1-Amaliy mashg`ulot. Avtotraktor dvigatellarining mexanizmlari, tuzilishi va ishlashini o‘rganish
Download 65.7 Kb.
|
1-Amaliy mashg`ulot. Avtotraktor dvigatellarining mexanizmlari, -fayllar.org (1)
4-rasm. Kompression (a,b,v,g,d) va moy sidiruvchi halqalarning (e,j,z)
ko‘ndalang kesmi: 1-silendr oynasi; 2-halqa; 3-tekis halqalar; 4-o‘q bo‘yicha ishlaydigan kengaytirgich; 5,6,7-radial kuchaytrgich; a-to‘g‘ri to‘rtburchakli; b-konussimon; v- trapetsiya shakldagi; 2-o‘z-o‘zidan rostlanadigan (torsionli); d-bochka shaklidagi; e-qirg‘ishli; j,z-tarkibiy (po‘lat) moy sidirgich halqalar. Porshen yuqoriga yurganda esa halqa ariqchaning pastki devoriga siqiladi va halqa tepasidagi bo‘shliqqa radial tirqish orqali moy haydaladi. Bu jarayon davriy ravishda takrorlanadi va buning hisobiga moy yonish kamerasiga haydaladi. Moy sidiruvchi halqalarning ko‘ndalang kesimi shakllari 4-rasmda (e, j, z) berilgan. Bularning ichida j va z shakldagi halqalar o‘zoq muddat ishlaydi va silindr sirtiga yaxshi yopishib turadi, ish jarayonida moyning kam sarflanishini ta’minlaydi. Porshen halqalari oshirilgan miqdordagi fosfor qo‘shilgan va xrom, nikel yoki molibden (tarkibli moy sidiruvchi halqadan tashqari) aralashmasi qo‘shilgan va unga yumshoqlik, mustahkamlik va ishqalanishga chidamlilik xususiyatini beruvchi kulrang cho‘yandan tayyorlanadi. Eyilishga chidamlilikni oshirish va ish yuzasiga moslanishini tezlatish uchun porshen halqalarining yuzasi 0,01+0,1 mm qalinlikdagi xrom qatlami bilan (odatda tepadagi ikkita halqa) yoki qalay bilan qoplanadi. Porshen barmog‘i porshen bilan shatunni sharnirli ulash uchun xizmat qiladi. Hozirgi dvigatellarida porshen barmog‘i ishlash davrida porshen babishkalarida va shatunning yuqori kallagida erkin burila oladi, shuning uchun uni suzuvchi barmoq deyiladi va uning yuzasi kam eyiladi. Porshen barmog‘ining o‘q bo‘yicha siljishini chegaralash uchun babishkaga prujinali stopor (o‘rnatma) halqa yoki maxsus yumshoq materialdan qilingan cheklovchi qopqoq qo‘yiladi. Porshen barmog‘i yuqori uglerodli yoki ligerlangan po‘latdan tayyorlanadi va uning tashqi ish yuzasiga yuqori kuchlanishli tokida (TVCH) toblanadi (1-1,5 mm qalinlikda) va silliqlanadi. SHatun porshen bilan tirsakli vallni biriktiradi va porshenga tushadigan kuchni tirsakli vallga uzatadi. U katta qiymatdagi va turli yo‘nalishdagi zo‘riqish ta’sirida bo‘ladi, shu sababli, porshen mustahkam, bikr va engil bo‘lishi kerak. Uni uglerodli po‘latdan shtampovka qilinadi va so‘ngra mexanik hamda termik ishlov beriladi. Download 65.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling