1-Amaliy mashg`ulot. Avtotraktor dvigatellarining mexanizmlari, tuzilishi va ishlashini o‘rganish


Download 65.7 Kb.
bet3/16
Sana12.10.2023
Hajmi65.7 Kb.
#1699964
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
1-Amaliy mashg`ulot. Avtotraktor dvigatellarining mexanizmlari, -fayllar.org (1)

Ish joyini tayyorlash: Buriladigan stendga o‘rnatilgan D-144, D-240, ZIL-
130 va A-01M dvigatellari, porshenlar, kompression va moy sidiruvchi halqalar,
porshen barmog‘i, shatunlar, o‘rganilayotgan dvigatellar kurgazmali qurollari,
porshen halqalarini va o‘rnatma halqani olish va o‘rnatish uchun maxsus moslama,
iskanjali dastgox, suv vannasi (porshen sig‘adigan), elektr pechkasi, porshen
halqalarini qisib uni silindrga o‘rnatish uchun mo‘ljallangan maxsus moslama,
shtangen-sirkul, kalitlar to‘plami, dinomometrli kalit, ko‘rsatmali karta va zarur
bo‘lgan adabiyotlar.
Ish mazmuni va uni bajarish tartibi. 
1. Buraladigan stendga o‘rnatilgan dvigateldagi birinchi silindrdagi porshen shatun
bilan birgalikda qo‘yidagi tartibda echib olinadi:
1.1. Tirsakli valni shunday burash kerakki, birinchi silindr porsheni pastki o‘lik
nuqtasida tursin.
1.2. SHatun qopqog‘ini mahkamlaydigan boltlarning shplintlarini echib, uning
gaykalarini maxsus kalit bilan echib oling.
1.3. SHatun pastki kallagining qopqog‘ini (uni asta–sekin bolg‘a bilan urib)
echib oling. Bunda shatunlarning va qopqoqdagi tartib bilan belgilangan belgilarga
e’tibor bering.
2.
Porshenni iskanjaga qisib uni qismlarga ajrating va undan o‘rnatma
halqalarini yassi ombir bilan sug‘urib oling, bolg‘a va sumba yordamida porshen
barmog‘ini chiqazib oling: maxsus moslama yordamida porshen halqalarini echib
oling.
3.
Oldindan tegishli adabiyotlar bilan tanishib chiqqandan keyin, tashqi
ko‘rinishini ko‘zdan kechirib va kurgazmali quroldagi rasmlar bilan solishtirib
porshen va uning halqalari porshen barmog‘i, o‘rnatma halqalar shatun va uning
podshipniklarining tuzilishini o‘rganib chiqing. Porshen halqalarining zichlanishga
ta’siriga va nasos holatda ishlashiga e’tibor bering.
Porshen zarur bo‘lgan yonish kamerasining shaklini va silindr ichki
qismining zichligini (germetikligini) ta’minlaydi, gazlarning bosimini shatunga
etkazib beradi. SHu sababli porshen materiali yuqori chidamlilikka ega bo‘lishi,
kam yoyiluvchan, juda engil bo‘lishi va tez sovishi zarur. Hozirgi zamon
dvigatellarida porshen alyuminiy qotishmasidan tayyorlanadi. D-240 dvigateli



porsheni qo‘yidagi elementlardan tashkil topgan: tagi, kallagi (zichlovchi qismi),


yo‘naltiruvchi qism (yubka) porshen halqalari uchun ariqchalar, babishka, (porshen
barmog‘i uchun), sovituvchi qism, yonish kamerasi, moy o‘tish uchun teshiklar,
o‘rnatma halqa uchun ariqchalar (babishkada).
Dizel dvigatellarida yonish kamerasining porshen kallagida joylashgan
yonilg‘i aralashmasi hosil bo‘lishi va yonish jarayonini yaxshilaydi.
SHu bilan birga dizel dvigateli porshenining mustaxkamligini va bikrligini
oshirish uchun uning ichki qismiga qalinlashgan yon devor va qobirg‘a qo‘yilgan.
To‘rt taktli karbyuratorli dvigatellarda (ZIL-130) tagi tekis bo‘lgan. T-simon
kesimga ega bo‘lgan porshen qo‘yiladi. Uning kallagiga cho‘yan halqa qo‘yilgan
bo‘lib, unga eng ko‘p yuklangan, eng yuqorida joylashgan kompression halqa
uchun ariqcha ochilgan.
Porshen kallagida va pastki qismida kompression (yuqorida) va moy
sidiruvchi halqalar (pastda) uchun ariqchalar qilingan. Moy sidiruvchi halqalar
belbog‘ida silindr yuzasidan yig‘ib olingan moyni o‘tkazib yuborish uchun bir
nechta teshiklar parmalanadi.
Dvigatel ishlaganda yongan gazlar ta’sirida porshen silindrga nisbatan
ko‘proq kengayadi va shu sababli uning qadalishi ro‘y beradi. Buning oldini olish
uchun silindr bilan porshen o‘rtasida tirqish qo‘yiladi. Lekin haddan tashqari katta
tirqish porshenning silindrga tegib, taqqilashini keltirib chiqazadi.

Download 65.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling