1-Амалий машғулот. Gʻo’za ekini zararkunandalari va ularga qarshi kurash usullari. Kerakli jihozlar


Tuproqqa ishlov berish va o’simlik qoldiqlarini yig’ishtirib olib yo’qotish


Download 43.26 Kb.
bet5/10
Sana09.01.2022
Hajmi43.26 Kb.
#267692
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-Amaliy mashg'uloti

Tuproqqa ishlov berish va o’simlik qoldiqlarini yig’ishtirib olib yo’qotish. Yerga ishlov berish — kuzda sifatli shO’Dgorlash, uni ekishga tayyorlash (tekislash, boronalash, disklash, chizellash, g’altaklash), kultivatsiya qilish va boshqalar zararkunanda, kasallik qo’zg’atuvchilar va begona o’tlarning yashash sharoitiga salbiy ta’sir etib, ularning kamayishiga sabab bo’ladi. Zararkunanda tuxumlari, ularning lichinkalari va g’umbaklari kuzgi ishlov berish vaqtida yer betiga chiqib qolishi natijasida quyosh ta’sirida qovjirab qoladi yoki qushlarga yem bo’ladi, Kuzgi shO’Dgorlashni optimal sharoitlarda chimqirqarli yoki qush yarusli plugda 30—40 sm chuqurlikda ag’darib shO’Dgorlash va shu davrda tavsiya etilgan me’yorda go’ng, fosforli va kaliyli mineral o’g’itlar berish ko’pgina begona o’tlar, zararkunandalar va kasallik qo’zg’atuvchilarning kamayishiga olib keladi.

Yaxob suvlari yer sho’rini yuvishda katta yordam beradi, natijada tuproqda nam ko’proq to’planadi, zararkunanda va kasalliklarga chidamli sog’lom nihollar tekis ko’karadi. Agar yaxob suvlari berishni kuzgi shO’Dgorlashdan keyin zararkunandalar ko’p bo’lgan paykallarda o’tkazsak, tuproq mo’zlashi natijasida ko’sak qurtining g’umbagi, ko’kqurt tunlami, o’rgimchakkana va boshqa zararkunandalar kamayadi.

YAganalash davrida birinchi navbatda kasallangan g’o’za nihollarini ildizi bilan sug’urib olish va ularni yo’qotish gommoz hamda ildiz chirish kasalliklari tarqalishining oldini oladi.

CHekanka davrida chimdib olingan g’o’zaning uchki o’sish nuqtasi g’o’za dalasidan chiqarib, ko’mib tashlanadi, bu bilan biz ko’sak qurtining tuxumlari va lichinkalari ko’p qismini yo’q qilgan bo’lamiz.

O’simlik hosil olingach, albatta uning qoldiqlari yig’ib olinib, paykaldan tashqariga chiqarib, yoqib yuboriladi. O’simlik qoldiqlarini, jumladan g’o’za poyalarini o’z vaqtida yig’ib olish vilt hamda qopa ildiz chirish kasalliklarining tarqalishi oldini olishni ta’minlaydi. Bundan tashqari, g’o’zapoyani o’z vaqtida yig’ib olish kelgusi yili g’o’zaning yosh nihollarini o’rgimchakkana va g’o’za bitlari bilan zararlanishdan saqlaydi, chunki g’o’zapoya qoldiqlari bilan ana shu zararkunandalarning ko’p qismi daladan olib chiqib ketiladi.




Download 43.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling