1-amaliy mashg’ulot. Fanning maqsad va vazifalari. Me’yoriy xujjatlar turlari va toifalari. Faning maqsadi va vazifalari


Download 0.97 Mb.
bet25/50
Sana25.01.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1122385
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   50
Bog'liq
Texnik xujjatlarni taqdim qilish Amaliyot



10-Amaliy mashg’ulot. ME’YORIY HUJJATLARNI JORIY ETISH, MONITORING QILISH, DOLZARBLIKKA TEKSHIRISH, O‘ZGARTIRISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH, BEKOR QILISH VA QAYTA NASHR ETISH




Me’yoriy hujjatlarni joriy etish tartibi.
Me’yoriy hujjatda, o‘zining qo‘llanish doirasiga muvofiq, o‘rnatilgan talablarning bajarilishini ta’minlaydigan tashkiliy-texnik tadbirlarni amalga oshirish, boshqacha gapirganda, me’yoriy hujjatni joriy etish uni amalga kiritish sanasigacha tugallangan bo‘lishi lozim. Ya’ni meyoriy hujjat yuridik kuchga ega va unga rioya qilish majburiy bo‘lgan sanagacha joriy etilgan bo‘lishi lozim.
Me’yoriy hujjatni joriy etish O’z DSt 1.14:1999 “O‘z SDT. Me’yoriy hujjatlarni joriy qilish tartibi” davlat standartining talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Me’yoriy hujjat, agar unda o‘rnatilgan talablarga rioya qilinsa, joriy qilingan deb xisoblanadi. Bundan quyidagi muhim xulosa chiqadi: agar me’yoriy hujjat amalga kiritilgan sanadan keyin mahsulot (xizmatlar, jarayonlar, ishlar) o‘rnatilgan talablarga muvofiq kelmasa, me’yoriy hujjatga rioya qilinmagan deb hisoblanadi. Bunday holda tadbirkor sub’ekt qonunda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Me’yoriy hujjat loyihasini manfaatdor tashkilotlar ishtirokida ishlab chiqish bilan bir vaqtda me’yoriy hujjatning joriy etilishini ta’minlovchi asosiy tadbirlar rejasining loyihasi ham ishlab chiqiladi. Tadbirlar rejasining loyihasi bajaruvchilar va manfaatdor tashkilotlar bilan kelishiladi. Tadbirlar rejasining oxirgi tahriri va tasdiqlangan me’yoriy hujjat bajaruvchilarga va manfaatdor tashkilotlarga jo‘natiladi.
Bular asosiy tadbirlar rejasi asosida bajaruvchilar (kichik bo‘limlar, xizmatlar, bo‘linmalar, sexlar va b.) ga muayyan topshiriqlar ko‘rsatilgan tadbirlar rejasini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
Me’yoriy hujjatlarni joriy qilish bo‘yicha ishlarning tugallanganligi tadbirkor sub’ekt komissiyasi tomonidan buyurtmachi (asosiy iste’molchi) ishtirokida joriy qilinganlik to‘g‘risida dalolatnoma tuzib rasmiylashtiradi. Me’yoriy hujjatning joriy qilinganligini xizmat xati, yoki me’yoriy va texnik hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritish bilan rasmiylashtirish ruxsat etiladi.



Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling