1. Аholi oʼsishi va iqtisodiy rivojlanish mohiyati Аholi oʼsishi va iqtisodiy muammolar


Download 31.53 Kb.
bet4/4
Sana14.03.2023
Hajmi31.53 Kb.
#1267567
1   2   3   4
Bog'liq
Aholi o`sishi va iqtisodiy rivojlanish, aholi o`sishining iqtisodiy muammolari

Birinchi bosqich ishlab chiqarishning sanoatlashuvidan oldingi davrda vujudga kelib, dastlab o‘sha davrdagi kishilar jamoalari yoki qabilalari o‘rtasida paydo bo‘lgan savdo ayirboshlashuvi keyinchalik tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan turli mamlakatlar o‘rtasidagi doimiy tovar almashuvi - xalqaro savdoning paydo bo‘lishi va rivojlanishiga olib keldi.
Ikkinchi bosqich ishlab chiqarishning sanoatlashuv davriga to‘g‘ri kelib, yirik mashinalashgan ishlab chiqarishning vujudga kelishi va tadbirkorlaming ko‘proq foyda olishga intilishi tashqi savdoni deyarli barcha milliy xo‘jaliklaming tarkibiy qismiga aylantirib qo‘yishi natijasida XVIII-XIX asrlarda rivojlangan jahon bozori paydo bo‘ldi.
Uchinchi bosqich XIX-XX asrlarga to‘g‘ri kelib, bu davrda jahon xo‘jaligi tizimi shakllandi.
To`rtinchi bosqich XX asming 60-yillaridan boshlab, ya’ni ко‘plab mustamlaka mamlakatlaming siyosiy qaramlikdan ozod bo‘lishi natijasida zamonaviy jahon iqtisodiyotida ijobiy o‘zgarishlaming yangi tendensiyalari paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Bu tendensiyalar quyidagilardan iborat:
- iqtisodiy manfaatdorlik asosidagi xalqaro hamkorlik;
- ishlab chiqarishning baynalminallashuvi;
-jahon miqyosidagi bozor makonlarining kengayishi;
-jahon xo‘jaligi aloqalari majmuining
Ba’zi manbalarda «Jahon xo‘jaligi», tushunchasining keng va tor ma’nolari farqlanadi. Keng ma’nosiga ko‘ra, jahon xo‘jaligi - bu jahondagi barcha milliy iqtisodiyotlaming yig‘indisidir. Tor ma’nosiga ko‘ra - bu milliy iqtisodiyotlaming faqat tashqi dunyo bilan o‘zaro aloqada bo‘lgan qismlari majmuidir. Biroq, bu ikkala ma’no o‘rtasidagi tafovut borgan sari sezilmay qolmoqda, chunki barcha mamlakatlarda tashqi dunyo bilan bevosita yoki bilvosita aloqaga kirishmagan tarmoq yoki sohalar tobora kamayib bormoqda. Demak, yuqoridagilardan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, jahon xo‘jaIigi - bu xalqaro mehnat taqsimoti asosida savdo, ishlab chiqarish, moliyaviy, ilmiy-texnikaviy va boshqa shakldagi iqtisodiy hamkorlik va aloqalari kuchaygan, o‘zaro manfaatdorlik maqsadida birlashgan turli mamlakatlar xo‘jalik!arining umumiy tizimidir. Jahon xo‘jaligi subyektlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: - o‘zichiga milliy iqtisodiyotmajmuasinioluvchi turli mamlakatlar; - transmilliy korporatsiyalar; - xalqaro tashkilot va institutlar; - milliy iqtisodiyot chegarasidan chiqqan, barcha sohalar, xo‘jaliklar va firmalar. Jahon bozorining o‘ziga xos xususiyati bo‘lib jahon narxlari va xalqaro raqobat tizimining amal qilishi hisoblanadi. Aynan xalqaro raqobatning mavjudligi turli darajadagi milliy qiymatlami yagona baynalminal qiymatga keltiradi. Jahon narxi jahon bozoriga ne’matlarning asosiy hajmini yetkazib beruvchi mamlakatlardagi shart-sharoitlar orqali aniqlanadi. Mamlakatlar o‘rtasida sotish bozorlarini egallash uchun keskin raqobat kurashi olib boriladi. Jahon xo‘jaligida har bir o'zgarishlar (jahon bozoridagi narxlar harakati va alohida mamlakatning eksport imkoniyatidan tortib dunyo iqtisodiyotidagi tarkibiy siljishlar va xalqaro monopoliyalar faoliyatigacha) dunyodagi barcha mamlakatlar manfaatini o‘ziga tortadi. Mamlakatning savdo, ishlab chiqarish, valyuta-moliya sohalaridagi jahon tamoyillariga bog‘liqlik obyektiv reallik hisoblanadi. Hozirgi 192 Экономика: Учебник / 3-е изд., перераб. и доп. Под ред. д-ра экон. наук, проф. А. С. Булатова. - М.: Экономистъ, 2005, с.691. 687 davrda har qanday mamlakatni uning iqtisodiyoti qanday rivojlangan bo‘lishidan qat’iy nazar, jahon xo‘jaligi aloqalariga jalb qilmasdan to‘laqonli iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash mumkin emas. Shu sababli birinchi Prezidentimiz I. Karimov «Mamlakatning jahon xo‘jalik aloqalarida, xalqaro mehnat taqsimotida keng miqyosda ishtirok yetishi ochiq turdagi iqtisodiy otni barpo etishning asosidir»193 deb ta’kidlaydi. Shuni amalga oshirish maqsadida “davlat mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, mamlakatning xalqaro munosabatlaming teng huquqli subyekti sifatidagi o‘mi va rolini oshirish, rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, 0 ‘zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish”194 strategik vazifa sifatida qo‘yildi. Dunyo bir-biridan maqsadlari, amal qilish mexanizmi bilan farqlanuvchi turli xil ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlar, xalqaro guruhlarga bo‘lingan. Jahon hamjamiyati mamlakatlarini turkumlash har xil mezonlar asosida amalga oshiriladi. Turli mamlakatlaming iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlarining turli-tumanligi ular taraqqiyot darajasini qandaydir bitta nuqtai-nazardan baholash imkonini bermaydi. Shunga ko‘ra, mazkur maqsadda bir necha asosiy ko‘rsatkich va mezonlardan foydalaniladi: - mutlaq va nisbiy YalM; - milliy daromad va uning aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi miqdori; - milliy iqtisodiyotning tarmoq tuzilmasi; - mamlakat eksporti va importi tarkibiy tuzilmasi; - aholining turmush darajasi, sifati va boshqalar. Mamlakatning jahon xo‘jaligidagi o‘mini aniqlashda bir necha yondashuvlar mavjud. Ulardan eng oddiylari - mamlakatlami aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi daromad darajasi bo‘yicha guruhlarga ajratish hisoblanadi. Bunday yondashuv BMT, Xalqaro valyuta fondi (XVF), Jahon tiklanish va taraqqiyot banki (JTTB) tomonidan
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “0 ‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi, PF-4947-sonli Farmoni, 1-ilova. 688 qo‘llaniladi. Masalan, JTTB daromad darajasiga ko‘ra mamlakatlaming uchta guruhini farqlaydi. 1995-yili aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi milliy daromadlaming quyidagi chegaraviy miqdorlari belgilangan edi: - daromadlaming past darajasi - 765 dollargacha (49 ta mamlakat); - daromadlaming o‘rtacha darajasi - 766 dollardan 9385 dollargacha (58 ta mamlakat); - daromadlaming yuqori darajasi - 9386 dollar va undan yuqori (26 ta mamlakat). Jahon hamjamiyati mamlakatlarini turkumlashga umumiy asosda yondashib xo‘jaJik tizimlarining xususiyatlariga mos ravishda davlatlaming uchta guruhini ajratib ko‘rsatish mumkin: rivojlangan, bozor iqtisodiyotiga asoslangan holda rivojlanayotgan va bozor iqtisodiyoti mavjud bo'lmagan mamlakatlar. Rivojlanganlik darajasi bo‘yicha ham o‘z navbatida uchta guruh farqlanadi: past, o‘rtacha va yuqori rivojlangan mamlakatlar. Shimoli-sharqiy Osiyo va Lotin Amerikasidagi yangi industrial mamlakatlar (YalM), yuqori daromadli nefl eksport qiluvchi mamlakatlar (Saudiya Arabistoni, Quvayt va boshqalar), eng kam rivojlangan mamlakatlar (EKRM), shu jumladan eng kambag'al mamlakatlar (Chad, Bangladesh, Efiopiya), har xil mintaqaviy ittifoqlar va baynalminal guruhlarga ajratiladi. Bu barcha turli-tumanlik bir butun yaxlitlikka o‘zaro iqtisodiy bog‘liqlikning har xil jihatlari orqali tortiladi. Hozirgi xo‘jalik aloqalarining chuqurlashib borayotganligi, baynalminallashuvning kuchayishi hamda fantexnika inqilobining keng qamrovli tavsifi, aloqa va kommunikatsiya vositalarining butunlay yangi roli sharoitida milliy iqtisodiyot o‘zo‘zini ta’minlash orqali samarali аша1 qilishi mumkin emas. Jahon xo‘jalik aloqalarining tez o‘sishi shunday davrlarga to‘g‘ri keladiki, bu davrda ishlab chiqarish omillarining harakati tezlashadi, kapital milliy chegaradan о‘sib chiqadi, ishchi kuchi migratsiyasi kuchayadi, xalqaro mehnat taqsimotining shakllanish jarayoni tezlashadi. Bu shundan guvohlik beradiki, xo‘jalik aloqalarining baynalminallashuvini ko‘p jihatdan ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish mantiqi taqozo qiladi, ya’ni u milliy chegaradan o‘sib chiqadi va obyektiv ravishda ishlab chiqarishning baynalminallashuvini zarur qilib qo‘yadi. 689 Ishlab chiqarish yoki iqtisodiy hayotning baynalminallashuvi - bu mamlakatlarning jahon miqyosida iqtisodiy aloqalarining kuchayishi hamda iqtisodiy munosabatlaming tobora kengroq jabhalarini qamrab olish jarayoni hisoblanadi. Barcha iqtisodiy jarayonlaming baynalminallashuvi natijasida jahon xo‘jaligining quyidagi tarkibi vujudga keldi:
1) tovar va xizmatlar jahon bozori;
2) kapitallar jahon bozori;
3) ishchi kuchi jahon bozori;
4) xalqaro valyuta tizimi;
5) xalqaro kredit-moliya tizimi.
Bundan tashqari, baynalminallashuv axborotlar, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari, madaniyat sohalarida ham rivojlanmoqda. Yagona ilmiy-axborot makoni shakllanmoqda. Xalqaro savdo milliy davlatlaming paydo bo‘lishi bilan ular orasidagi iqtisodiy va siyosiy aloqalaming ifodasi sifatida qadimdan amal qilib kelgan bo'lsada, bu hali jahon bozori mavjudligini anglatmas edi. Jahon bozori faqat yirik mashinalashgan sanoatning paydo bo‘lishi bilan dastlab bir qator mamlakatlar o‘rtasida vujudga kelib, XX asming boshlarida jahonning barcha mamlakatlarini qamrab oldi.
Alohida mamlakatlar milliy bozori hamda jahon bozori farqlanadi. Jahon bozori bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Agar milliy bozorda tovarlar harakati iqtisodiy omillar (ishlab chiqarish aloqalari, transport, xomashyo, mehnat resurslari va h.k.) bilan bog‘liq bo‘Isa, tovarlaming jahon bozoriga bu omillardan tashqari alohida davlatlaming tashqi iqtisodiy siyosati ahamiyatli ta’sir ko‘rsatadi. Milliy xo‘jaliklar va ular o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar negizida shakllangan jahon xo‘jaligi asosida xalqaro mehnat taqsimoti yotadi.
Xalqaro mehnat taqsimoti alohida mamlakatlarning tovar va xizmatlarning ma’lum turlarini ishlab chiqarish bo‘yicha ixtisoslashuvini ifodalaydi. Alohida mamlakatlarning bunday ixtisoslashuvi mahsulotlari ustun darajada eksportga yo‘naltirilgan xalqaro ixtisoslashgan tarmoqlaming shakllanishiga olib keladi. Dastlabki vaqtlarda xalqaro mehnat taqsimotining rivojlanishi asosan tabiiy sharoitlardagi tafovutlarga asoslangan edi. Binobarin, faqat sanoat to‘ntarishidan keyin, ya’ni ishlab chiqaruvchi kuchlar baynalminal xususiyat kasb etib, milliy xo‘jaliklar doirasidan tashqariga o‘sib chiqa boshlagach, ulaming negizida barqaror mehnat taqsimoti va jahon bozori tarkib topadi.
Hozirgi vaqtda xalqaro mehnat taqsimoti turli ijtimoiy tizimlami o‘z ichiga oluvchi umumjahon xo‘jaligi doirasida rivojlanmoqda. Xalqaro mehnat taqsimoti va ayirboshlashda qatnashayotgan mamlakatlar bir xil sharoitda emas. Bu hoi ulaming turli geografik ahvoli, tabiiy resurslarining tarkibi va miqdori, rivojlanish ko‘lami, darajasi va iqtisodiyotining tuzilishi, ichki bozoming hajmi bilan belgilanadi. Ana shu farqlar sababli ayrim mamlakatlarda bir xil tovarlami ishlab chiqarishdagi xarajatlar darajasi ham turlicha bo‘ladi. Shuning uchun har bir mamlakat o‘zi nisbatan qulayroq, kamroq xarajat bilan ishlab chiqaradigan tovarlami boshqa mamlakatlarga sotishga harakat qiladi. Aksincha, ishlab chiqarish nisbatan ko‘proq xarajat talab qiladigan yoki tabiiy va boshqa sharoitlarga ko‘ra umuman ishlab chiqarib bo‘lmaydigan tovarlami jahon bozoridan sotib olishga intiladi. Tovarlar mamlakatlar o‘rtasida jahon narxlari asosida ayirboshlanadi. Ular baynalminal qiymatga asoslanadi. Buning ma’nosi shuki, ijtimoiy zaruriy baynalminal mehnat sarflari jahon bozorida e’tirof qilinadi. Umuman olganda, jahon narxlarining tashkil topishi odatda sof holda amalga oshmaydi. Baynalminal qiymatning hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiluvchi maxsus omillar jahon narxlariga ta’sir qiladi.
Tashqi savdo va valyuta cheklovlari, valyutalar qiymatining o‘zgarib turishi, xalqaro monopoliyalar siyosati, biijadagi chayqovchiliklar va hokazolar shular jumlasidandir.
Shu sababli ayrim mamlakatlaming jahon bozoridagi raqobatlashuv qobiliyatidagi farqlar, pirovard natijada mehnat unumdorligining milliy darajadagi farqlarini aks ettiradi. Rivojlangan mamlakatlarda keyingi o‘n yilliklarda yangi texnologik asoslarga o‘tish jahon xo‘jalik aloqalarining tez o‘sishi bilan birga bordi. Takror ishlab chiqarish jarayonlarining baynalminallashuvi o‘zining har ikkala shaklida: integratsion (milliy xo‘jaliklaming yaqinlashuvi, o‘zaro moslashuvi orqali) va transmilliy (xalqaro ishlab chiqarish majmuasining tuzilishi orqali) shakllarida kuchayadi. Jumladan, butun dunyoda mintaqaviy davlatlararo iqtisodiy integratsiyaning qaror topish tamoyili kuzatiladi.
Xususan, rivojlangan Yevropa integratsion hamjamiyati (El) doirasida tovarlar, xizmatlar va ishchi kuchining erkin harakati amalga oshiriladi. Shimoliy Amerika umumiy iqtisodiy hamkorligi AQSH, Kanada va Meksika iqtisodiyotining integratsiyasini ko‘zda tutadi. Davlatlararo integratsiyaning kuchayishi janubiy-sharqiy Osiyo, 0 ‘rta Osiyo, arab dunyosi, Afrika va Markaziy Amerika mamlakatlari uchun ham xususiyatli bo‘lmoqda.
Download 31.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling