1. Аholi oʼsishi va iqtisodiy rivojlanish mohiyati Аholi oʼsishi va iqtisodiy muammolar
Iqtisodiy rivojlanishning umumjahon tomonlari va ishlab chiqarishning baynalminallashuvi
Download 31.53 Kb.
|
Aholi o`sishi va iqtisodiy rivojlanish, aholi o`sishining iqtisodiy muammolari
3. Iqtisodiy rivojlanishning umumjahon tomonlari va ishlab chiqarishning baynalminallashuvi
Hozirgi zamon jahon xo‘jaligi rivojining muhim tamoyili milliy xo‘jaliklaming baynalminallashuvi, shu asosda jahon xo‘jaligi va awalo jahon bozorining shakllanishi va rivojlanishidan iborat. Insoniyat taraqqiyoti uchun ijobiy bo‘lgan bu jarayonga yetmish yildan ortiq davr davomida dunyoning ikki qarama-qarshi ijtimoiy-siyosiy tizimiga bo‘linganligi salbiy ta’sir ko‘rsatib keldi. Hozir yangi davr boshlandi, dunyoning iqtisodiy rivojlanishi va shunga mos ravishda 0 ‘zbekiston bilan jahon hamjamiyati mamlakatlari o‘rtasidagi aloqalaming butunlay yangi imkoniyatlari vujudga keldi. 0 ‘zbekiston va jahon hamjamiyati mamlakatlari o‘rtasidagi har tomonlama aloqalaming kengayishi va chuqurlashuvi har ikki tomon uchun iqtisodiy va siyosiy jihatdan foydali hisoblanadi. Shu bilan birga, har bir mam684 lakat iqtisodiyotining rivojlanishi, uning milliy xo‘jaligi ko‘p darajada nafaqat bu mamlakatning ichki imkoniyatlari bilan, balki uning xalqaro ijtimoiy mehnat taqsimotida qatnashish darajasi va miqyosi, butun insoniyat resurslari bilan aniqlanadi. Hozirgi davrda jahon iqtisodiy rivojlanishining eng muhim o‘ziga xos xususiyatlaridan biri - turli mamlakatlar va mintaqalar xo ‘ jaliklari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikning o‘sib, rivojlanib borishi hisoblanadi. Jahon xo‘jaligi birdaniga shakllangan tizim emas, u uzoq davrni o‘z ichiga olgan tarixiy jarayon hisoblanadi. Turli mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar dastlab cheklangan turdagi va miqdordagi tovarlar savdosi shaklida kelib chiqib, bu quldorlik va feodalizm davrlarida ham mavjud bo‘lgan. Bunga misol qilib, qadimdan 0 ‘rta Osiyoda joylashgan mamlakatlaming Hidniston, Xitoy, Arab va boshqa mamlakatlar bilan, ikkinchi tomondan esa, Yevropa mamlakatlari bilan “Buyuk ipak yo‘li” orqali olib borgan turli xil savdosotiq ishlarini ko‘rsatish mumkin. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda Rim imperiyasi davrlarida ham turli xil xalqaro savdolar, ayniqsa, qul savdosi amalga oshirilgan. Lekin u davrda asosan natural ishlab chiqarish hukmron bo‘lib, tovarlar savdosi va iqtisodiy aloqalar juda cheklangan holda bo‘lgan. Keyinchalik tovar ishlab chiqarish va tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi, oltinning yagona jahon puli sifatida tan olinishi buyuk geografik kashfiyotlar, mustamlakachilikning rivojlanishi, xalqaro mehnat taqsimotining kuchayishi jahon bozorining paydo bo‘lishi va rivojlanishi ilmiy texnika taraqqiyotining jadallashuvi, globallashuv jarayonlarining kuchayishi kabi qai.or omillar turli mamlakatlar iqtisodiyotini bir-biri bilan bog‘liq holda rivojlanishga va asta-sekinlik bilan jahon iqtisodiyoti tizimiga birlashishiga turtki bo‘ldi. Ayniqsa, hozirgi davrda umumjahon muammolari: sovuq urushning oldini olish va tinchlikni ta’minlash; ekologik buzilishning oldini olish; cheklangan energiya va yoqilg‘i manbalaridan samarali foydalanish; energiyaning yangi manbalarini topish (masalan, quyosh energiyasidan foydalanish); rivojlangan va kam taraqqiy etgan mamlakatlar o‘rtasidagi ziddiyat va keskinlikni yumshatish; xalqaro terrorizmga va giyohvandlikka qarshi kurashish kabi muammolami 685 birgalikda hal qilish masalasi milliy xo‘jaliklami jahon xo‘jaligiga birlashishni zarur qilib qo‘ymoqda. Jahon xo‘jaligining asta-sekinlik bilan shakllanishini, uning rivojlanish bosqichlarini ko‘rib chiqqanda yanada ravshanroq ko‘rinadi. Bu masalada ham iqtisodiy adabiyotlarda turlicha yondashuvlar mavjud. Ulaming ayrimlarida jahon xo‘jaligining rivojlanishini 5 bosqich deb, ayrimlarida esa 4 bosqich deb beriladi. Masalan, E. F. Borisov jahon xo‘jaligi shakllanishining to‘rtta bosqichini ajratib ko‘rsatadi. Biz misol tariqasida ushbu bosqichlami bayon qilamiz. Download 31.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling