1-amaliy mashg’ulot «Industrial iqtisodiyot»


Download 9.63 Kb.
Sana30.01.2023
Hajmi9.63 Kb.
#1140806
Bog'liq
1-amaliy mashgulot (1)


1-amaliy mashg’ulot
1.«Industrial iqtisodiyot» fani nima uchun o‘qitiladi?
Bu fan jamiyatning iqtisodiy qonunlari va zaruriy qoidalari sanoat va uning tarmoqlari hamda qurilish sohasida namoyon bo’lishi, ro’y berishini, tuzilmaviy o’zgarishlar falsafasini, boshqarishning ilmiy asoslarini, rejalashtirish va prognozlash metodikasini o’rganadi.
2.«Industrial iqtisodiyot» fanining ob'ekti deganda nimalarni tushunasiz?
Industrial iqtisodiyot fanining obyekti sanoat korxonalari va qurilish sohasi hisoblanadi.
3.«Industrial iqtisodiyot» fani yordamida qanday qonunlar va qonuniyatlar o‘rganiladi?
Ushbu fan yordamida sanoatning vujudga kelishi va rivojlanish muammolari bo’yicha hozirgi nazariya, milliy va xorijiy mamlakatlar iqtisodchilarining ilmiy asarlari, davlat qonunlari va prezident farmonlaridan foydalanishni taqazo etadi. Iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari hisoblanga sanoat va qurilishda ro’y beradigan barcha hodisa va o’zgarishlarni tadqiq etish anchaina murakkab jarayondir. U jonli mushohadadan abstrakt tafakkurga va undan amaliyotga, ya’ni – haqiqatni bilishning, obyektiv reallikni tan olishning dialektik yo’lidan foydalanish kerak
4.«Industrial iqtisodiyot» fani qanday fanlar bilan chambarchas bog‘liq?
Bu fan bir qator iqtisodiy fanlar bilan chambarchas bog’liq, ular jumlasiga Iqtisodiy nazariya, makro va mikroiqtisodiyot, statistika, marketing va menejment, buxgalteriya hisobi va audit, moliya-kredit va bozor iqtisodiyoti kabi fanlar bilan aloqador. Korxona iqtisodiyoti fani bilan bog’liqlik joyi sanoat va uning alohida tarmoqlarining moddiy-texnika va mehnat salohiyatidan to’la-to’kis foydalanish imkoniyatlarini qidirib topish uchun mehnat jamoasiga iqtisodiy ta’sir ko’rsatishning yangidan-yangi usullarini topishda mahorat va ishning ko’zini bilishda yordam beradi.
5.Jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizasiyalash va isloh qilish ushbu fan oldiga qanday vazifalar qo‘yadi?
Industrial iqtisodiyot fanining vazifalari:
Sanoat ishlab chiqarishi hamda uning bo’g’inlarida bu siyosatni amalga oshirishning yo’l-yo’riqlarini to’la anglash;
Sanoat ishlab chiqarishining va qurilishning holati va rivojlanish xususiyatlarini o’rganish, tahlil etish va uning istiqbolli belgilarini belgilash;
Sanoat sohasida tashqi iqtisodiy faoliyat mohiyatini, ahamiyati va mazmunini sanoat ishlab chiqarish va qurilish bo’yicha o’zaro hamkorlik va integratsiya ro’lini tushintirib berishdan ham iborat;
Sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun ketgan xarajatlar tizimi, mahsulot tannarxi, narxlarning shakllanishini kuzatib borish va to’g’ri tashkillashtirishdan iborat;
Download 9.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling