1-amaliy mashg’ulot 712-20 guruh talabasi Bajardi: Umirzoqov Eldor Tekshirdi
Oilaviy munosabatlarni barqaror bo’lishida ijtimoiy-iqtisodiy holatning shakllanishi
Download 249.25 Kb.
|
1 2
Bog'liqpisixologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oila ikki yo’nalishda mavjud bo’ladi
1.2. Oilaviy munosabatlarni barqaror bo’lishida ijtimoiy-iqtisodiy holatning shakllanishi
Oila shaxs tarbiyasida boshqa ijtimoiy institutlar bilan taqqoslaganda birinchi darajali rolni bajaradi. Chunki, aynan oilada individual qobiliyatlar, shaxsiy, kasbiy qiziqishlar, axloqiy normalar shakllanadi. Oila omili insonga butun umiri davomida ta’sir yetadi. Ijtimoiy jihatdan oila inson turli ijtimoiy rollarni egallaydigan jamoa hisoblanadi. Oila insonning o’z-o’zini belgilab olishga, uning ijtimoiy-ijodiy faolligini oshishiga yordam beradi. Oilaviy munosabatlar oliy qadriyat hisoblangan bizning respublikamizda O’zbekistonda oilaning ijtimoiy maqomi nihoyatda balanddir va o’z mavqye’ini xozirgacha ushlab turibdi. Biroq bu holatdagi oila inqirozi ko’pgina oilalar, shu jumladan, o’zbek oilalariga ham ta’sir qiladi. Oiladagi munosabatlarning barqarorligini ta’minlagan, chunki o’zbek oilasida zaruriy tarbiyaviy omil va ko’nikmalar avloddan-avlodga o’tib keladi. Oiladagi munosabatlarni yaxshi bo’lishi uchun bugungi kunda yuksak malakali psixolog, pedagog-mutaxassislar, mahalla yordamiga muhtoj deyish mumkin. Oilada bolalar tarbiyasining barqaror bo’lishi uchun maktab, maktabgacha ta’lim muassasasi va mahalla hamkorligida faoliyat olib borish kerak. Ayniqsa boshlang’ich sinf o’quvchilarini maktab faoliyati uchun ularda ko’nikma va malakalarni shakllantirish muhimdir. Bunda o’qituvchilar har bir o’quvchilarning oila-a’zolarini bilishi, ular bilan yaqindan aloqada bo’lishi o’chrashuvlar o’tkazib turishi lozim. Bolalar birdaniga maktabga o’rganib olishi qiyin kechadi. Ko’p hollarda bolalar maktabga borishdan bosh tortadi bunda ularning o’zlashtirishiga salbiy ta’sir qiladi. Shuning uchun ota-onalar hamda o’qituvchi, sinf rahbarining o’rni nihoyatda kattadir. Bolalarni maktab muhitiga o’rganishi va moslashuvi asosan 1-sinfda o’qishi jarayonida kechadi. Ikkinchi yilga o’tgandan keyin maktab muhitiga to’liq moslashib oladi. Oila ikki yo’nalishda mavjud bo’ladi: kichik ijtimoiy guruh sifatida va ijtimoiy institut sifatida. Birinchi holatda u qarindoshlik asosida tuzilgan va birga yashash bilan birlashtirilgan hamjamiyatdir. Ikkinchisida yesa insonlarning kundalik hayoti kechadigan ijtimoiy institutdir. Inson jamiyatida oila bir nechta vazifalarni bajaradi: Reproduktiv - homilani davom yettirish bilan bog’liq O’zbekistonda ko’p bolali oilalarning mavjudligi bilan bir qatorda oila a’zolari sonining qisqarishi ham kuzatilishi. Iqtisodiy - oilaning bir a’zosi tomonidan boshqalar uchun moddiy mablag’lar topilishi, voyaga yetmaganlar va qariyalarni moddiy ta’minlash, pul mablag’larini to’plash. Zamonaviy bozor munosabatlari mulk to’plash, mulkka yega bo’lish, meros masalalarida oilaning iqtisodiy vazifasini faollashuvini talab qiladi. Ijtimoiylashuv vazifasi - oila bola shakllanishiga ta’sir qiluvchi birinchi va asosiy ijtimoiy guruh hisoblanadi. Oila mikromuhit sifatida bolaning ruhiy, jismoniy va O’zbek oilalaridagi yigit-qizlarning ijtimoiy moslashuvigasiga xalaqit beruvchi omillarga qizlarni oilaviy hayot uchun yigitlarni yesa mehnat, kasb uchun noto’g’ri tayyorlashni kirisak bo’ladi. Ayol kishidan malakaviy va kasbiy faollikni, yerkak kishidan yesa o’z xizmat va oilaviy majburiyatlarini bajarishni talab qiluvchi hozirgi kunda bu an’analarning saqlanib qolishi zamonaviy ijtimoiy talablarga zid keluvchi hodisadir. Bu hodisa ijtimoiy tarbiya va oilaviy tarbiya o’rtasida kelishmovchiliklar borligidan guvohlik beradi. Bunaqa oilalarning salbiy ta’sirini bartaraf yetish oilani shaxs ijtimoiylashuvining asosiy omili sifatida mukammallashtirishni talab qiladi. Bu masalaning muhimligi kadrlar tayyorlash milliy dasturida ilgari surilgan ta’lim-tarbiya jarayoni talablari bolalar tarbiyasiga nafaqat maktabda balki, oilada ham o’z talablarini qo’yganligi bilan katta ahamiyatga yega bo’lmoqda. Shu bilan birga bir qator o’zbek pedagog olimlari aynan ko’pbolali oilalarda bolalar tarbiyasi uchun qulay sharoitlar mavjud deb hisoblashadi. Avvalo, ko’pbolali oila pedagogik munosabatda qulay bo’lgan yosh tuzilmasiga yega. Bir nechta bola mavjud bo’lganida ota-onalarning g’amxo’rligi ham ular orasida teng taqsimlanadi. Katta oilada bola yoshligidanoq jamoaviy munosabatlarga kirishadi. Katta va kichik boalar o’rtasida turli o’zaro munosabatlar shakllanadi. Ko’pgina ota-onalar ko’pbolali oilalarda bolalarni tarbiyalash oson, chunki bunda katta farzandlar yordam berishadi deyishadi. Ko’pbolali oilalardagi tarbiyaning yeng muhim omillari muomula muhiti, birgalikdagi mehnat, jamoaviy tashabbus, ota-onalarning talabchanligi, bolalar yoshini inobatga olish hisoblanadi. Bunaqa oilalar farzandlari axloqiy hislatlarining shakllanganligi, mehnasevarligi, mehribonligi, to’g’riligi, mustaqilligi, ishbilarmonligi bilan ajralib turishadi. Katta oilada mustahkam va tabiiy bolalar jamoasi shakllanib, unda bu jamoa a’zolari birgalikda g’amxo’rlik ko’rsatishadi, boshqa a’zolar oldida mas’uliyatli yekanliklarini his yetishadi. Shunday qilib o’zbek oilasining ko’pbolalik omili bola tarbiyasiga umuman olganda ijobiy ta’sir ko’rsatadi. 2 . Shaxs rivojlanishining individual va yosh davrning xususiyatlari Shaxs – psixologiya fanining asosiy ilmiy tushunchalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. SHaxsning nimaligini tushunish va uning ruhiy tuzilishini ta’riflash imkonini beruvchi asosiy xossalarini ajratib olish uchun ushbu tushunchani «inson individ shaxs individuallik» qatorida ko‘rib chiqamiz. Inson o‘ta murakkab mavjudot sifatida cheksiz murakkab dunyoda, aniqrog‘i, ko‘plab dunyolarda yashaydi, ularning ichidan zamonimizning mashhur faylasuflaridan biri Yurgen Xabermas asosiylari sifatida uch dunyoni: tashqi dunyo, ijtimoiy dunyo («bizning olam»), ichki dunyo («mening olamim», individuallik va betakrorlilik «mening mavjudligimning» betakrorligi) ajratishni taklif etdi. Tashqi dunyo – bu insonning tabiat qonunlarini bilishda va ularni o‘z maqsadlarida tabiatni qayta tuzish uchun qo‘llashda egallaydigan tabiat olami. Bu fan, texnika, amaliyot olamidir. Bu barcha narsa isbot talab etuvchi maqsadga muvofiq faoliyat olamidir. Ijtimoiy dunyo – bu insonni dunyoga kiritishning asosiy vositasi jismli faoliyat bo‘lgan olam. Insonni atrofdagi olamga va o‘ziga nisbatan munosabatlarining rang-barangligida tushunish, faolligining manbalarini topish va yo‘nalishini anglash uchun insonning olamda tutgan o‘rnini aniqlab olish zarur. Insonga shaxs sifatida yondoshish, avvalambor, insonga jamiyat tuzilishida tutgan o‘rni bilan aniqlanuvchi jamiyatning birligi sifatida qarash bilan bog‘liqdir. Insonni biologik organizm, tur birligi sifatida hayvondan farq qiluvchi tub negizli belgisi jamiyatga tegishlilik, ijtimoiylik hisoblanadi. Bundan kelib chiqadiki, shaxsni o‘rganishda dastlabki holat bo‘lib uning jamiyatdagi o‘rni, ijtimoiy munosabatlar tizimiga kiritilganligi xizmat qiladi . Agar biz shaxs munosabatlari haqida insonning dunyoga shaxsiy tegishliligi va bu bilan bog‘liq kechinmalar ma’nosida so‘z yuritadigan bo‘lsak, u holda inson mavjud bo‘la oladigan keyingi – bu «mening» ichki olamim dunyosiga murojaat qilamiz. Bu dunyo kechinmalar, shaxsiy mohiyatlar, shaxsiy dahldorlikni his etish, u yoki bunga shaxsiy tegishlilik, boshqa odamlar bilan mavjudlikning «hodisaviyligi» bilan to‘la. Bu dunyoga jismli faoliyat o‘z shaklini o‘zgartirgan holda oddiy holatdagi foydali faoliyat, shaklini yo‘qotgan jismli harakat bo‘lib emas, balki, «shaxsiy» faoliyat, ijodiyot sifatida kiradi, ijtimoiy hulq-atvor esa «mening» dunyosiga shaxslararo munosabat, boshqa odamlarning ichki dunyosiga yaqinlashish, boshqalarga o‘zini ochishning vositasi, o‘zini namoyon etish sifatida kirib keladi. «Mening» dunyosida unga xos bo‘lgan maxsus faoliyat turlari: o‘yin, san’at, din, ichki dunyolar yaqinlashuvi sifatidagi muloqot paydo bo‘ladi. «Individ» tushunchasini turlicha talqin qilish mumkin. Avvalambor, individ – bu yagona tabiat mavjudoti sifatidagi odam, Homo sapiens turiga mansub vakil. Ushbu holatda individ biologik turning umumiy irsiy xossalarini tashuvchi biologik organizm (har bir odam individ bo‘lib tug‘iladi) sifatida tushuniladi, ya’ni, insonning biologik mohiyati ta’kidlanadi. Lekin ba’zida «individ» tushunchasi odamni insoniy umumiylikning alohida vakili, mehnat qurollaridan foydalanuvchi ijtimoiy mavjudot sifatida belgilash uchun qo‘llaniladi. Agar «inson» tushunchasi o‘z ichiga odamlarga xos bo‘lgan barcha insoniy sifatlarning yig‘indisini, ularning ma’lum insonda mavjudligi yoki mavjud emasligidan qat’iy nazar, jamlagan bo‘lsa, u holda «individ» tushunchasi aynan uni xarakterlaydi va qo‘shimcha sifatida shaxsiy xislatlar qatori psixologik va biologik xossalarni ham kiritadi. Bundan tashqari, ushbu tushunchaga ma’lum odamni boshqalardan ajratib turuvchi sifatlar bilan birga, aynan shu odamga va ko‘plab boshqa odamlarga tegishli bo‘lgan umumiy xossalar ham kiradi. Shaxs tushunchasining mohiyatli tomonlarini belgilab beruvchi turli xil ta’riflar mavjud. A.N. Leontev ta’rifiga ko‘ra: «SHaxs – faoliyat sub’ekti», A.G. Kovalevning – «shaxs ijtimoiy munosabatlar sub’ekti va ob’ekti sifatida», K.K. Aflotunovning – «shaxs – o‘z o‘rnini anglovchi layoqatli jamiyat a’zosi», S.L. Rubinshteynning – «shaxs – tashqi ta’sirlarning oldini oluvchi ichki sharoitlar yig‘indisi», A.V. Petrovskiyning – «shaxs – individ tomonidan jismli faoliyat va muloqotda orttirilgan, unga ijtimoiy munosabatlarga kirishganlik nuqtai nazaridan ta’rif beruvchi tizimli sifat», G. Ollportning – «shaxs hayoti davomida shakllanib boruvchi o‘ziga xos psixofixiologik tizimlar – ushbu insonga xos bo‘lgan tafakkur va hulq-atvorni belgilab beruvchi shaxs qirralari yig‘indisi» va boshqalarning ta’riflari shulardan iborat. Tarbiyalanuvchilarning faoliyati jamiyat uchun qanchalik foydali ravishda maqsadga muvofiq tashkil etilar, shaxs va jamiyat urtasidagi munosabatning oqilona bo’lishi ta`minlar ekan, tarbiya jarayoni shunchalik samarali bo’ladi. Shaxs faoliyati ijtimoiy munosabatlar negizida yo’lga qo’yilib, tizimli tarzda kechadi. Sub`ekt (shaxs ) > ob`ekt (ijtimoiy borliq) > ijtimoiy munosabatlar tarzda tashkil etiladigan aloqa jarayoni shaxs faoliyati mazmuni va yo’nalishi-ni ham belgilashi mumkin. Ijtimoity munosabatlarni tashkil etish jarayonida shaxsga borliqni his etish, o’z- o’zini anglash, aloqa aralashuv va o’zlashtirish sanaladi. Ijtimoiy munosabatlar mohiyatini anglash ehtiuyojini qondirishga qaratligan faoliyat jarayonida ijtimoiy bilimlarni uzlashtirishga nisbattan qiziqish hosil bo’ladi. Qiziqish o’z navbatida shaxsda muayyan hayotiy maqsadning qaror topishiga olib keladi. Maqsad asosida shaxs nafaqat ijtimoiy bilimlarni egallashga intiladi, balki o’zlashtirilgan bilimlarni egallash layoqatini ham nomayon eta borish maqsadga muvofiqdir. Maqsad mazmunini ifoda etuvchi g`oyalar amaliy harakatlarni tashkil etish borisidagi rag`batlar-ning yuzaga kelishi uchun zamin hozirlaydi. Rag`batlar o’zida quyidagi xususiyatlarni aks ettiradi fuqoralik vatanparvarlik, insonparvarlik, ilmiy anglash, ahloqiylik, iqtisodiy, ekologik, jismoniy, estetik, huquqiy va boshqalar. Qayd etilgan rag`batlar amaliy xarakatning tashkil etilishi uchun turtki beradi. Ijtimoiy munosobatlar jarayonida shaxs faoliyati mazmunini tahlil etish, ularda o’z faoliyatlariga nisbatan tanqidiy yondashuvni qaror toptirish, shunung-dek o’z faoliyatiga borish talab etiladi. Xulosa, oquvchi shaxsida shakllanadigan ijtimoiy-insoniy sifatlar quyidagi tizim asosida kechadi: Ehtiyojlar Ijtimoiy munosabat Qiziqish Ijtimoiy-munosabatlarning yaxlit tizimida tarbiyachi, Oqituvchi, ota-onalar hamda jamoaning tarbiyalanuvchi,oquvchi, farzandar va shaxs bilan buladigan o’zaro ta`siri jarayonida kelib chiqadigshan tarbiyalanuvchi munosabatlar alohida ahamiyatga ega. Tarbiyachi (Oqituvchi)larning tarbiyalanuvchi (oquvchi) larning tarbiyalanuv (oquvchi)larga pedagog ta`siri ular faoliyati va munosabatlarini tizimli hamda rejali tarzda maqsadga muvofiq tashkil qilishni nazarda tutadi. Rivojlantiruvchi (shaxsni rivojlantirish) tarbiyalovchi (tarbiya maqsadlarini amalga oshirish) va tashkilotchilik,(faoliyat va munosabatlarni maqsadga muvofiq tashkil etish) vazifalari tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchilarning asosiy vazifalari sanaladi. Tarbiyalovchi ta`sirlar muayan shaxslarga turlicha ta`sir kursatadi. Shu bois tarbiyachi har bir tarbiyalanuvchining uziga xos shaxsiy xususiyatlarini hisobga olib, ta`sir ko’rsatishning individual yo’llarini qidirib topishi lozim. Tarbiya-chi aksariyat xollarda pedagogning ongliligi, axloqiy sifatlarga egaligi, odilligi, qat`iyatliligi va boshqalarni xususiyat bilishiga bog`liqdir. Demak, tarbiya jarayonining qonuniyatlari quydagilardan iboratdir. Tarbiya jarayonining qonuniyatlari 1. Tarbiyaning ijtimoiy muhitning ob`ektiv va sub`ektiv olimlarga bog`liqligi. 2. Tarbiyaning shaxs taraqikieti (rivojlanishi) bilan birligi uzaro aloqadorligi va bog`liqligi 3. Faoliyat va sunosabat birligining shaqlda ijtimoiy ijobiy fazilatlarni shaqlantirish negizi va asosiy manbai ekanligi 4. Tarbiyalanuvchilarning uzaro tarbiyaviy ta`siriga ega ekanliklari, ularning uzro munosabatlari hamda faol faoliyatlari urtasidagi bog`lanish Tarbiya tamoyillari deb yosh avlodni tarbiyalash maqsadidan kelib chiqadigan va komil insonni tarbiyalashning mazmuni, metodlari va yo’nali-shiga qo’yiladigan eng muhim talabalarni belgilab beruvchi asosiy g`oya va qoidalar yigindisiga aylanadi. Tarbiya tamoyillari o’qituvchi, tarbiyalovchilarga yul-yuriq ko’rsatuvchi qoidalar bo’lib, yosh avlodni tarbiyalash, barkamol insonni shakllantirish vazifalariga muvofiq belgilanadi,shuningdek ular shaxs tarbiyai borasidagi ilg`or ta`limotlar g`oyalriga hamda pedagogika fanida erishilgan yutuqlarga asos-lanadi. Tarbiya tamoyillari tarbiya jarayoni qonuniyatlarini aks ettiradi. Tarbiyaviy jarayonda ilg`or tamoyillarga amal qilinishi uning samarasini ta`minlaydi. Tarbiya tamoyillari quyidagilardan iborat. -tarbiyaning maqsadga yo’naltirilganligi -tarbiyada demokratik va insonparvarlik g`oyalar ustunligi -tarbiyada milliy umumbashariyqadriyatlar ustunligi -tarbiyada izchillik va tizimlilik -tarbiyani ijtimoiy hayot bilan qo’shib olib borish -tarbiyani mehnat bilan bog`lash -tarbiyalanuvchi shaxsini xurmat qilish -tarbiyada oquvchining esh va individual xususiyatlarini hisobga olish -jamoa va jamoa erdamida tarbiyalash -tarbiyada oquvchi xulqidagi ijobiy sifatlarga tayanib, salbiy tomonlarni yuqotish. , tarbiyalangalik darajasiga. Tarbiya metodlarining qay darajada urinli va samarali tanlan-gani hamda mohirona qullanilganligiga bog`liq.Tarbiya metodlarini to’g`ri tanlash tarbiya vazifalarini ijobiy hal qilishda,oquvchilarning o’z-o’zini tarbiyalash va faoliyatini rag`batlantirishda yordam beradi. Tarbiya metodlari Ongni shaqllantirishga xizmat qiluvchi metodlar - Odatlantirish va faoliyatda mashqlantirish metodlari - Tarbiyada rag`batlantirish va jazolash metodlari Tarbiya jarayonida ushbu qoida va me`yorlar shaxsning e`tiqodi, ishonch va hayotiy qarashlargi aylanadi. Ushbu guruhga ma`naviy (ahloqiy,estetik, siyosiy,huquqiy, jismoniy, ekologik, iqtisodiy va h.k) mazmunidagi suhbatlar, hikoyalar ma`ruzalar hamda namuna kursatish metodlarini kiritish mumkin. Ikkinchi guruh metodlari yordamida oquvchida ma`naviy mazmunga ega odatlar hosil qilinadi. oquvchi hulqida ijtimoiy tarbiyaning mazmuniga muvofiq ma`-naviy odatlar asosan faoliyat zaminida tarkib topadi. Faoliyat oquvchilarning ijtimoiy munosabat va ijtimoiy xulq-atvor tajribasi bilan boyituvchi muhim manba bulib hisoblanadi. Ikkinchi guruh metodlari orasida pedagogik talab metodi ahamiyatlidir. Pedagogik talab turli vazifalarning bajarilishi: ya`ni, ijtimoiy xulq atvor ma`yorlarni ifodalash: u yoki bu faoliyatda qatnashib bajarilishi zarur bo’lgan aniq bir vazifani amalga oshirish: u eki bu harakatni rag`batlantiruv-chi yoki to’xtatuvchi bo’lishi: oqilona harakatni olib borishga undovchi bo’lishi mumkin. Tarbiyaning barcha metodlari sharoitni, joy vaqtini, shuningdek, ularning uzaro bir-biriga ta`siini hisobga olgan holda qullash maqsadiga muvofiqdir. Tarbiya vositalaridan foydalanish doimo unga muvofiq keluvchi tarbiya metodlari va usullardan foydalanilish taqozo etiladi, chunki ular yordamida ong, xistuyg`u, xulq atvor tarkib toptiriladi, oquvchining turli ko’rinishidagi faoliyati uyushtiriladi. Bugungi kunda tarbiya jarayonida axborot va texnik vositalardan foydalanishga alohida diqqat e`tibor qaratilmoqda. Ulardan maqsadga muvofiq va samarali foydalanish oquvchining ma`naviy kamol topishiga olib keladi. Yuqorida bildirilgan mulohazalarga tayangan holda mavzu yuzasidan quyidagi xulosalarga kelish mumkin. 1. Tarbiya jarayonining asosini ijtitmoiy-xayotning ob`ektiv talabalarini, shaxsning ijtimoiy mohiyatini hamda tabiatini aks ettiruvchi qonuniyatlar tashkil etadi. Tarbiya jarayonini ilmiy asoslangan tarzda olib borish uning qonuniyatlrini chuqur urganishni talab etadi. 2. Tarbiya jarayonining muvaffaqiyati uni tashkil etishda qanday tamoyillarga kura ish kurilayotaganligiga ham bog`liq. 3. Tarbiya jarayonini tashkil etishda o’quvchi tomonidan qo’llaniladigan metodlar ham muhim ahamiyatga ega bulib, ular ijtimoiy jamiyat tomonidan ta`lim muassasalari oldiga quyilgan esh avlodni har tomonlama barkamol, erkin, ijodkor, mustaqil fikr egasi etib tarbiyalash vazifalari bilan belgilanadiTarbiya metodlari o’zaro o’xshash jihatlariga kura uch guruxga bo’linadi. Tarbiya jarayonida qo’llaniladigan tarbiya vositalari tariya metodjlari ahamiyatini kuchaytirishga xizmat qiladi 3. Zamonaviy sharoitda pedagogik yo’nalishda tadqiqotlarni olib borishda qaysi metodlardan foydalanilmoqda? Zamonaviy sharoitda, pedagogik yo'nalishda, tadqiqotlarni olib oorishda quyidagi metodlardan foydalanilmoqda: 1- Pedagogik kuzatish metodi. 2.Suhbat metodi. 3.Anketa metodi. 4.Intervyu metodi. 5.Ta'lim muassasasi hujjatlarini tahlil qilish metodi. 6.Test metodi. 7.Pedagogik tahlil metodi. 8.Bolalar ijodini o'rganish metodi. 9. Pedagogik tajriba metodi. 10. Matematik-statistik metod. Pedagogik kuzatish metodi. Uni qo'llash jarayonida, ta'Iim muassasalarining o'quv-tarbiya ishlari jarayonini o'rganish asosida tadqiq etiiayotgan muammo holat aniqlanadi, tajriba— avvali va yakunida qo'Jga kiritilgan ko'rsatkichlar o'rtasidagi farq to'g'risidagi ma'iumotga ega bo'linadi. Pedagogik kuzatish murakkab va o'ziga xos xususiyatlarga ega. Kuzatish aniq maqsad asosida, uzluksiz, izchil va tizimli amalga oshirilsa, kutilgan natijani qo'lga kiritish mumkin. Suhbat metodi. Bu metod pedagogik kuzatish jarayonida ega bo'lingan ma'lumotlarni boyitish, mavjud holatga to'g'ri baho berish, muammoning yechimini topishga imkon beruvchi pedagogik shart-sharoitlarni yaratish, tajriba-sinov ishlari subyektlari imkoniyatlarini muammo yechimiga jalb etishga yordam beradi. Suhbat maqsadga muvofiq holda individual, guruhli hamda ommaviy shaklda o'tkaziladi. Suhbat jarayonida respondentlarning imkoniyatlari to'la-to'kis namoyon bo'lishiga erishish muhimdir. Uning samarali bo'lishi uchun quyidagilarga amal qilish maqsadga muvofiq: 1) maqsaddan kelib chiqqan holda suhbat uchun belgilanuvchi savolJarning mazmunini aniqlash hamda savollar o'rtasidagi mantiqiylik va izchillikni ta'minlash; 2)suhbat joyi va vaqtini aniq belgilash; 31 3)suhbat ishtirokchilarining soni xususida ma'lum to'xtamga kelish; 4)suhbatdosh to'g'risida avvaldan muayyan ma'lumotlarga ega bo'lish; 5)suhbatdosh bilan samimiy munosabatda bo'lish; 6)suhbatdoshning o'z fikrlarini erkin va batafsil ayta olishi uchun sharoit yaratish; 7)savollarning aniq, qisqa va ravshan berilishiga erishish; 8) olingan ma'lumotlarni o'z vaqtida tahlil qilish. Anketa metodi (fransuzcha — tekshirish). Ushbu metod yordamida pedagogik kuzatish va suhbat jarayonida to'plangan dalillar boyitiladi. Anketa metodi ham tizimlangan savollar asosida respondentlar bilan niuioqotni tashkil etishga asoslanadi. Anketa savollariga javoblar, ko'p hollarda, yozma ravishda olinadi. O'rganilayotganjarayon mohiyatidan kelib chiqqan holda anketa savollari quyidagicha bo'ladi: 1) ochiq turdagi savollar (respondentlarning erkin, batafsil javob berishlari uchun imkon beruvchi savollar); 2) yopiq turdagi savollar (respondentlar «ha», «yo'q», «qisman» yoki «ijobiy», «qoniqarli», «salbiy» va hokazo tarzdagi javob variantlarini tanlash orqali savollarga javob beradilar). Anketa metodini qo'llashda ham bir qator shartlarga amal qilish zarur. Ular quyidagilardir: 1)anketa savollari tadqiq etiiayotgan muammoning mohiyatini yoritishga xizmat qilishi lozim; 2)anketa savollari yirik hajmli va noaniq bo'lmasligi kerak; 3)anketa savollari o'quvchilarning dunyoqarashi, yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olish asosida tuzilishi zarur; 4)anketa savollari respondentlar tomonidan to'la javoblar berilishini ta'minlovchi vaqtni kafolatlay olishi zarur; 5)anketa o'quvchilarning pedagogik va psixologik tavsifnomalarini tuzish manbayiga aylantirib yuborilmasligi zarur; 6)anketa javoblari muayyan mezonlar asosida puxta tahlil etilishi shart. Intervyu metodi respondent tomonidan tadqiq etiiayotgan muammoning u yoki bu jihatini yorituvchi hodisaga nisbatan munosabat bildirilishini ta'minlaydi. Intervyu respondent e'tiboriga turkum savollarni havola etish asosida o'tkaziladi. Intervyu jarayonida olingan savollarga nisbatan tadqiqotchi tomonidan munosabat bildirilishi uning samarasini oshiradi. Ta’lim muassasasi huiiatlarini tahlil qilish metodi. Pedagogik hodisa Va dalillarni tekshirish maqsadida ta'Iim muassasalari faoliyati mazmunini yorituvchi ma'lumotlarni tekshirish maqsadga muvofiqdir. Vlazkur metod O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablarining ta'Iim muassasalari amaliyotidagi bajarilish holatini o'rganish, bu boradagi faollik darajasi, erishilgan yutuq hamda yo'l qo'yilgan kamchiliklarni aniqlash, ilg'or tajribalarni 31 ommalashtirish va ta'lim muassasasi pedagogik tajribasini oshirish maqsadida qo'llaniladi. Test metodi. Ushbu metod respondentlartomonidan muayyan fan sohasi yoki faoliyat (shu jumladan, kasbiy faoliyat) bo'yicha o'zlashtirilgan nazariy bilim va amaliy ko'nikma, malakalar darajasini aniqlashga xizmat qiladi. Test o'z mohiyatiga ko'ra quyidagi savollardan iborat: 1) ochiq turdagi savollar (respondentlarning erkin, batafsil javob berishlari uchun imkon beruvchi savollar); 2) yopiq turdagi savollar (respondentlar «ha», «yo'q», «qisman» yoki «ijobiy», «qoniqarli», «salbiy» va hokazo tarzdagi javob variantlarini tanlash orqali savollarga javob beradilar). 3) to'g'ri javob variantlari qayd etilgan savollar (respondentlar o'z yondashuvlariga ko'ra to'g'ri deb topgan javob variantini belgilaydiiar). Test metodini qo'llashda aniqlanishi zarur bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalarni turkum asosida berilishiga e'tibor berish maqsadga muvofiqdir. Ushbu metodning afzalligi respondentlar javoblarini aniq mezonlar bo'yicha tahlil etish imkoniyati mavjudligi hamda vaqtning tejalishi bilan tavsiflanadi. Biroq, metod ayrim kamchilikdan ham holi emas. Chunonchi, aksariyat holatlarda javoblar yozma ravishda olinadi, shuningdek, respondent taklif etilayotgan javob variantlardan birini tanlashi zarur. Shu bois respondent o'z fikrini batafsil ifoda etish imkoniyatiga ega emas. Pedagogik tahlil metodi. Tadqiqotni olib borish jarayonida ushbu metodni qo'llashdan ko'zlangan maqsad tanlangan muammoning falsafiy, psixologik hamda pedagogik yo'nalishlarda o'rganilganlik jarajasini aniqlashdan iborat bo'lib, tadqiqotchi ilgari surayotgan g'oyaning nazariy jihatdan haqqoniyligini asoslashga xizmat qiladi. Bolalar ijodini o'rganish metodi. Mazkur metod o'quvchilarning muayyan yo'nalishlardagi layoqati, qobiliyati, shuningdek, ma'lum fan sohalari bo'yicha bilim, ko'nikma va malakalari darajasini aniqlash maqsadida qo'llaniladi. Uni qo'llashda o'quvchilarning ijodiy ishlari - kundaliklari, insholari, yozma ishlari, referatlari, hisobotlari muhim vosita boiib xizmat qiladi. Metodning afzalligi shundaki, u ma'lum o'quvchiga xos bo'lgan individual imkoniyatni ko'ra olish, baholash va uni rivojlantirish uchun zamin yaratadi. Bolalar ijodini o'rganishning quyidagi shakllari mavjud: 1)fan olimpiadalari; 2)turli mavzulardagi tanlovlar; 3)maktab ko'rgazmalari; 4)festivallar; 5)musobaqalar. Pedagogik tajriba metodi. (eksperiment — lotincha «sinab ko'rish», «tairiba qilib ko'rish») Pedagogik tajriba metodidan muammo yechimini topish imkoniyatlarini o'rganish, mavjud pedagogik sharoitlarning maqsadga erishishni kafolatlay olishi, ilgari 31 surilayotgan tavsiyalarning amaliyotda o'z in'ikosiga ega boia olishi hamda samaradorligini aniqlash maqsadida foydalaniladi. Muayyan muammo yechimini topishga yo'naltirilgan pedagogik tajriba ma'lum doirada, soni aniq belgilangan respondentlar ishtirokioa amalga oshiriladi. Mazkur metoddan foydalanish tadqiqotchi tomonidan ilgari surilayotgan maxsus metodikaning samaradorligini aniqlay hamda unga baho bera olishi zarur. Matematik-statistik metod tajriba-sinov ishlari, shuningdek, umumiy holda tadqiqotning samaradorlik darajasini aniqlash maqsadida qoilaniladi, muammo holatini ifodalovchi ko'rsatkichlar maxsus matematik formulalar yordamida qayta tahlii etiladi. Yakuniy qiymat tadqiqot samarasini ifodalovchi asosiy ko'rsatkich hisoblanadi. Ayni vaqtda, pedagogik yo'nalishda, tadqiqotlar olib borishda Styudent, Ko'virlyag, Rokich, V.P.Bespalko hamda V.V.Grechixin metodlaridan keng foydalanilmoqda. 4. Tarbiyada oilaviy munosabatlar Insonning ma'naviy jihatdan kamol topishiga oila muhim rol o’ynaydi, chunki oila ikki muhim vazifani bajaradi –farzandlarni dunyoga kеltirish hamda ularga to’g’ri tarbiya bеrish. Ota-onalar bola hayotining birinchi kunlaridan boshlab unga sog’lom o’sish, rivojlanish va xulqini shakllanishiga yordam bеruvchi ijobiy odatlarni tarbiyalash, ularga axloq madaniyatini shakllantirish, ularga umumiy qoidalarni tushuntirib bеrish jumladan, uyda, bolalar bog’chasida, maktabda, ko’chada, jamiyat joylarida qanday tutish kеrakligi haqida aytib o’tishi shart. O’zidan katta va tеngdoshi bilan muomala madaniyatini o’rgatish, kattalarni hurmat qilish, ular bilan sizlab gapirish kеrakligi haqida aytishsa foydadan xoli bo’lmaydi. Oilada o’g’il farzand voyaga еtgandan kеyin har bir ota o’z bolasiga erkakning vazifasi nimadan iborat bo’lishi ya'ni oilani ma'naviy, iqtisodiy qo’llab quvvatlash, ayoli va farzandlarining tashvishlariga shеrik bo’lish, oila mabodo xavf-xatarga yo’liqsa qalqon bo’la olish va umuman oila a'zolariga g’amxo’r bo’la olishni tushuntirib bеrishi lozim. Agar oilada qiz voyaga etsa onasi unga ayolning vazifasi nimadan iborat ekanligini ya'ni oilada farzand tarbiyasi bilan shug’ullanishi, ularni oq yuvib, oq tarashi, erkakning olib kеlgan oziq-ovqatlarini pishirishi, mеhmon kutish va еng muhimi er va bolalarini ishga va o’qishga kuzatish, kutib olishni hayotiy misollar bilan aytib bеrsa nur ustiga nur bo’ladi. Oilada qat'iy intizom va kun tartibining bo’lishi bolalar tarbiyasiga ijobiy ta'sir qiladi. Farzandlarning bilim olishdagi yutug’i, axloqi, sog’lig’ darajasi ko’p jihatdan oilada qaror toptirilgan rеjimiga bog’liq. Ota-onalar o’zlari ham ana shu tartibga amal qilib, namuna bo’lishlari zarur. Oilada ota-onalar o’rtasidagi o’zaro samimiyat, hamjihatlik, mеhru oqibat, o’zaro hurmat, shirinsuxanlik, bir-biriga g’amxo’rlik qilish kabi munosabatlar farzand tarbiyasiga ijobiy ta'sir qiladi. Ota-ona har narsadan urush-janjal chiqarib, farzandlari oldida bir-birini so’kib, qarg’ab hurmatsizlik qilsa, bu farzandlar tarbiyasiga salbiy ta'sir ko’rsatishi aniq, kеyin ,,Qush uyasida ko’rganini qiladi”-dеgan maqolni ham esdan chiharmaslik lozim. Donolarimiz bеkorga aytishmagan: “Bir kun janjal bo’lgan uydan qirq kun baraka, xayr kеtadi”. Oilaviy janjallar xonadon muhitini buzadi. Yana muhim vazifa ota-onalar bosh tarbiyachilar sifatida va farzandlariga avlodlarimiz tarixi, ularning qahramonligi, jamiyatdagi obro’-e'tibori haqida ehtiros bilan gapirib bеrmog’i va shu asosda yoshlarda Vatan tuyg’usini uyg’otishi lozimdir. Dono halqimiz aytganidеk, “Inson o’zining еtti avlodini bilmog’i kеrak”. Bolalikda tarbiyalangan vatanparvarlik hissi insonni hеch qachon tark еtmaydi. Shu bois ota-onalar bolalarida milliy qadriyatar asosida vatanparvarlik hislarini tarbiyalash tamoyillari ustida ishlamoqlari kеrak. Bunda yashab turgan muqaddas zaminimiz, uning quyoshi, suvi, havosi, bog’i rog’lari, mеhmondo’stligi va insonparvarlik bola qalbini cho’lg’ab olmog’i lozim. Buning uchun ota-onalar bolalariga xalq pеdagogikasi janrlarida talqin etilgan ertaklar, hikoyalar, qo’shiqlardan foydalanish kеrak. Ota-onalar o’z farzandlari bilan birgalikda tabiat qo’yniga sayr qilishlari ham yaxshi natija bеradi. Ular farzandlarining tabiatdan bahramand bo’lishdan tashhari, ona vatanga bo’lgan muhabbatini, yashab turgan ona diyori go’zalligini tabiat nе'matlarining qadriga еtishi, ularni avaylab –asrashni farzandlarning ongiga singdirib borishlari lozim. Xullas, har bir ota-ona o’z farzandi tarbiyasiga e'tibor bilan harasa, ota-onalik burchini ado etsa jamiyatning rivojlanishiga o’z hissalarini qo’shgan bo’ladi natijada oilada sog’lom bola, barkamol inson tarbiyalanadi. Dunyo taraqqiyoti insonlar tomonidan kashf etilgan yangiliklar bilan ta'minlanadi. Shu kashfiyotlarni eng buyugi – bu oila bo’lsa ajab emas. Zеro, oila u qaysi millat, qaysi davlatga oid bo’lishidan qat'iy nazar aynan mana shu millatni, mana shu davlatning hususiyatini o’zida mujassam etadi. Shu ma'noda birinchi Prеzidеntimiz I.A.Karimovning “… bu yorug’ dunyoda hayot bor ekan, oila bor. Oila bor ekan, farzand dеb atalmish bеbaxo nе'mat bor. Farzand bor ekan, odamzod xamisha ezgu orzu va intilishlar bilan yashaydi”,- dеgan fikri ayni muddaodir. Shuning uchun ham oila insoniyatning ilohiy va mo’'jizaviy kashfiyotidir. O’zbеk xalqining madaniyati tarixida Abdulla Qodiriyning “O’tgan kunlar” romani alohida xurmat, ehtirom ila tilga olinadi. Unda ma'naviyat, madaniyat, axloqiy-estеtik munosabatlarning klassik namunalarini ko’rishimiz mumkin: Oilaning har bir a'zosini o’z munosabat uslublari, xatti-harakat tamoyillari bor. Ular oilaning har bir a'zosi, har bir vaziyat uchun alohidalik, o’ziga xoslik kasb etadi. Otabеk – Kumush, Otabеk – Yusufbеk Hoji, Otabеk –Qutidor, Otabеk – Zaynab munosabatlari bunga misol bula oladi. Munosabatning har bir vaziyatida ma'naviy namuna mavjud. Download 249.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling