1-Amaliy mashg’ulot 1-Mavzu: Kimyoning asosiy qonunlari


Karrali nisbatlar qonunini


Download 198.74 Kb.
bet2/5
Sana21.01.2023
Hajmi198.74 Kb.
#1108018
1   2   3   4   5
Bog'liq
Amaliy mashg\'ulot № 1

Karrali nisbatlar qonunini.
J.Dalton 1804-yilda karrali nisbatlar qonunini kashf qildi. Agar ikki element bir-biri bilan bir necha kimyoviy birikma hosil qilsa, bu birikmalardagi bir elementning bir xil massasiga to'g'ri keluvchi boshqa element massalari o'zaro kichik butun sonlar nisbatida bo'ladi.
Bu qonuni quyidagi misollar orqali tushuntiramiz.
1. SO2 va SO3 birikmalari tarkibida bir xil massali oltingugurtga turli massali kislorod to’g’ri keladi. 32g S ga birinchi birikmada 32 g kislorod, ikkinchi birikmada esa 48 g kislorod to’g’ri keladi. Bu ikki birikma tarkibidagi kislorodlar nisbati 32:48 bo’lsa, sonlarni qisqartirsak 1:1.5 nisbatda bo’ladi.
2. Quyidagi birikmalarda bir xil massadagi azotga kislorod massalarining nisbati qanday o’zgaradi? N2O, NO, N2O3, NO2, N2O5.
N2O birikmada 28g azotga 16g kislorod to’g’ri keladi. NO birikmada 14g azotga 16g kislorod, N2O3 birkmada 28g azotga 48g kislorod, NO2 birikmada 14g azotga 32g kilorod, N2O5 birikmada 28g azotga 8Og kislorod to’g’ri kelsa, 14g massadagi azotga qanchadan kislorod to’g’ri kelishini hisoblab topamiz.
1-birikmada 14g azotga 8g kislorod,
2-birikmada 14g azotga 16g kislorod,
3-birikmada 14g azotga 24g kislorod,
4-birikmada 14g azotga 32g kislorod,
5-birkmada 14g azotga 40g kislorod to’g’ri keladi.
Kislorodlar nisbatini topsak, 8:16:24:32:40 bo’lsa, sonlarni qisqartirsak 1:2:3:4:5 nisbatda bo’ladi, quyidagi jadva orqali ifodalash mumkin.



Modda

% tarkibi

Og’irlik nisbati

N

O

N

O




N2O

63,7

36,3

1

0,57

1

NO

46,7

53,3

1

1,14

2

N2O3

36,9

63,1

1

1,71

3

NO2

30,5

69,5

1

2,28

4

N2O5

25,9

74,5

1

2,80

5


Download 198.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling