Sug’orishning zararli organizmlarga ta’siri. Zararli opganizmlapni yo’qotishda sug’orish va uning muddatlari ham katta ahamiyatga ega. Bedapoyalarda bedaning o’rib olinishi bilanoq sug’orish ko’pgina zararkunandalar (fitonomus) ning yo’qolishiga sabab bo’ladi. G’o’za o’sayotgan zonada havo namligining ko’tarilishi ba’zi zararkunandalarda turli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Tunlamlar tuproqda g’umbakka aylanayotgan vaqtda sug’orilsa, ular ko’plab qiriladi, ko’kqurt tunlami shikastlayotgan vaqtda sug’orilsa, ular o’zlari uchun noqulay sharoitda yorug’likka intiladi, natijada ulardan bir qismi qushlarga yem bo’ladi, bundan tashqari, entomofaglar, ham shikastlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |