1-amaliy mashg’ulot: jismоniy yuklаmаlаrgа mоslаshishi (аdаptаtsiya) vа оrgаnizmning zаhirа imkоniyatlаri amaliy mashg’ulot maqsadi


Download 66.31 Kb.
bet2/25
Sana13.02.2023
Hajmi66.31 Kb.
#1194486
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
12FFFF

Issiqlikka adaptatsiya
Sauna — toliqishga qarshi kurashishning yaxshi vositasi hisoblanadi, u, jismoniy ishchanlik qobiliyatini tez tiklaydi, ortiqcha vazndan qutilishga yordam beradi shamollashni oldini oladi. Uning ta’siri ostida yurak-qon tomir, nafas va mushak tizimlarida ancha katta ijobiy o‘zgarishlar sodir bo‘ladi, mikrotsirkulatsiya, moddalar almashinuvi, qonning qayta taqsimlanishi yaxshilanadi, oksidlanish-tiklanish jarayonlari kuchayadi, ter ajralishi va ter bilan metabolizm mahsulotlarining
(mochevina, sut va pirouzum kislotalari va b.) chiqarilishi kuchayadi, mushak tonusi pasayadi. Sauna, teri funksiyalarini yaxshilanishiga, qon tomirlarini trenirovkasiga va himoyalanish mexanizmlarini rag‘batlantirishga yordam beradi. Rinit, bronxit, o‘tkir respiratorvirusli
infeksiyalar, osteoxondroz, radikulit, miozit va boshqa kasalliklar paytida, davolash vositasi sifatida saunaga tushish tavsiya qilinadi.
Saunadagi termoregulatsiya harorat va namlik bilan yaqindan bog‘liq. Saunada suv-tuz, kislotali-ishqorli muvozanat va termik gomeostazning o‘zgarishlari sodir bo‘ladi. Nafas olish pasayadi va
chuqur bo‘ladi. Saunaga 2—3 marta 5—10 daqiqa kirish tavsiya qilinadi.
Kislorodli vannalar. Bunda, vannadagi suv ballondagi kislorod bilan 1,5 atmosferadan to 2,5 atmosfera bosim ostida to‘yintiriladi. Bu usul, mashq qilingandan keyin sport ishchanlik qobiliyatitni
tiklash uchun, tayanch-harakat apparatining surunkali jarohatlari va xastaliklari paytida va boshqalarda qo‘llaniladi. Suvning harorati 35—36°C, vanna qabul qilish davomiyligi 10—15 daqiqa.
Gipertermik vannalar. Ortiqcha yuklamalar va jarohatlar yuzaga kelishini oldini olish maqsadida tayanch-harakat apparatining me'yorida funksiya qilishi uchun, suvning harorati 39—43°C bo‘lgan umumiy, o‘tirib va oyoqlarni solib qabul qilinadi. Gipertermik vannalar ko‘pincha turli dorilar qo‘shish bilan qabul qilinadi. Muolajaning davomiyligi 5—7 daqiqa.
Kuzgi-qishki davrda hamda mashq qilishlardan keyin mushaklarni cho‘zish va yumshatishga qaratilgan mashqlar bajarishni kiritish zarur.
Ulardan so‘ng gipertermik vannalar qabul qilish amalga oshiriladi. O‘tirib qabul qilinadigan gipertermik vannalar profilaktik va davolash maqsadlarida amalga oshiriladi.
Oyoqlar uchun gipertimik vannalarni yuguruvchilar, sakrovchilar, konkida yuguruvchilar va boshqa sportchilar mashq qilish vaqtida qabul qiladi. Bunday vannalar, ayniqsa yuguruvchi-stayerlar uchun foydalidir.



Download 66.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling