1-Amaliy ish: Mavzu: Kompyuterlarni tashkiliy qismlari, asosiy ko`rsatkichlari va xususiyatlari


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana14.09.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1678159
  1   2   3   4   5   6   7


1-Amaliy ish:
Mavzu: Kompyuterlarni tashkiliy qismlari, asosiy ko`rsatkichlari va 
xususiyatlari. 
 
Reja 
1. Amaliy mashg`ulot uchun 
kerakli jihozlar 
2. Nazariy ma`lumotlar 
- Kompyuterning tashkiliy 
komponentlari 
- Kompyuterlarning asosiy 
ko’rsatkichlari 
3. Amaliy qism 
4. Amaliy topshiriqlar 
5. Foydalanilgan adabiyotlar 
Kerakli jihozlar. Kompyuter, tizimli bolk, tizimli plata,tezkor kotira modullari, 
HDD disk, SSD disk, videokarta, audiokarta, VGA shinasi, RJ45-kabellari proektor, 
emu8086 dasturi, UMK80 virtual protsessori, printer, skaner, ADSP virtual 
protsessori, AIDA64 dasturi, Electronics workbench. 
 
Nazariy ma`lumotlar 
 
Kompyuterning tashkiliy komponentlari 
Zamonaviy kompyuter tizimlarida axborotlarga ishlov berish asosiy vazifa 
hisoblanadi, lekin yagona vazifa emas. Kompyuter tizimlarining boshqa vazifalari 
axborotlarni yig’ish (kiritish), o’zgartirish, axborotlarni to’plash va saqlash, 
ma’lumotlarni qabul qilish-uzatish, nusxa ko’chirish va ko’paytirish hisoblanadi. Bu 
barcha vazifalarni bajarishda bevosita amalga oshiruvchi tizimlar va tarmoqlarning 
eng asosiy elementi bo’lgan kompyuterdir. Uning ishlov berish tezligi va ishlov 
berish natijasi, aniqligi, umuman, tizimning ishlash samaradorligi unga bog’liq. 
Kompyuterning yuqorida sanab o’tilgan vazifalari asosiy elementlar arifmetik-
mantiqiy qurilma, prosessor, xotira, kiritish/chiqarish qurilmasi, boshqarish 
qurilmalaridan foydalanib amalga oshiriladi. Buning asosida barcha elementlarning 
o’zaro birgalikda ishlashi asosida dasturiy boshqarish tizimidan iborat bo’lgan, 


xotirada saqlanadigan ishlov berish dasturi va ma’lumotlarni boshqarish tamoyili 
yotadi. Kompyuterlar va kompyuter tizimlarini qurish, va ishlash tamoyillari ularning 
arxitekturalarini qurish o’zaro bog’liq ko’plab komponentlarga: apparat ta’minotiga 
(hardware), dasturiy ta’minotiga (software), ma’lumotlarga ishlov berishning amaliy 
dasturlariga, qabul qilish, o’zgartirish, ma’lumotlarni saqlash hamda uzatish 
vositalariga, shuningdek, ishlov berishning umumiy masalasi bajarilganda, 
komponentlar orasida vazifalarning taqsimlanishiga uzviy bog’langan. 
Zamonaviy kompyuterlarning funksional sxemasi (2.4-rasm) saqlash, ishlov 
berish va boshqarish qurilmalaridan tashkil topgan. Bundan tashqari, kompyuterning 
ichki resurslardan foydalanish uchun ma’lumotlarni kiritish va chiqarish 
qurilmalaridan foydalaniladi. Bu sxema universal kompyuterlarning klassik 
variantidir. 
1.1-rasm. Kompyuterning funksional sxemasi 
Kompyuter arxitekturasining asosiy elementi dasturiy boshqariladigan va 
konstruktiv mustaqil element ko’rinishda yaratilgan qurilma – markaziy prosessor 
(yoki mikroprosessor) hisoblanadi. Ayniqsa, prosessorning texnik xarakteristikalari 
(so’z uzunligi, takt chastotasi, boshqariladigan buyruq tizimlari) ko’p jihatdan 
kompyuterlarning parametrlarini aniqlaydi, bular: funksional imkoniyatlari, ish 
unumdorligi, yechiladigan masalalar sinfi, natijalarning aniqligi. 

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling