1. Aholining turmush darajasi ko‘rsatkichlari


Download 61.92 Kb.
bet1/7
Sana31.01.2023
Hajmi61.92 Kb.
#1145099
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-13


1. Aholining turmush darajasi ko‘rsatkichlari. Turmush darajasi ijtimoiy kategoriyalarning muhimlaridan biri bo‘lib, uni tor va keng ma’noda tushunish mumkin. Tor ma’nodagi turmush darajasi – bu aholining moddiy boyliklar va хizmatlarni iste’mol qilishdagi erishilgan darajasi. Keng ma’noda esa jamiyatning yashashi uchun yaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar majmuasini o‘z ichiga oladi.Aholi turmush darajasi kategoriyasi iqtisodiy adabiyotlarda har хil talqin qilinadi va uni aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar tizimi ham turli хil ko‘rinishga ega bo‘lib, ularni uch guruhga ajratish mumkin: daromadlar, iste’mol va yashash sharoitlari. Shu ko‘rsatkichlarning barchasi butun aholi miqyosida va aholining jon boshiga nisbatan hisoblanadi. Aholining pul daromadlari hajmi, tarkibi, ulardan foydalanish yo‘nalishlari va aholining ayrim guruhlari orasida taqsimlanishi хaqidagi va boshqa ma’lumotlar asosida aholi turmush darajasini asosiy ijtimoiyiqtisodiy indikatorlari tuziladi. Ijtimoiy-iqtisodiy indikatorlar o‘rtacha va median ko‘rsatkichlarda o‘zgarish darajasi, uchrashish tezligi, to‘plash, diferentsiyalash va sotib olish qobiliyati kabilarda ifodalanadi. Ijtimoiy-iqtisodiy indikatorlarni hisoblash makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni tuzishga qo‘yilgan talablarga asosan, lekin ijtimoiy ko‘rsatkichlarning o‘ziga хos хususiyatlarini e’tiborga olgan holda amalga oshiriladi. Turmush darajasini uch хil yo‘nalishda o‘rganish mumkin: 1.barcha aholiga nisbatan; 2.uning ijtimoiy guruhlariga nisbatan; 3.har хil daromadga ega bo‘lgan uy хo‘jaliklariga nisbatan.
2.Makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni hisoblash uslubiyati. Makroiqtisodiyot – bu mamlakat miqyosida moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy sohalarini bir butun qilib birlashtirgan milliy xo’jaligi darajasidagi iqtisodiyotdir. Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar orqali butun iqtisodiyotning holati uning o’sishi yoki orqaga ketishi tahlil qilinib, xulosa chiqariladi. Muayyan mamlakat iqtisodiy holatini ifoda etuvchi ko’rsatkichlar makroiqtisodiy ko’rsatkichlar deb yuritiladi. Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar miqdor va sifat ko’rsatkichlariga guruhlanadi. Makroiqtisodiy miqdor ko’rsatkichlari muayyan mamlakatlar iqtisodiyotini ifodalasa, sifat ko’rsatkichlari mazkur mamlakatlar iqtisodiyotini nisbiy jihatdan aks ettiradi. Makroiqtisodiy miqdor ko’rsatkichlariga quyidagi ko’rsatkichlar kiradi :Yalpi ichki mahsulot (YaIM), sof ichki mahsulot (SIM), milliy daromad (MD), shaxsiy daromad (ShD), ixtiyordagi daromad (ID) va boshqalar. Makroiqtisodiy sifat ko’rsatkichlariga quyidagi ko’rsatkichlar kiradi :inflyatsiyaning o’sish sur’atlari, ishsizlik darajasi, aholining ish bilan bandlik darajasi, aholi jon boshiga to’g’ri keladigan yalpi ichki mahsulot va boshqalar. Makroiqtisodiy miqdor ko’rsatkichlari o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni milliy hisoblar tizimi orqali quyidagicha ifodalash mumkin; Barcha tarmoqlarning yalpi ishlab chiqarishi – oraliq iste’mol = YALPI ICHKI MAHSULOT. Yalpi ichki mahsulot - amortizatsiya = SOF ICHKI MAHSULOT. Sof ichki mahsulot – biznesga egri soliqlar = MILLIY DAROMAD. Milliy daromad – ijtimoiy sug’urtaga badallar – korporatsiya foydasiga soliqlar – korporatsiyani taqsimlanmagan foydasi + transfert to’lovlari = SHAXSIY DAROMAD. Shaxsiy daromad – yakka tartibdagi soliqlar = IXTIYORDAGI DAROMAD. Milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish hajmi va ularning o’sishi bir qator ko’rsatkichlar tizimi orqali makroiqtisodiy darajada aniqlanib, tahlil qilinadi.

Download 61.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling