Qayta foydalanishga mo’ljallangan dasturiy injiniring Ko’pgina dasturiy ta’minot loyihalarida bir nechta qayta foydalaniladigan dasturiy ta’minotlar mavjuv. Qayta foydalanishga mo’ljallangan jarayonlarda foydalanish mumkin bo’lgan uch xil turdagi dasturiy ta’minot komponentalari bor:
1. Veb servislar servis standartlariga ko’ra ishlab chiqilgan
2. .NET yoki J2EE kabi componenta freymvorklarga integratsiya qilinadigan paketlangan obyektlar kolleksiyasi
3. Maxsus muhitlarda foydalanish uchun sozlangan autonom dasturiy ta’minot tizimlari.
Sifatli va tezkor dasturiy ta’minot ishlab chiqish 2Tezkor dasturiy ta’minot ishlab chiqish jarayoni foydali dasturiy ta’minotni tezda tayyorlashga mo’ljallangan. Tezkor dasturiy ta’minot ishlab chiqishning bir nechta yondashuvlari mavjud bo’lsada ularning asosiy xarakteristikalari mavjud:
1. Xususiyatlarni aniqlash, dizaynlash va amaliy ko’rinishga keltirish jarayonlari birlashtirilgan. Tizimning xususiyatlari batafsil keltirilmaydi va dizayn hujjatlari minimumlashtirilgan. Foydalanuvchi talablari hujjatlari tizimning muhim xarakteristikasi hisoblanadi.
2. Tizim bir necha talqinda ishlab chiqariladi. Foydalanuvchi yangi talablarini qondirish maqsadida dasturiy ta’minotning novbatdagi talqini ishlab chiqariladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.“Software Engineering”, by Ian Sommerville, 2015
2.UML Distilled: A Brief Guide to the Standard Object Modeling Language (3rd Edition)by Martin FowlerSep 25, 2003
3. http://www.SoftwareEngineering-9.com
4. http://www.uml-diagrams.org/
Do'stlaringiz bilan baham: |