1-Amaliy mashg`ulot. Avtotraktor dvigatellarining mexanizmlari, tuzilishi va ishlashini o‘rganish
Download 87.34 Kb.
|
1-Amaliy mashg`ulot. Avtotraktor dvigatellarining mexanizmlari, -fayllar.org (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ish mazmuni va uni bajarish tartibi.
Ish joyini tayyorlash: Buriladigan stendga o‘rnatilgan D-144, D-240, ZIL-
130 va A-01M dvigatellari, porshenlar, kompression va moy sidiruvchi halqalar, porshen barmog‘i, shatunlar, o‘rganilayotgan dvigatellar kurgazmali qurollari, porshen halqalarini va o‘rnatma halqani olish va o‘rnatish uchun maxsus moslama, iskanjali dastgox, suv vannasi (porshen sig‘adigan), elektr pechkasi, porshen halqalarini qisib uni silindrga o‘rnatish uchun mo‘ljallangan maxsus moslama, shtangen-sirkul, kalitlar to‘plami, dinomometrli kalit, ko‘rsatmali karta va zarur bo‘lgan adabiyotlar. Ish mazmuni va uni bajarish tartibi. 1. Buraladigan stendga o‘rnatilgan dvigateldagi birinchi silindrdagi porshen shatun bilan birgalikda qo‘yidagi tartibda echib olinadi: 1.1. Tirsakli valni shunday burash kerakki, birinchi silindr porsheni pastki o‘lik nuqtasida tursin. 1.2. SHatun qopqog‘ini mahkamlaydigan boltlarning shplintlarini echib, uning gaykalarini maxsus kalit bilan echib oling. 1.3. SHatun pastki kallagining qopqog‘ini (uni asta–sekin bolg‘a bilan urib) echib oling. Bunda shatunlarning va qopqoqdagi tartib bilan belgilangan belgilarga e’tibor bering. 2. Porshenni iskanjaga qisib uni qismlarga ajrating va undan o‘rnatma halqalarini yassi ombir bilan sug‘urib oling, bolg‘a va sumba yordamida porshen barmog‘ini chiqazib oling: maxsus moslama yordamida porshen halqalarini echib oling. 3. Oldindan tegishli adabiyotlar bilan tanishib chiqqandan keyin, tashqi ko‘rinishini ko‘zdan kechirib va kurgazmali quroldagi rasmlar bilan solishtirib porshen va uning halqalari porshen barmog‘i, o‘rnatma halqalar shatun va uning podshipniklarining tuzilishini o‘rganib chiqing. Porshen halqalarining zichlanishga ta’siriga va nasos holatda ishlashiga e’tibor bering. Porshen zarur bo‘lgan yonish kamerasining shaklini va silindr ichki qismining zichligini (germetikligini) ta’minlaydi, gazlarning bosimini shatunga etkazib beradi. SHu sababli porshen materiali yuqori chidamlilikka ega bo‘lishi, kam yoyiluvchan, juda engil bo‘lishi va tez sovishi zarur. Hozirgi zamon dvigatellarida porshen alyuminiy qotishmasidan tayyorlanadi. D-240 dvigateli porsheni qo‘yidagi elementlardan tashkil topgan: tagi, kallagi (zichlovchi qismi), yo‘naltiruvchi qism (yubka) porshen halqalari uchun ariqchalar, babishka, (porshen barmog‘i uchun), sovituvchi qism, yonish kamerasi, moy o‘tish uchun teshiklar, o‘rnatma halqa uchun ariqchalar (babishkada). Dizel dvigatellarida yonish kamerasining porshen kallagida joylashgan yonilg‘i aralashmasi hosil bo‘lishi va yonish jarayonini yaxshilaydi. SHu bilan birga dizel dvigateli porshenining mustaxkamligini va bikrligini oshirish uchun uning ichki qismiga qalinlashgan yon devor va qobirg‘a qo‘yilgan. To‘rt taktli karbyuratorli dvigatellarda (ZIL-130) tagi tekis bo‘lgan. T-simon kesimga ega bo‘lgan porshen qo‘yiladi. Uning kallagiga cho‘yan halqa qo‘yilgan bo‘lib, unga eng ko‘p yuklangan, eng yuqorida joylashgan kompression halqa uchun ariqcha ochilgan. Porshen kallagida va pastki qismida kompression (yuqorida) va moy sidiruvchi halqalar (pastda) uchun ariqchalar qilingan. Moy sidiruvchi halqalar belbog‘ida silindr yuzasidan yig‘ib olingan moyni o‘tkazib yuborish uchun bir nechta teshiklar parmalanadi. Dvigatel ishlaganda yongan gazlar ta’sirida porshen silindrga nisbatan ko‘proq kengayadi va shu sababli uning qadalishi ro‘y beradi. Buning oldini olish uchun silindr bilan porshen o‘rtasida tirqish qo‘yiladi. Lekin haddan tashqari katta tirqish porshenning silindrga tegib, taqqilashini keltirib chiqazadi. Download 87.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling