1-amaliy mashg’ulot: jismоniy yuklаmаlаrgа mоslаshishi (аdаptаtsiya) vа оrgаnizmning zаhirа imkоniyatlаri amaliy mashg’ulot maqsadi
Download 66.31 Kb.
|
12FFFF
Razminka
Razminka maxsus tanlangan jismoniy mashqlar kompleksi bo`lib, u harqanday sport mashqi va sport musobaqasida o`tkaziladi. Razminka mashqlari sportchi organizmining funktsional imkoniyatlarini oshiradi, uni bo`ladigan ishga tayyorlaydi, maksimal ish qobilyatining Yuzaga kelishi uchun sharoit yaratadi. Jismoniy tarbiya darsida, kirish qismining o`tkazilishi, ish kuni boshlanishi oldidan gimnastika mashqi o`tkazishini ham shu maqsadga asoslangandir. Organizmning funktsional sistemalari, ayniqsa vegetativ organlar kishi ishga kirishgan hamono birdaniga eng Yuqori darajada ishlay olmaydi. Organlar ishi maksimal darajaga ko`tarilishi uchun ma`lum vaqt talab qilinadi, shundan keyingina ishga to`liq kirishib ketiladi. Razminka mashqlari organizmning sistemalari ishini kuchaytirish, rivojlantirish bilan birga uning ishga kirishib ketish vaqtini qisqartiradi, ya`ni organizm ishga tezroq kirishib ketadi. Razminka mashqlari ta`sirida markaziy asab sitemasining qo`zg`aluvchanligi optimal holatgacha ko`tariladi. Moddalar, gazlar almashinuvi asta-sekin kuchayadi, oksidlanish va qaytarilish reaktsiyalari tezlashadi. Depolardan qon aylanish sistemasiga qon chiqishi natijasida, uning tarkibidagi qon tanachalarining soni ortishi, gemoglabin miqdori ko`payadi, nafas sistemalarining fnuktsional holati kuchayadi, ter bezlarining ishi ortadi, asab sistemasi va harakat reaktsiyasining vaqti qisqaradi, mashq Yuqori darajada moxirlik katta kuch, Yuqori tezlik, chaqqonlik va chidamlik bilan bajariladi. Razminka mashqlarining organizmga ta`siri bajariladigan mashqlar harakteriga, sport turiga, sportchining jismoniy chiniqqanligiga, ob-havo sharoitlari sportchining individual xususiyatlari kabi bir qancha omillarga bog`liq bo`ladi. Shuning uchun ham razminka muddati va qanday mashqlar kompleksidan tashkil topishi sportchining individual xususiyatlariga (qanday) qarab tanlanishi kerak, ayniqsa, ma`lum sport turi bo`yicha o`tkaziladigan mashq va musobaqalar oldidan razminka o`tkazish bunga katta ahamiyat berish lozim bo`ladi. Razminka 2 turga ajratiladi: Umumiy razminka va maxsus razminka. Umumiy razminka organizmning umumiy ish qobilyatini oshirishga qaratilgan bo`lib asosan vegetativ funktsiyalarni kuchaytirishi bilan ifodalanadi. Download 66.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling