AMALIY TOPSHIRIQ
1. Quyidagi matnni aynan shunday ko'rinishda konsolda chiqaring:
"Nexia", "Tico", 'Damas' ko'rganlar qilar havas
2. Quyidagi misollarga yechimni Pythonda chiqaring. Har bir misoldan avval misol matnini izoh ko'rinishida yozing:
5 ning 4-darajasini toping
22 ni 4 ga bo'lganda qancha qoldiq qoladi?
Tomonlari 125 ga teng kvadratning yuzi va perimetrini toping
Diametri 12 ga teng bo'lgan doiraning yuzini toping ( π=3.14�=3.14 deb oling)
Katetlari 6 va 7 bo'lgan to'g'ri burchakli uchburchakning gipotenuzasini toping (Pifagor teoremasidan foydalaning)
!! Javoblarni savol va yechim ko'rinishida chiqaring: 5 ning 4-darajasi 625 !!
Adabiyotlar
1.https://github.com/anvarnarz/python-darslar/tree/main/00-jupyter
1-Laboratoriya ishi. print(), SINTEKS VA ARIFMETIK AMALLAR
Ishning maqsadi: Pyhton dasturida arifmetik amallarni bajarish va natijasini chop etish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar hosil qilish.
Kutilayotgan natija: Talabalarda pyhton dasturida arifmetik amallarni bajarish va natijasini chop etish bo‘yicha amaliy ko’nikmaga ega bo‘ladi.
Kerakli jihozlar va materiallar: Paython dasturi, ma’ruza matnlari, adabiyotlar, ma’ruza daftarlari, kompyuter jamlanmasi.
Ishni bajarish tartibi:
print("Assalom alaykum")
Assalom alaykum
print("""Odami ersang, demagil odami,
Oniki, yo'q xalq g'amidin g'ami""")
Odami ersang, demagil odami, Oniki, yo'q xalq g'amidin g'ami
print("To'qqizning kvadrati", 9**2, "ga teng")
To'qqizning kvadrati 81 ga teng
print(2*5*3.14159)
31.4159
Do'stlaringiz bilan baham: |