1. Alohida predmetlarni chizish. Syujetli rasm chizish. Dekorativ rasm chizish


Katta guruhda syujetli rasm chizishga o’rgatishning mazmuni va vazifalari


Download 345.35 Kb.
bet8/12
Sana05.05.2023
Hajmi345.35 Kb.
#1426760
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Marjona kurs ishiga

Katta guruhda syujetli rasm chizishga o’rgatishning mazmuni va vazifalari. Bola besh yoshdan boshlab ma’lum mavzudagi rasmlarni chiza olish qobiliyatiga ega bo’ladi. U tevarak-atrofni o’zgarishlarini tasavvur qila oladi va chizishga harakat qiladi. Bu yoshdagi bolalarga quyidagi mavzudagi rasmlar chizish tavsiya qilinadi:
"Bolalarning qishki o’yinlari".
"Bog’chada senga nimalar qiziqarli, Shularni chiz".
"Men onamga guldasta sovg’a qilyapman".
"Quruvchilar yangi uy quryaptilar".
"Ona bolani bog’chaga olib ketyapti".
"Bolalar qorbobo yasayaptilar".
Katta guruxdagi bolalar badiiy asarlardan olingan taassurotlari asosida va ertak mazmunini tuShungan holda quyidagi mavzuda rasm chiza oladilar. Masalan, "Ikki ochko’z ayiqcha", "Ayyor tulki va kulrang bo’ri", "MuShuk, xo’roz va tulki" va boshqalar. Bu chizdirilgan rasmlar aniq va konkret masalada bo’lishiga ahamiyat berish kerak. Masalan, "14 yanvarь-ximoyachilar kuni", "8 mart-onalar bayrami", "21 mart-Navro’z bayrami". Katta guruxda o’tkaziladigan rasm mashg’ulotlari qiziqarli, savollarga javob olgan holda, asarda qatnashayotgan har bir personajga tavsif bergan holda ranglarni tanlay olish va varaqqa joylashtirish vazifalarini belgilash kerak. Bolalar tomonidan ishlanayotgan har bir rasmda predmetlarning xajmi, o’lchovlarini chamalash bilan birga o’zoq-yaqin, oldinma-ketin, ustma-ust, ketma-ket joylash mumkinligini tuShuntirish kerak. Bu yoshdagi bolalar ayniqsa ertak mulьtfilmlarni tomosha qilishni yaxshi ko’rganliklari sababli Shu mavzudagi rasmlar chizishni yaxshi ko’radilar. N.P.Sakulinaning fikricha bola rasm chizishni varaqning eng chetidan boshlab chizish bilan birga predmetlarni joylanishini ko’rsatishi kerak va bo’yoqlarni tanlay olishi ham muxim ahamiyatga egadir. Bolani rasm mashg’ulotiga tayyorlash uchun unga kerakli rasm anjomlarini hozirlagan holda, bironta kuy eshittirib akvarel bo’yoq berib ma’lum mavzu va maqsad asosida rasm chizish ishini boshlash lozim.
5-6 yoshli bolalarning mazmunli rasmlarining mazmuni ancha boy bo’ladi. Bunda bolalar faqat predmetlarni chizishmaydi, balki predmetlarning atrofdagi sharoitni ham tasviriyadi.
Quyidagi vazifalari bor:

  • Ob’ektlar orasidagi o’zaro mazmunan bog’liqlikni tasvirlashga o’rgatish.

  • Kompozitsion qobiliyatlarni rivojlantirish (bunda qog’ozda gorizontal chizig’ini belgilab chizish).

  • Rang qobiliyatlarini rivojlantirish.

Bu yoshdagi bolalarda har bir mavzuning mazmuni oldindan konkret aniqlangan bo’lishi kerak. Ularga masalan, “Bayram” mavzusini berish kerakmas, chunki bola yo mavzuga aloqador bo’lmagan narsani chizish, yo o’zining imkoniyatiga to’g’ri kelmaydigan, kuchi yetmaydigan masalani qo’yish mumkin. Masalan, demonstratsiyani chizish.

Download 345.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling