1-Amaliy mashg`ulot. Avtotraktor dvigatellarining mexanizmlari, tuzilishi va ishlashini o‘rganish
Download 65.7 Kb.
|
1-Amaliy mashg`ulot. Avtotraktor dvigatellarining mexanizmlari, -fayllar.org (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Porshen va gilzalarni belgilash
3-rasm. Proshen guruxi:
1-porshen; 2-yo‘naltiruvchi qism; 3-zichlovchi qisim (porshen kallagi); 4-tagi; 5-yonish kamerasi; 6-kompression halqalar; 7-moy sidiruvchi halqalar; 8-o‘rnatma halqa; 9-porshen barmog‘i; 10-moy oqish teshigi; 11-moy sidiruvchi qirra; 12- vtulka; 13-vkladish; 14-shatunning pastki kallagi qopqog‘i; 15-shatun; 16-bolt. Porshen pastki qismi bilan silindr orasidagi tirqish 0,05-0,1 mm (agar porshen oval shaklida bo‘lsa yoki T-simon, P-simon kesimga ega bo‘lsa) 0,18+0,25 mm (agar porshen silindr shaklida bo‘lsa) bo‘ladi. Porshenning silindr bilan moslashib ishlashini yaxshilash maqsadida ZIL- 130 va GAZ-53 dvigatellari porshenining ishqalanadigan sirtiga (0,002+0,006 mm qilinadi) yupka qalay qatlami qoplanadi. Yig‘ish ishlarini osonlashtirish va silindr bilan porshen oralig‘idagi tirqishini (zazorni) saqlash maqsadida ularni porshen yo‘naltiruvchi qismi diametri bo‘yicha va massasi bo‘yicha saralanadi va maxsus belgi bilan belgilanadi. Silindr (gilza) va porshen yo‘naltiruvchi qismi diametri bo‘yicha ular uchta guruxga bo‘linadi. 1-jadval Porshen va gilzalarni belgilash Gilza Porshen Ulchami B B katta S S o‘rtacha M M kichik Bundan tashqari, porshenlar babishka diametri bo‘yicha yana ikkita guruxga bo‘linadi va qora, sariq (qizil) bo‘yoq bilan belgilanadi. Porshen halqalar vazifasiga ko‘ra kompression va moy sidiruvchi halqalarga bo‘linadi. Kompression halqalar porshen bilan silindr oralig‘ini zichlash uchun havoni va gazlarni silindrning yuqori qismidan pastki qismiga (karterga) va moylarni yonish kamerasiga o‘tkazmaslik uchun va porshenni sovitish uchun xizmat qiladi. Moy sidiruvchi halqalar silindr sirtidagi ortiqcha moylarni sidirib olish uchun zarur. Umuman karbyurator dvigatellari porshenida 2-3 ta, dizellarda esa 3-4 ta halqa qo‘yiladi. Kompression halqalar silindr oynasiga o‘zining elastikligi va porshen bilan halqa oralig‘idan o‘tayotgan gaz bosimi hisobiga qisiladi va bu erdagi mavjud bo‘lgan moy qatlami tufayli silindr bo‘shligida zichlanish hosil qiladi. Porshen halqasidagi qirqim qulf deb ataladi. Hozirgi zamon dvigatellari qulfining shakllari 5-rasmda ko‘rsatilgan. To‘g‘ri shakldagi qulflar eng ko‘p tarqalgan: bu kabi, to‘g‘ri stopor (qo‘zg‘almaydigan, o‘rnatma) vintli qo‘lf ikki taktli dvigatellarida ishlatiladi, buning sababi shundan iboratki, uchma-uch ulangan joy halqa yoyilishi bilan asta- sekin kengayib va halqa o‘z o‘qi bo‘yicha buralib kiritish va chiqazish oynalarigacha etib borishi va sinishi mumkin. Gazlarning halqa qulfidan o‘tib ketishini kamaytirish uchun ularni porshenda shunday o‘rnatish kerakki, toki qulflar bir-biridan 90-120 0 bilan joylansin. Bu paytda qulflar porshen sovutkichining qarama-qarshi tomonida joylanishi kerak. Kompression halqalar ko‘ndalang kesimi turli xil shakllarga ega (4-rasmga qarang). Tepadagi birinchi halqaning ko‘ndalang kesimi odatda to‘g‘ri to‘rtburchak shaklda bo‘ladi, bu karterga gazlarning o‘tishini kamaytiradi, keyingi halqalar konussimon (D-144, D-240), o‘z-o‘zidan buriladigan (ZIL-130) yoki trapetsiya shakldagi (T-4A) bo‘ladi. Ish davomida konussimon va o‘z-o‘zidan buriladigan (torsionli) halqalar silindr oynasiga butun yuzasi bilan emas, balki pastki uchi bilan tegadi. Bu esa halqaning silindrga tez moslanishiga olib keladi va moy sarfini kamaytiradi. Kundalang kesimi trapetsiya shaklda bo‘lgan halqalar (T-4A) porshen ariqchasida qo‘yindi ko‘p ajralib chiqqanda porshen ariqchalarida osilib qolish ehtimolini kamaytiradi va halqaning silindr devoriga tegib turishini yaxshilaydi. Porshen tepasidagi bo‘shliqqa moy sizishi kompression halqalarning nasos kabi ishlashiga sabab bo‘ladi, bu qo‘yidagiga sabab bo‘ladi, bu qo‘yidagiga sabab bo‘ladi. Porshen pastga qarab yurganda (5-rasm,2) halqa inersiya kuchi va silindr devoriga ishqalish tufayli ariqchaning yuqori devoriga siqiladi va halqa ostida hosil bo‘lgan tirqishga moy yig‘iladi. Download 65.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling