1-Амалий машғулот. Gʻo’za ekini zararkunandalari va ularga qarshi kurash usullari. Kerakli jihozlar


Download 43.26 Kb.
bet9/10
Sana09.01.2022
Hajmi43.26 Kb.
#267692
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-Amaliy mashg'uloti

Tashqi karantinga O’zbekiston Respublikasi hO’DO’Dida g’o’za pushti rang qurti, kartoshka kuyasi, makkajo’xori pushti rang qurti va boshqa bir necha tur zararkunandalarning o’tib qolmasligiga mo’ljallangan tadbirlar kiradi. O’zbekistonda tarqalishi jihatidan chegaralangan va ichki karantin ahamiyatiga ega bo’lgan zararkunandalar qatoriga komstok qurti, kaliforniya qalqondori, gulxayri kuyasi va boshqalar kiradi. Bu muhim davlat ahamiyatiga ega bo’lgan tadbirlarni o’z vaqtida izchillik bilan o’tkazish karantin inspektsiyasiga yuklangan.

O’simliklarning zararli organizmlariga qarshi mexanik tadbirlar sifatida ularni to’planishiga, turib qolishiga, harakatlanishi yoki o’simlikni zararlashi oldini oladigan vositalardan foydalaniladi. Bundan tashqari, o’simlik qoldiqlari hamda hasharotlar uyasini yo’qotish, o’simlik tanasini eski po’stloqlardan tozalash va boshqalar mexanik tadbirlarga kiradi. Zararli hasharotlarning to’planishlari yoki tuxum qo’yishlari uchun joy tayyorlash uchun go’ng, xas-xashak, daraxtlar to’tqich belbog’i va xazon g’aramlaridan foydalaniladi. Bunday joylar oldindan zararlab qo’yiladi yoki hasharotlar to’plangach, ular turli yo’llar bilan qirib tashlanadi.

Mexanik kurash tadbirlariga, shuningdek daraxtlarning qurigan va kasallangan shoxlarini kesish, yig’vagan shox-shabbalarni yoqib yuborish, meva chirish kasalligi bilan kasallangan mevalarni terib olish va boshqalar kiradi.

Urug’larni ekishdan oldii tozalash, ulardagi zararkunandalarni birmuncha kamaytiradi. Omborlarda saqlanayotgan mahsulotlarni quritib, ag’darib va shamollatib zararkunandalardan tozalanadi.

Kemiruvchi zararkunandalarni yo’qotishda qopqonlardan foydalanish ham mexanik kurash tadbirlariga misol bo’ladi. Bu usulning insonga, tabiatga zarari yo’q, samaradorligi yuqori, lekin og’ir qo’l mehnatiga asoslangan va serharajatdir. O’simlikning zararli organizmlariga qarshi tadbirlardan radioaktiv nurlanishlari, yuqori va past darajali temperatura rejimlari, past bosim (vakuum), yuqori chastotali toklar ko’proq qo’llaniladi. Zararkunandalarning kapalaklari yorug’likka jalb eti- ladi va ular kimyoviy usulda yo’qotiladi.

Don va mevalarni zararsizlantirishda past darajali haroratda sovutiladi. Ombor uzunburun qo’ng’izi +5°S da oziqlanishdan to’xtaydi, +0°S dan boshlab o’la boshlaydi va —15°S da esa ular bir kecha-kunduzda butunlay qirilib ketadi.

Don tarkibidagi infektsiyani yo’qotish uchun ularga yuqori harorat ta’sir ettiriladi. Buning uchun +48— +50°S da isitiladi.

Fizik usul ham yuqori samarali bo’lib, inson va tabiatga zarari kam usuldir; lekin bu usulda maxsus tayyorgarlikdan o’tgan mutaxassis va mukammal apparat va jihozlar lozim. O’simliklarni kimyoviy himoya qilish usuli bir qator afzalliklarga va katta universallik xususiyatiga ega, chunki uni barcha qishloq xo’jalik ekinlarida ko’plab zararkunanda, kasallik va begona o’tlarga qarshi, shuningdek omborxonalar, issiqxonalar, elevatorlar na boshqalarni zararsizlantirishda ham qo’llash mumkin.

O’simliklarni kimyoviy usulda himoya qilishning yana bir afzalligi uni mexanizatsiyalashdir, ya’ni aviatsiyadan foydalanish katta maydonlarda zararli organizmlarga qarshi kurashni o’z vaqtida, sifatli qilib o’tkzishga imkon beradi.

Pestitsidlarni qo’llash ko’tilgan samaraga tezda erishishni ta’minlaydi.

Hozirgi vaqtda pestitsidlarni zavod hamda fabrikalarda sanoat usulida ishlab chiqarish yo’li qo’yilgani va ular iste’molchilarga birmuncha arzon baholarda sotiladi, demak, bunda xarajatlarni tezda qoplash mumkin.


Download 43.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling