1. Aholining turmush darajasi ko‘rsatkichlari


Download 61.92 Kb.
bet6/7
Sana31.01.2023
Hajmi61.92 Kb.
#1145099
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-13

11.Milliy hisoblar tizimi. Milliy hisoblar tizimi - mamlakat iqtisodiy rivojlanishining xalqaro statistika amaliyotida qabul qilingan umumlashtiruvchi koʻrsatkichlari tizimi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakatlarning makrodarajadagi milliy mahsulotini va milliy daromadini hisoblash metodologiyasi. Milliy hisoblar tizimi jarayonlarining turli bosqichlarini va iqtisodiyotdagi eng muhim oʻzaro aloqalarni aks ettiradigan hisoblamalar va balans jadvallari toʻplamidan iborat. Uning muhim belgisi xalq xoʻjaligi faoliyati yakunlarida moddiy ishlab chiqarish dan tashqari nomoddiy xizmatlar sohalarini ham aks ettirishidir. Bunday yondoshuvda butun mamlakat iqtisodiy faoliyatining umumlashtiruvchi tavsiflariga erishiladi. Milliy hisoblar tizimit. negizini ishlab chiqarish, isteʼmol, jamgʻarish va xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar oʻrtasidagi real munosabatlar jarayonida qayta taqsimlash tamo-yili tashkil etadi. Bu tizim yer va ka-pitalni mehnat bilan teng darajada qiymatni yaratishda qatnashuvchi omillar tarzida qaraydigan konsepsiyaga asoslanadi. Milliy hisoblar tizimit.da iqtisodiy faoliyatni umumlashtiruvchi koʻrsatkichi yalpi ichki mahsulot (YAIM) dir. Uning asosida qoʻshilgan qiymat, yaʼni shu jarayonda isteʼmol etilgan mahsulotlar va xizmatlar qiymatiga ("oraliq isteʼmol" qiymatiga) qoʻshilgan qiymat turadi.
12.Mehnat unumdorligi statistikasi. Mehnat unumdorligi – bu, ishlab chiqarish sohasida band bo‘lgan, mehnat sarfining samaradorligidir. Mehnat unumdorligini oshirish esa doimiy jarayon hisoblanadi. Kishilar doimi mavjud resurslarni tejab tergab saflagan holda ko‘proq mahsulot ishlab chiqarishga harakat qiladilar. Shu maqsadda ish qurollari,asbob uskunalar takkomilashtirilib boriladi. Mehnat unumdorligining o‘sishi xalqning turmush farovonligiga va uning o‘sishiga olib keladi. Statistikada mehnat unumdorligi deganda, faqat jonli aniq mehnat unumdorligi tushuniladi. «Stastistika»da unumdorlikni faqat jonli emas, balki moddiylashgan mehnat sarfini ham hisobga olib o‘rganadigan qator ishlar bor. Mehnat unumdorligini oshirishda eng muhim omil bu mehnat sharoitlaridir.Ayrim olimlar uni beshta guruhga bo‘ladilar: psixologiya va fiziologiya; sanitariya va gigeina; ijtimoiy psixologik va estetik; iqtisodiy tashkiliy; texnik texnologik. Mehnat unumdorligini baholashning statistik usullari va ko'rsatkichlari: tabiiy, mehnat va xarajat usullari. Ish haqi (ish haqi) fondlarini aniqlash va tahlil qilish tizimlari va statistik ko'rsatkichlari. Mehnat unumdorligi va ishchilarning ish haqining o'sish sur'atlari nisbati ko'rsatkichlari: oldinga siljish va elastiklik koeffitsientlari. Mehnat unumdorligi - bu insonning mehnat faoliyatining ish vaqti birligiga ma'lum miqdor va sifatdagi mahsulot, xizmatlar, ishlarni ishlab chiqarish qobiliyati va natijasidir. Asosiy umumlashtirish statistik ko'rsatkichlar Muayyan mahsulot birligini ma'lum vaqt davomida ishlab chiqarishdagi mehnat unumdorligi.

Download 61.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling