1. Aholining turmush darajasi ko‘rsatkichlari


Download 61.92 Kb.
bet5/7
Sana31.01.2023
Hajmi61.92 Kb.
#1145099
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-13

9.Umumiy agregat indekslar. Agregat indekslar – bu turli xil ko‘rsatkichlarni umumiy o‘lchovga keltirib, olingan yig‘ma natijalarni taqqoslash hosilasidir.
Ana shunday ko‘rsatkichlarni turli davrlar uchun tuzib, ularni o‘zaro taqqoslashga asoslangan indekslar agregat indekslar deb ataladi. Ular murakkab iqtisodiy hodisalar o‘zgarishini ta’riflaydi. Agregat indekslar tuzishdagi asosi muammo mohiyatan turli xildagi ko‘rsatkichlardan umumiy agregat barpo etish uchun ularni vazminlashtirishdan iborat. O‘z-o‘zidan ravshanki, indekslashtirilayotgan hodisalar mazmunan turli xilda bo‘lganligi uchun ularning ko‘rsatkichlarini bevosita qo‘shib bo‘lmaydi. Demak, dastlab ularni bir o‘lchovli ko‘rinishga keltirish lozim, so‘ngra agregat ko‘rsatkich hosil qilish mumkin. Buning uchun indeksni hisoblash jarayoniga qo‘shimcha ko‘rsatkich kiritishimiz kerak, ammo u o‘zgarmas miqdor bo‘lishi shart. Shu bilan birga u ayrim indekslashtirilayotgan ko‘rsatkichlar umumiy agregatda qanday vaznda bo‘lishini ham aniqlaydi. Vazn vazifasini har doim indekslashtirilayotgan hodisa bilan uzviy bog‘langan bir iqtisodiy sharoitda shakllanadigan ko‘rsatkich bajaradi. U o‘zgarmas miqdor maqomida bo‘lishi uchun bazis vaznli agregat indekslarni tuzayotganda bazis davr holatida biriktiriladi.
10.Yalpi ichki mahsulotni hisoblash metadalogiyasi. Makroiqtisodiy statistikada mamlakat iqtisodiyotining iqtisodiy salohiyatiga eng umumlashtirib baho beruvchi ko’rsatkich sifatida yalpi ichki mahsulot (YAIM) va yalpi milliy daromad (YAMD) qabul qilingan. YAIM – kimga tegishli bo’lishidan (rezident yoki norezident) qat’iy nazar, ushbu mamlakat ichida olingan daromadlar. Shu sababli ushbu ko’rsatkichga mamlakat fuqarolarining xorijda olgan daromadlari kiritilmasdan, norezidentlarga tegishli bo’lgan ushbu mamlakatda olingan daromadlar qo’shiladi. YAIM ma’lum davr mobaynida (chorak, yil) mamlakat hududida ishlab chiqarilgan barcha pirovard tovar va xizmatlarning bozor narxlaridagi qiymati sifatida aniqlanadi. Xarajatlar usuli bo’yicha YAIMga pirovard mahsulot va xizmatni yaratish bilan bog’liq bo’lgan barcha turdagi xarajatlar kiradi. Umumiy ko’rinishda ushbu ta’rifni quyidagi formula bo’yicha ifodalash mumkin: YAIM=UPI+IN+JPI+SE , bu erda, YAIM– yalpi ichki mahsulot; UPI– uy xo’jaliklarining pirovard iste’mol xarajatlari; IN– investitsiya xarajatlari; JPI– davlatning tovar va xizmatlarni xarid qilish xarajatlari (joriy pirovard iste’mol xarajatlari); SE– sof eksport (eksport – import).Daromadlar usuli-Daromad nuqtai nazaridan YAIM ish bilan bandlikdan daromadlar va barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning-rezidentlarning daromadlaridan tashkil topadi va quyidagilarga bo’linadi: – faqat uy xsho’jaliklariga tarqatilishi mumkin bo’lgan yollanma mehnat evaziga olinadigan daromadlar; – milliy iqtisodiyotning barcha sektorlariga ta’luqli bo’lgan tadbirkorlik faoliyati va mulkdan olinadigan daromadlar. Har bir shaxs daromadlarni barcha manbalar hisobidan olishi mumkin. Shu sababli yuqorida qayd etilgan ikki agregat ikki ijtimoiy sinfga ajratishni nazarda tutmaydi. Tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar tadbirkorlarning daromadlariga tenglashtirilishi mumkin emas.

Download 61.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling