1-amaliy mashg’ulot: jismоniy yuklаmаlаrgа mоslаshishi (аdаptаtsiya) vа оrgаnizmning zаhirа imkоniyatlаri amaliy mashg’ulot maqsadi
Kislorod qarzi va organizmning energetik zaxiralarining tiklanishi
Download 66.31 Kb.
|
12FFFF
Kislorod qarzi va organizmning energetik zaxiralarining tiklanishi.
Mushak ishi jarayonida organizmning kislorod zaxirasi, fosfagenlar (ATF va KrF), uglevodlar (mushaklar va jigarning glikogeni, qon glukozasi) va yog‘lar sarflanadi. Ish tugagandan keyin ular tiklanadi. Yog‘lar bundan mustasno, ular tiklanmasligi ham mumkin. Organizmda ishdan keyin sodir bo‘ladigan tiklanish jarayonlari, o‘zining energetik holati kislorodni yuqori darajada (ishdan oldingi holat bilan taqqoslanganda) qabul qilishida — kislorod qarzida ko‘rsatadi. A. Xillning (1922) o‘ziga xos nazariyasiga ko‘ra, kislorod qarzi —bu, ishdan oldingi tinch holatda kislorodni ko‘p sarflaydi. U, organizmni ishdan oldingi holatigacha tiklanishi uchun, uni energiya bilan ta’minlaydi, bu jarayon, ish paytida sarflangan energiya zaxiralarini tiklash va sut kislotasini yo‘qotish bilan birga sodir bo‘ladi. Ishdan keyin kislorod qabul qilish tezlik eksponensial ravishda pasayadi: birinchi 2—3 daqiqa davomida juda tez (tezkor, yoki alaktatli, kislorod qarzi komponenti), keyin esa sust (sekin, yoki laktatli, kislorod qarzi komponenti), ishdan oldingiga yaqin bo‘lgan doimiy kattalikka erishgunga qadar (30—60 daqiqa). Quvvati MKI dan 60% gacha bo‘lgan ishdan so‘ng, kislorod qarzi, kislorod defitsitidan uncha ko‘p bo‘lmaydi. Murakkab mashqlardan keying kislorod qarzi, kislorod defitsitidan ancha katta bo‘ladi, ishning quvvati qancha katta bo‘lsa, u ham, shuncha katta bo‘ladi (2.14-rasm). O2 qarzining tez (alaktatli) komponenti, asosan ish vaqtida sarflangan ishchi mushaklardagi yuqori energetik fosfagenlarning O2 ni sarflagan holda tez tiklash bilan hamda venoz qonda O2 ning normadagi miqdorini tiklash va mioglobinni kislorodga to‘yinishi bilan bog‘liq. O2 qarzining sust (laktatli) komponenti, ko‘pgina omillarga bog‘liq. U, ko‘p darajada, laktatni qondan va to‘qima suyuqliklaridan yo‘qotishi bilan bog‘liq. Bu holatda, kislorod, qonning laktatidan glikogenni resintezini (asosan, jigarda va qisman buyraklarda) va yurak va skelet mushaklarida laktatning oksidlanishini ta’minlovchi oksidlanish reaksiyalarida ishlatiladi. Bundan tashqari, uzoq muddat kislorod qabul qilishining, tiklanish davrida nafas va yurak-qon tomir tizimlarining aktiv faoliyatini, moddalar almashinuvining tezligiga va boshqa jarayonlarga bog‘liq. Ya’ni, simpatik asab va gormonal tizimning uzoq muddat saqlanadigan yuqori faolligi, tiklanishning butun davrida sust pasayadigan, yuqori tana harorati bilan belgilanadigan jarayonlar bilan bog‘liq. Download 66.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling