1-Амалий машғулот. Gʻo’za ekini zararkunandalari va ularga qarshi kurash usullari. Kerakli jihozlar


Download 43.26 Kb.
bet2/10
Sana09.01.2022
Hajmi43.26 Kb.
#267692
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-Amaliy mashg'uloti

Ekinzorlarni kengaytirish ko’l, daryo hamda zovurlar atrofidagi maydonlarning meliorativ holatini yaxshilaydi, dala chetidagi begona o’tlarni yuq qiladi, bu esa o’z navbatida ularda rivojlanadigan zararkunandalar sonini kamaytiradi.

Tut daraxtlarining maxsus massivlarda joylashtirilishi o’rgimchakkananing kamayishiga sabab bo’ladi va unga qarshi kurash olib borishda yengillik tug’diradi.

Yiriklashtirilgan ekin maydonlarida hasharotlarga qarshi o’tkaziladigan tadbirlarni mexanizatsiyalashtirish imkonini beradi. Shuningdek, quyidagi tashkiliy-xo’jalik tadbirlari ham zararli organizmlarni yo’qotishda muhim o’rin tutadi (S. N. Alimuxamedov, SH. T. Xo’jaev, 1979):

1. O’simliklarni himoya qilish bo’yicha agronom-entomolog boshchiligida doimiy kurash brigadalari tashkil etish va ularni zarur asbob-anjomlar bilan ta’minlash, nazoratchilar guruhini tashkil etish.

2. Xo’jaliklarni belgilangan barcha talablarga javob beradigan, samolyot uchib-qo’nadigan maydoncha bilan ta’minlash.

3. Pestitsidlarni xo’jalikda sarflanish miqdoriga mos keladigan maxsus omborxonalar qurilishi ustida nazorat olib borish, unda sanitariya xavfsizligi tadbirlarini amalga oshirish, shuningdek pestitsidlarni qabul qilish va tarqatish ishlarini hujjatlashtirish uchun omborchilar tayinlash.

4. O’simliklarni zararli organizmlardan himoya qilishning tezkor rejasi tuziladi. Bunda quyidagi tadbirlar hisobga olinadi:

4.1. Zararli organizm tarqalgan maydonning hajmi va kurash usuli, bino yoki boshqa ob’ektlarni kimyoviy yoki biologik usulda dorilash muddati va takroriyligi, pestitsid va biopreparatlarni sarflash me’yorlari va ularning kerakli miqdorini aniqlash.

4.2. Apparatlar yoki transport vositalari ish hajmini aniqlash, korjoma va shaxsiy himoya vositalariga bo’lgan ehtiyojni belgilash.

4.3. Samolyot bilan ishlashga yaroqli maydonlarni aniqlash va ularni kartada belgilash.

4.4. Har bir gektarga sarflanadigan himoya qilish vositalari harajatini va rentabelligini aniqlash.

4.5. Ishchi va xizmatchilar uchun ish haqi fondini ajratish.

4.6. SHaxsiy himoya vositalari uchun o’z vaqtida talabnoma berish.

Bu usul har qaysi mintaqaning tuproq-iqlim sharoitini hisobga olgan holda, ishlab chiqilgan barcha agrotexnik tadbirlar o’simliklarni zararli organizmlardan himoya qilishga yordam bera olishiga asoslangan bo’lishi kerak. Agrotexnik tadbirlar o’simlikning zararli organizmlariga bevosita ta’sir etmaydi. Bu tadbirlar dalalarda havf-xatar tug’diradigan miqdorda zararkunanda paydo bo’lishi oldini oladi, xolos. SHuningdek, bunda o’simliklarning rivojlanishiga yaxshi sharoit yaratiladi, bu esa o’simliklarning zararli organizmlarga chidamliligini va himoya qilish tadbirlarining samaradorligini oshiradi. Agrotexnik usul qo’llanilganda boshqa tadbirlar bilan bevosita birga qo’llaniladi, shundagina uning ta’sirchanligi ortadi. Bu usulning afzalligi shundaki, agrotexnik tadbirlari barcha ekinlardan yukori hosil olish uchun qo’llaniladi, undan esa o’simliklarni himoya qilish jarayonida foydalaniladi. Demak, bunda o’simlikni himoya qilish uchun alohida harajat qilinmaydi, shu bilan birga samaradorlik ham yuqori bo’lmaydi. Agrotexnik tadbirlar zararli organizmlarning hayot kechirishi va ko’payishini bilishga asoslangan bo’lishi kerak, shuningdek, bu tadbirlar zararli organizmlar eng ko’p uchraydigan paytlarda qo’llanilishi maqsadga muvofiqdir. Quyida biz agrotexnik tadbirining ba’zi yo’nalishlarini misollar yordamida izohlaymiz.


Download 43.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling