1-Амалий машғулот. Gʻo’za ekini zararkunandalari va ularga qarshi kurash usullari. Kerakli jihozlar
Download 43.26 Kb.
|
1-Amaliy mashg'uloti
- Bu sahifa navigatsiya:
- yangi yerlarni o’zlashtirishdir.
1-Амалий машғулот. Gʻo’za ekini zararkunandalari va ularga qarshi kurash usullari. Kerakli jihozlar: Binokulyar lupa, entomologik nina, hasharotlarning ko’rgazmali namunalari, rangli rasmli jadvallar. O`rganish obyekti: Entomofaglar, pestitsidlar. Asrimizning 70-80-yillari davomida olimlarimiz tomonidan madaniy o’simliklarni zararli organizmlardan himoya qilish tadbirlari tizimi ishlab chiqildi va ishlab chiqarishga joriy etildi. Bu tizim hap bir o’simlik uchun alohida bo’lib, turli mintaqalar tabiiy sharoitini hisobga olgan holda tuzilgan. O’simliklarni himoya qilish tizimining eng mukammali ularni uyg’unlashgan himoya qilishdir. O’simliklarni uyg’unlashtirish (integrirlashgan) yo’li bilan himoya qilinganda zararli organizmlarni yo’qotish entomofaglarni maksimal ravishda saqlagan holda olib boriladi «integratsiya» so’zi lotincha bo’lib, «integrare» — «tiklash», «to’ldirish» degan ma’noni bildiradi. Bu tizimni qo’llashdan maqsad o’simliklarning rivojlanishiga qulay sharoit yaratib, ularni zararli organizmlar ta’siriga bardoshliligini oshirish, shuningdek bunda zararkunanda, kasallik va begona o’tlarning rivojlanishiga to’sqinlik qiladigan sharoit yaratish va karantin qilinadigan organizmlarning chetdan keltirilishiga yo’l qo’ymaslikdan iborat. O’simliklarni uyg’unlashgan holda himoya qilishni joriy etish natijasida biotsenozda turlar o’rtasida o’zaro bog’lanish qayta tiklanadi, bunda zararli organizm va entomofaglar o’rtasidagi miqdoriy bog’lanish ham hisobga olinadi. O’simliklarni uyg’unlashgan holda himoya qilish quyidagi tadbirlar tizimini o’z ichiga oladi: tashkiliy-xo’jalik, agrotexnik, mexanik, fizik, karantin, biologik va kimyoviy. Odatda o’simliklarni zararli organizmlardan himoya qilish uchun yuqorida qayd etilgan tadbirlar umumlashgan holda qo’llaniladi. Tashkiliy-xo’jalik tadbirlari zararli organizmlar uchun noqulay yashash sharoitini vujudga keltirishga va ularni ekin maydonlariga o’tishini kamaytirishga qaratilgan. Tashkiliy-xo’jalik tadbirlari bir necha yillar davomida xo’jalikning istiqbol rejasi asosida amalga oshiriladi. Ana shulardan biri yangi yerlarni o’zlashtirishdir. Bunda ko’pgina zararkunandalar uyasi yo’qotiladi: osiyo va marokash chigirtkasi, otbosar chigirtkasi, qir chigirtkasi, voha chigirtkasi, kemiruvchi zararkunandalar va hokazo. Download 43.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling