1. Aholining turmush darajasi ko‘rsatkichlari
Milliy boylik statistikasi
Download 61.92 Kb.
|
1-13
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8.Aholi harakatlari statistikasi.
- A1=A0+(Atug’-Ao’l)+(Akel-Aket).
7.Milliy boylik statistikasi. Milliy boylik – makroiqtisodiy statistikaning tayanch ko’rsatkichlaridan biridir. Uning hajmi (solishtirma baholarda) – mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini ifodalaydi, aholi jon boshiga to’g’ri keladigan miqdori esa – mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasiga baho beradi. Milliy boylik nomoliyaviy aktivlar va tashqi dunyoga sof talablarni ifodalab, milliy daromadni ishlab chiqarishda qatnashadi. O’z navbatida milliy daromadning bir qismi ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilingan, eskirib va boshqa sabablarga ko’ra oborotdan chiqib ketgan kapital o’rnini qoplash uchun asosiy manba bo’lib hisoblanadi. Milliy boylik tarkibi quyidagi mezonlarga ko’ra tasniflanadi: mulkchilik shakllari bo’yicha; qiymat elementlarining aylanish xarakteriga ko’ra; iqtisodiy yo’nalishi va takror ishlab chiqarish jarayonida qatnashishiga ko’ra; natura-buyum shakliga ko’ra; ma’muriy va iqtisodiy xududlarga ko’ra; iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlariga ko’ra.Milliy boylik hajmini mulkchilik shakllari bo’yicha davlat, xususiy korxona va tashkilotlar, ijtimoiy nodavlat va notijorat tashkilotlar hamda uy xo’jaliklari miqyosida baholashda statistik va buxgalteriya hisobotlari, inventarizatsiya va tanlama kuzatish (masalan, uy xo’jaliklari mol-mulkini hisoblashda) usullaridan foydalaniladi.Milliy boylik quyidagi turlarga ajratiladi: - asosiy fondlar; - moddiy aylanma mablag’lar; - aholining joriy va uzoq muddatli iste’mol qiladigan mulki.
8.Aholi harakatlari statistikasi. Aholi harakatlari statistikasi.Aholi statistikasi- aholi sonining shakillanish qonuniyatlarini joylanishi va tarkibini hamda demografik jarayonlari: o’lishi, nikohdan o’tish va ajralish, migratsiya kabi ko’rsatkichlarni o’rganadi. Ahoiining harakati ko'rsatkichlari mazmunan bir biridan farq qiluvchi ikki guruh ko‘rsatkichlarini o’z ichiga oladi. Birinchi guruhga ahoiining tabiiy harakatini, tug‘ilishi va o"lishini, nikohdan o'tganlar va ajralganlar sonini, ikkinchi guruhga esa, ahoiining migratsiyasini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar kiradi. Aholi sonni aniqlash manbayi bo’lib quyidagilar hisoblanadi: - vaqti vaqti bilan o’tqazilib turiladigan aholi ro’yxati; - aholining tabiiy o’sishi yoki kamayishi bo’yicha ma’lumotlar; - aholining mexanik harakati bo’yicha ma’lumotlar. Butub mamlakatdagi va ayrim viloyat, tuman hamda shahar va qishloq aholisining yil oxiridagi umumiy soni qo’yidagicha aniqlanadi: A1=A0+(Atug’-Ao’l)+(Akel-Aket). Bu erda: A1- Yil oxiridagi aholi soni: A0- Yil boshidagi aholi son: A tug’- joriy yilda tug’ilganlar soni A o’l- joriy yilda o’lganlar soni: A kel- joriy yilda kelganlar soni; A ket- joriy yilda ketganlar soni. Aholi sonini aniqlashda doimiy yashovchi va mavjud aholi soni, vaqtincha yo’qlar va vaqtincha yashovchilar hisobga olinadi. Doimiy aholi deganda aholini ro’yhatdan o’tkazayotganda sanalari (qaysi aholi punktida yashayotganidan qatiy nazar) mazkur aholi punktida doimiy yashovchi aholini tushunamiz. Aholi harakati ko’rsatkichlari -aholining tabiiy harakatini, tug’ilishi va o’lishini, nikohdan o’tganlar va ajralganlar sonini tavsiflovchi ko’rsatkichlar; -aholining migratsiyasini tavsiflovchi ko’rsatkichlar Download 61.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling