1-Амалий машғулот. Gʻo’za ekini zararkunandalari va ularga qarshi kurash usullari. Kerakli jihozlar


Download 43.26 Kb.
bet4/10
Sana09.01.2022
Hajmi43.26 Kb.
#267692
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-Amaliy mashg'uloti

Almashlab ekish. Ekinlarni almashlab ekish zararli organizmlar sonini tartibga solish va dalalarni kasallik qo’zg’atuvchilardan tozalashda asosiy omillardan biri hisoblanadi. Almashlab ekish natijasida yerning unumdorligi oshadi, tuproqda g’o’zaning ashaddiy dushmani — vilt kasalligi qo’zgatuvchisining ko’payishi oldi olinadi va paxta, beda hamda makkajo’xorini turli kasallik va zararkunandalardan saqlaydi. Bizda almashlab ekishda faol g’o’za-beda almashlab ekishga makkajuxori yoki oq jo’xori, oraliq va siderat ekin ekilgan dalalar qo’shilgan holda amalga oshiriladi. Almashlab ekish viltga qarshi qo’llaniladigan asosiy tadbirlardan biri hisoblanadi. Almashlab ekiladigan maydonlarda ekin qator oralari ishlanganligi tufayli begona o’tlar keskin darajada kamayadi. Lalmikor yerlarda kuzgi va qishlovchi begona o’tlar kuzgi don ekinlari orasida yashashga moslashgan bo’ladi. Bunday yerlarga bahorgi don ekinlari ekilsa, begona o’tlar kamayadi. CHunki, bahorgi ekinlarni ekish uchun yer kuzda shO’Dgor qilinadi, natijada begona o’tlarniig asosiy qismi yo’qoladi.

Bizga ma’lumki zararkunandalar va kasallik qo’zg’atuvchilar ma’lum bir o’simlikka ko’proq moslashgan bo’lib, faqat o’sha o’simliklardagina yaxshi hayot kechiradi, rivojlanadi va ko’payadi. Uning o’rniga boshqa ekin ekiladigan bo’lsa, ular ikkinchi o’simlikka tezda moslasha olmay, o’z-o’zidan kamayib ketadi yoki butunlay nobud bo’ladi. Masalan, don ekinlari qorakuya bilan ko’proq kasallanadi, g’o’za esa ko’sak qurti, ko’kqurt tunlamlari bilan ko’proq zararlanadi. Bular o’rniga boshqa ekinlar ekilsa, kasallik va zararkunandalar soni keskin kamayadi.




Download 43.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling