1-Amaliy mashg`ulot. Avtotraktor dvigatellarining mexanizmlari, tuzilishi va ishlashini o‘rganish


Download 87.34 Kb.
bet5/16
Sana08.11.2023
Hajmi87.34 Kb.
#1757053
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
1-Amaliy mashg`ulot. Avtotraktor dvigatellarining mexanizmlari, -fayllar.org (1)

4-rasm. Kompression (a,b,v,g,d) va moy sidiruvchi halqalarning (e,j,z)
ko‘ndalang kesmi:
1-silendr oynasi; 2-halqa; 3-tekis halqalar; 4-o‘q bo‘yicha ishlaydigan
kengaytirgich; 5,6,7-radial kuchaytrgich; a-to‘g‘ri to‘rtburchakli; b-konussimon; v-
trapetsiya shakldagi; 2-o‘z-o‘zidan rostlanadigan (torsionli); d-bochka shaklidagi;
e-qirg‘ishli; j,z-tarkibiy (po‘lat) moy sidirgich halqalar.
Porshen yuqoriga yurganda esa halqa ariqchaning pastki devoriga siqiladi va
halqa tepasidagi bo‘shliqqa radial tirqish orqali moy haydaladi. Bu jarayon davriy
ravishda takrorlanadi va buning hisobiga moy yonish kamerasiga haydaladi.
Moy sidiruvchi halqalarning ko‘ndalang kesimi shakllari 4-rasmda (e, j, z)
berilgan. Bularning ichida j va z shakldagi halqalar o‘zoq muddat ishlaydi va
silindr sirtiga yaxshi yopishib turadi, ish jarayonida moyning kam sarflanishini

ta’minlaydi.


Porshen halqalari oshirilgan miqdordagi fosfor qo‘shilgan va xrom, nikel
yoki molibden (tarkibli moy sidiruvchi halqadan tashqari) aralashmasi qo‘shilgan
va unga yumshoqlik, mustahkamlik va ishqalanishga chidamlilik xususiyatini
beruvchi kulrang cho‘yandan tayyorlanadi.
Eyilishga chidamlilikni oshirish va ish yuzasiga moslanishini tezlatish uchun
porshen halqalarining yuzasi 0,01+0,1 mm qalinlikdagi xrom qatlami bilan (odatda
tepadagi ikkita halqa) yoki qalay bilan qoplanadi.
Porshen barmog‘i porshen bilan shatunni sharnirli ulash uchun xizmat qiladi.
Hozirgi dvigatellarida porshen barmog‘i ishlash davrida porshen babishkalarida va
shatunning yuqori kallagida erkin burila oladi, shuning uchun uni suzuvchi barmoq
deyiladi va uning yuzasi kam eyiladi.
Porshen barmog‘ining o‘q bo‘yicha siljishini chegaralash uchun babishkaga
prujinali stopor (o‘rnatma) halqa yoki maxsus yumshoq materialdan qilingan
cheklovchi qopqoq qo‘yiladi.
Porshen barmog‘i yuqori uglerodli yoki ligerlangan po‘latdan tayyorlanadi
va uning tashqi ish yuzasiga yuqori kuchlanishli tokida (TVCH) toblanadi (1-1,5
mm qalinlikda) va silliqlanadi.
SHatun porshen bilan tirsakli vallni biriktiradi va porshenga tushadigan kuchni
tirsakli vallga uzatadi. U katta qiymatdagi va turli yo‘nalishdagi zo‘riqish ta’sirida
bo‘ladi, shu sababli, porshen mustahkam, bikr va engil bo‘lishi kerak. Uni uglerodli
po‘latdan shtampovka qilinadi va so‘ngra mexanik hamda termik ishlov beriladi.

Download 87.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling