1-Амалий машғулот. Gʻo’za ekini zararkunandalari va ularga qarshi kurash usullari. Kerakli jihozlar


O’g’itlarning zararli organizmlarga ta’siri


Download 43.26 Kb.
bet6/10
Sana09.01.2022
Hajmi43.26 Kb.
#267692
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-Amaliy mashg'uloti

O’g’itlarning zararli organizmlarga ta’siri. Belgilangan me’yorda va muddatlarda qo’llanilgan organik, mineral yoki bakterial o’g’itlar ham o’simliklarni zararli organizmlardan saqlashga yordam beradi. Bunda o’simliklarning o’sishi va rivojlanishi uchun tuproqda qulay sharoit yaratiladi, bu esa ularning turli zararkunandalarga bo’lgan chidamliligini oshiradi.

Bundan tashqari, o’simlikning normal rivojlanishi uchun mikroo’g’itlardan ham foydalaniladi. Ma’lumki, o’simlikka asosiy oziq moddalar — N, R, K dan tashqari, oz miqdorda bo’lsa ham marganets, mis, rux, kobalt va boshqa elementlar zarur. Bu elementlar o’simlikning moddalar almashinuvida ishtirok etadi. Bu elementlar o’simlikka mis kuporosi, ammoniy molibden yoki ularning eritmalari alohida beriladi.

G’o’zaning yosh nihollariga azotli o’g’itlar berish. o’simlikni tez, sog’lom o’sishiga yordam beradi, shuningdek, ekinlar kemiruvchi zararkunandalar zararidan holi bo’ladi. Agar g’o’zaga fosforli o’g’itlarni o’z vaqtida bersak, hujayra shirasining osmotik bosimi ortishi natijasida o’rgimchakkanaga chidamli bo’ladi.

Fosforli o’g’it bilan yetarli miqdorda oziqlantirilgan beda fitonomusga ancha bardoshli bo’ladi. Bundan tashqari, tuproqqa mineral o’g’itlar solish, undagi tuz eritmalari kontsentratsiyasini oshiradi, natijada tuproqdagi ba’zi hasharotlar, jumladan simqurt lar tanasining namligi pasayib, ular nobud bo’ladi. Ammoniy sulfat, ammoniyli selitra ham simqurtlarning kamayishiga sabab bo’ladi.

SHuni unutmaslik kerakki, haddan ziyod qo’llanilgan mineral o’g’itlar ham maqsadga muvofiq bo’lmaydi. Ortiqcha miqdorda berilgan azotli o’g’itlar o’simlik vegetativ organlarining ko’proq rivojlanishiga sabab bo’ladi, bu esa donli ekinlarning qorakuya kasalligidan zararlanishini ko’paytiradi.

Tuproqqa bor, mis, molibden kabi mikroelementlarni solish kartoshka o’simligining turli kasalliklarga nisbatan chidamliligini oshiradi.

Ba’zi o’g’itlar tuproq muhitini o’zgartiradi, unga solingan ohak uning kislotaliligini kamaytiradi, bu esa tuproq tarkibida zamburug’lar rivojlanishi oldini oladi, natijada lavlagi, karam kabi o’simliklarni turli zamburug’ kasalliklaridan saqlaydi.


Download 43.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling