1-Amaliy ish Tizimni struktura sxemasini qurish. Tizim xususiyatlariga ko’ra bog’lanish modelini o’rganish. Ishning maqsadi


Download 0.72 Mb.
bet4/21
Sana02.04.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1320615
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Amaliy ishlari

Qisqacha nazariy ma’lumotlar
Muhit – bu ushbu tizimga tegishli bo‘lmagan elementlardan iborat tizim. Boshqacha aytganda, muhit – bu xossalarining o‘zgarishi tizimga ta’sir etuvchi barcha obyektlar hamda tizim holatining natijasida o‘z xossasini o‘zgartiruvchi obyektlar to‘plami.
Elementlarning bog‘liqligi – bu aloqa – u ta’sir yo‘nalishiga ega.
Tizimning tashqi muhitga ta’siri bu to‘g‘ri ta’sir (to‘g‘ri aloqa).
Tashqi muhitning tizimga ta’siri bu aks ta’sir (teskari aloqa). Aks ta’sir musbat yoki ijobiy (tizimda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar o‘z qonuniyatini saqlab qoladi) va manfiy yoki salbiy (tizimdagi o‘zgarishlar qonuniyatlarini o‘zgartiradi) bo‘lishi mumkin.
Kirishlar yoki tizimning zaxiralari deb muhitdan tizimga uzatiladigan obyektlar tushuniladi. Kirishlar yordamida muhitning tizimga ta’siri amalga oshiriladi.
Chiqishlar yoki tizimning yakuniy mahsuloti – bu tizimdan atrof mu-hitga uzatiladigan obyektlar. Tizim chiqishlar orqali muhitga ta’sir qiladi.
1-misol: Tizim – «Bank». Bankning tashqi muhiti – bu investitsiya tizimi, moliyalashtirish, mehnat zaxiralari, normativlar va boshqa. Kiru-vchi ta’sirlar (kirishlar) – bu tizimning xarakteristikalari (parametrlari). Tizimning ichki holati – bu moliyaviy holatining xarakteristikalari. Chiquvchi ta’sirlar (chiqishlar) – bu kreditlar, xizmatlar, jamg‘armalar oqimi va boshqa. Bu tizimning funksiyasi – bank operatsiyalari, masalan, kreditlar berish. Tizimning funksiyasi uning tashqi muhit bilan aloqasi xarakteriga ham bog‘liq. Bank tomonidan bajariladigan funksiyalar sonli yoki sonli bo‘lmagan (sifat yoki miqdoriy xarakter) holda ifodalanishi mum-kin.
2-misol. Tizim – «Hisoblash tarmog‘i». Bu murakkab tizim bo‘lib, u hisoblash mashinalari va ma’lumotlarni uzatish (aloqa) tarmoqlaridan iborat. Hisoblash tarmoqlarining asosiy vazifasi – bu uzoqdagi foyda-lanuvchilarning o‘zaro aloqasini ma’lumotlar almashinuvi va tarmoq zaxiralari (hisoblash mashinalari, amaliy dasturlar, tashqi qurilmalar)dan hamkorlikda foydalanish asosida ta’minlash.
3-misol. Tizim – «Universitet». Universitet – bu ta’lim muassasasi bo‘lib, har xil darajadagi ta’lim dasturlarini o‘quv jarayoniga qo‘llash va belgilangan yo‘nalishlarda ilmiy tadqiqotlar olib borishni ta’minlaydi. Bu tizimning maqsadi – ta’limning zamonaviy sifatini uning fundamentalligini saqlagan hamda shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarining kelgusidagi dolzarb iste’moli talablariga mos holda ta’minlash. Universitet tizimining qism ostilari: tuzilmaviy, o‘quv, moliyaviy, ma’muriy-xo‘jalik, ilmiy-tadqiqot, kadrlarni boshqarish, kapital qurilishni boshqarish va hokazo. Bu tizimning atrof-muhiti: abituriyentlar, ish beruvchilar, ta’lim muassasalari, bandlik xizmatlari va boshqa. Universitet abituriyentlar va ta’lim xizmatlaridan foydalanuvchi korxonalar bilan doimiy o‘zaro aloqada.


Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling