turgan shaxslar ishchi kuchi resurslarining faol kismi hisoblansa, ishlab chiqarishdan ajralgan holda ukiyotganlar va vaqtinchalik uy xoʼjaligida, boshqa har xil ishlarda band boʼlganlar potentsial kismi hisoblanadi. Ishchi kuchini takror hosilqilish insonning jismoniy kuchlari va aqliy sobiliyatlarini oʼzluksiz qayta tiklab va taʼminlab turish, ularning mehnat malakasini muttasil yangilab va oshirib borish, umumiy bilim va kasbiy darajasi oʼsishini taʼminlash demakdir. Ishchi kuchini takror yaratish xodimlarni ishlab chiqarishga jalb etishni, tarmoqlar, korxonalar, mintaqalar oʼrtasida ishchi kuchiresurslarini taksimlash va qayta taksimlashni, ularning xodimlarga boʼlgan extiyojlari kondirilishini va ayni paytda mavjud ishchi kuchining ish bilan toʼla va samarali band bulishini taʼminlaydigan iqtisodiy mexanizmini yaratishni xam oʼz ichiga oladi. Nufus qonuni - aholining oʼsib borishi qonunidir. Nufus qonuni aholining tabiiy harakati, yaʼni ulim darajasining pasayishi, hayot kechirish davomiyligining oʼzayishi, tugilishning optimal darajaga yetishi, jamiyat va alohida oilalar manfaatlari oʼzaro uygunligining taʼminlanishi orqali namoyon boʼladi. Ishchi kuchini takror hosilqilish nisbatan mustaqiliqtisodiyva ijtimoiy muammo boʼlib, bu muammoning ayrim tomonlari aholining tabiiy harakatlari shaklida namoyon boʼladi. Shu sababli ishchi kuchini takror hosilqilishning asosi aholining tabiiy oʼsishi yoki harakati hisoblanadi. Аholining tabiiy oʼsishi - bu aholining emigratsiya (Fuqarolarning oʼz mamlakatlaridan boshqa mamlakatlarga kuchib oʼtishi) va immigratsiya (xorijiy Fuqarolarning doimiy yashash uchun mamlakatga kuchib kelishi)dan tashkari harakatini ifodalaydi. U quyidagi umumiy koeffitsientlar orqali aniqlanadi: - tugilish koeffitsienti (yil davomida tirik tugilgan chakaloklarning mavjud aholioʼrtacha yillik soniga nisbati); - ulish koeffitsienti (yil davomida ulganlarning mavjud aholioʼrtacha yillik soniga nisbati); - tabiiy oʼsish koeffitsienti (tugilish va ulish umumiy koeffitsientlari oʼrtasidagi fark). Odatda bu koeffitsientlar mamlakatdagi oʼrtacha har 1000 ta aholi soniga tugʼri keluvchi mikdor sifatida baholanadi. Mamlakatdagi yoki ayrim hududlardagi ishchi kuchi resurslari mikdoriga aholining tabiiy oʼsishidan tashkari ishchi kuchi migratsiyasi xam taʼsir qiladi. Ishchi kuchi migratsiyasi murakkab jarayon boʼlib, turli omillar taʼsiri ostida (masalan, ish xaki darajasidagi oʼzgarishlar, ishsizlik va x.k.) ishchi kuchining bir hududdan boshqa bir hududga kuchib oʼtishini bildiradi.Migratsiya ikki darajada, yaʼni halqaro darajada va mamlakat ichida ruy berishi mumkin. Davlatlar oʼrtasida ruy bergan migratsiya tashki migratsiya deyiladi. Bir mamlakat ichida ruy bergan migratsiya ichki migratsiya deb atalib, u quyidagi shakllarda bulishi mumkin: 1) tugal migratsiya - aholining doimiy yashash joyini oʼzgartirishi bilan bogʼlik migratsiya; 2) tebranuvchi migratsiya - ishchi kuchining bir hududdan boshqa hududga muntazam davriy ravishda katnab ishlashi bilan bogʼlik migratsiya; 3) mavsumiy migratsiya - mavsumiy ish faoliyati bilan bogʼlik migratsiya; 4) tasodifiy migratsiya - ishchi kuchining baʼzi xollarda boshqa hududlarga borib kelishi bilan bogʼlik migratsiya. Ishchi kuchi migratsiyasi shunchaki ruy bermay, uning negizida maʼlum ijtimoiy- iqtisodiysabablar yotadi. Ishchi kuchi migratsiyasining iqtisodiyvazifasi sifatida mamlakat buylab mehnat resurslari samarali taksimlanishini taʼminlash, ishchi kuchiga boʼlgan talab va taklif nisbatini muvofiklashtirish hisoblanadi. Buvazifaning amalga otpishi natijasida ishchi kuchidan foydalanish samaradorligi oshadi. Ishchi kuchi migratsiyasining ijtimoiy vazifasi aholi turmush darajasini oshirish, inson omilining ijtimoiy hayotdagi roli va mavkeini yanada yuksaltirishdan iborat. Ishchi kuchini takror hosilqilish uning toʼla va samarali ish bilan band bulish muammosini xam oʼz ichiga oladi. Ish bilan toʼla band bulishni mutloq maʼnoda tushunmaslik kerak. Birinchidan, ishsizlikning maʼlum darajasi iqtisodiy uchun meʼyordagi xol hisoblanadi. Ikkinchidan, ish bilan toʼla band bulish mehnatga layokatli barcha kishilar albatta umumlashgan (davlat va jamoa korxonalarida) ishlab chiqarishga jalb etilishi zarurligini anglatmaydi. Ularning bir kismi oʼzini oilada xizmat koʼrsatishga, bolalar tarbiyasiga, shuningdek, xususiy korxonalar va shaxsiy yordamchi xoʼjalikda mehnatqilishga, yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shugʼullanishga bagishlashi mumkin. Uchinchidan, ish bilan toʼla band bulish uning samaradorligi bilan, mehnat resurslaridan goyat oqilona foydalanish bilan kushib olib borilishi kerak. Download 31.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling