1-Амалий машғулот. Gʻo’za ekini zararkunandalari va ularga qarshi kurash usullari. Kerakli jihozlar


O’simlik navlari va ularning zararli organizmlar bilan munosabatlari


Download 43.26 Kb.
bet3/10
Sana09.01.2022
Hajmi43.26 Kb.
#267692
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-Amaliy mashg'uloti

O’simlik navlari va ularning zararli organizmlar bilan munosabatlari. Har qanday madaniy o’simlik ekilgan maydonda barcha rivojlanish davrida zararli organizmlarni uchratish mumkin. Masalan, har bir g’o’za dalasida erta bahorda ko’k qurt tunlami, keyinroq esa shira, trips, gommoz yoki ildiz chirish kasalliklari va o’rgimchakkana paydo bo’ladi. G’o’zaning shonalash davridan boshlab esa karadrina, ko’sak qurti va boshqalar uchraydi. Bularning barchasi bilan kurashishda o’simlikning tabiiy chidamliligini oshirish katta ro’l o’ynaydi. O’simlikning zararli organizmga qarshi kurashish qobiliyati uning chidamliligi deb ataladi. Rossiya entomologi I.D.SHapironing ta’kidlashicha, chidamlilik—bu o’simlikning zararli organizmga nisbatan salbiy ta’siri natijasidir. CHidamlilik juda murakkab jarayon bo’lib, birinchidan o’simlikda zararli organizm uchun noqulay ekologik sharoit vujudga kelsa, ikkinchidan zararli organizmda esa shu o’simlikka nisbatan salbiy fiziologik reaktsiya vujudga kelib, oziqlanish, oziqni hazm qilish va tuxum qo’yish borasida undan uzoqlashishga intiladi. Bunday chidamli o’simlik bilan oziqlangan zararkunanda tanasida antibioz vujudga keladi. Antibioz chidamli nav bilan oziqlangan zararkunanda hayot faoliyatiga salbiy ta’sir etishidir.

Ekiladigan o’simlik navlarini tanlashda va ayniqsa, yangi navlar yaratishda ularni shu ekiladigan hududda qanday zararkunandalar uchrashini va ularning turli navlarga bo’lgan munosabatini hisobga olish kerak. Masalan, O’zbekistonda ingichka tolali g’o’za navlariga o’rgimchakkana kamroq tushadi.

O’zbekiston sharoitida vilt kasalligi paxta hosilga katta zarar yetkazadi. Faqat vilt kasalligidan har yili o’rtacha 400 ming.t. paxta hosil kamayadi. SHuning uchun olimlarimiz bu kasallikka chidamli g’o’za navlarini yaratish borasida ham katta ishlar olib bormoqdalar. Bu borada mashhur selektsioner-olim akademik S. S. Mirahmedov olib borgan ishlar yaxshi samara berdi. Olim vilt kasalligiga chidamli g’o’zaning «Toshkent» navlarini viltga chidamli yovvoyi paxtaning meksikanum navini viltga chidamsiz S—4727 navi bilan chatishtirish orqali yaratdi. SHunday qilib, hozirgi vaqtda viltga chidamsiz 108—F g’o’za navining o’rnini «Toshkent» navlari egalladi, bu esa o’z navbatida paxta hosilning oshishiga sababchi bo’ldi.


Download 43.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling