1. Aholining turmush darajasi ko‘rsatkichlari


Tashqi iqtisodiy faoliyat statistikasi


Download 61.92 Kb.
bet3/7
Sana31.01.2023
Hajmi61.92 Kb.
#1145099
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-13

5.Tashqi iqtisodiy faoliyat statistikasi.Tashqi iqtisodiy faoliyatni tavsiflovchi ko’rsatkichlar -Tashqi iqtisodiy aloqalarni tahlil qilishda makroiqtisodiy statistika quyidagi ko’rsatkichlarni hisoblaydi. -xalqaro savdo-sotiqni tavsiflovchi ko’rsatkichlar; -xalqaro ishlab chiqarish kooperatsiyasini tavsiflochi ko’rsatkichlar; -xalqaro kapital migratsiyasini ifodalovchi ko’rsatkichlar; -xalqaro ishchi kuchi migratsiyasini tavsiflovchi ko’rsatkichlar; -o’zaro to’lovlar va hisob valyutalari operatsiyalarini ifodalovchi ko’rsatkichlar. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarda savdo-sotiq etakchi o’rin tutadi va bu jahon bozorida quyidagi ko’rsatkichlarda o’z ifodasini topadi. Tashqi savdo-sotiqni tavsiflovchi ko’rsatkichlar. Regionning eksport kvotasi (KE). KE=E/YaIM*100% JE=KE1/KE0. E - eksport hajmi; YaIM - yalpi ichki mahsulot; JE – eksport indeksi ; KEo va KE1 – bazis va joriy davrlarda eksport kvota darajalari. Tashqi iqtisodiy aloqa - bu turli mamlakatlar o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlar bo’lib, iqtisodiy naf ko’rish maqsadida olib boriladi. Bu munosabatlar quyidagi shakllarda bo’ladi: -xalqaro savdo-sotiq; -ishlab chiqarish kooperatsiyasi; - kapital migratsiyasi; -ishchi kuchi migratsiyasi; - o’zaro to’lovlar va hisob valyuta operatsiyalari va boshqalar. Savdo-sotiq xalqaro iqtisodiy munosabatlarda etakchi o’rinda turadi va bu jahon bozorida o’z ifodasini topadi.
6.Indekislar to’g’risida tushuncha va ularni turlari. Indeks so’zi lotincha “Index” atamasidan olingan bo’lib, belgi, ko’rsatkich degan ma’noni bildiradi. Lekin har qanday ko’rsatkich ham indeks deb atalavermaydi. Indeks so’zi pochta, poligrafiya va boshqa tarmoqlarda tartib nomeri ma’nosida ishlatiladi. Statistikada esa ushbu so’z butunlay boshqa ma’noga ega. Statistik indeks – bu bevosita qo’shib bo’lmaydigan bo’laklardan tashkil topgan ikki to’plamni taqqoslashga aytiladi. Indeks metodi yordamida murakkab hodisalarning vaqt bo’yicha va hududiy o’zgarishi, reja va buyurtmalar bajarilishi o’rganiladi. Mana shu vazifalarga qarab indekslar quyidagi turlarga bo’linadi: dinamika indekslari; hududiy indekslar; reja yoki
buyurtmalarning bajarilishi indekslari. Oddiy narx indeksi Indekslar nazariyasida qaysi ko’rsatkich indekslashtirilsa, u indekslashtiriladigan miqdor deyiladi. Umumiy indekslarda indekslashtirilayotgan miqdor so’zi o’rniga indekslashtirilayotgan belgi va uning vazni tushunchalari ishlatiladi. Masalan, baho umumiy indeksi hisoblanayotgan bo’lsa, indekslashtirilayotgan belgi baho hisoblansa, uning vazni sifatida mahsulot miqdori olinadi.



Download 61.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling