5-amaliy mashg’ulot: KUCH-QUVVATNI TIKLASH VOSITALARI. SPORTCHILARNING JISMONIY ISH QOBILIYATI
Amaliy mashg’ulot maqsadi:
Amaliy mashg’ulot davomida sport bilan shug’ullanuvchilarning jismoniy mashg’ulotlar bajarishda yo’qotilgan kuch-quvvatini tiklash hamda charchoqni oldini olish maqsadida kuch-kuvvatni tiklovchi vositalarni tibbiyot ko’rsatmalari asosida qo’llashni o’rgatish.
Amaliy mashg’ulot rejasi:
1. Sportda tiklanish sistemasi haqida tushuncha
2. Qayta tiklash vositalarining tasnifi
3. Oqsil moddalar
4. Farmakologik tiklash vositalari
5. Fizikaviy tiklash vositalari
Amaliy mashg’ulot borishi
Sportda tiklanish sistemasi haqida tushuncha
Sportda kuch-quvvatni tiklash vositalarining qo‘llanishi metodikasi sport kursida qarab chiqiladi. Gigiyenik nuqtai nazardan olganda, bunday tiklanish vositalarini qo‘llash vaqtida muayyan tartib-qoidalarga rioya etish lozim. Shunday qilish kerakki, bu tadbirlar salomatlikni mustahkamlashga yordam beradigan bo‘lsin.
Haddan tashqari charchab qolishini oldini olish va toliqishga barxam berish uchun kuch-quvvatni tiklash vositalaridan foydalanish sportda ana shu vositalarni ratsional tarzda qo‘llanishning asosiy sharti hisoblanadi: jismoniy mashqlardan keyingi charchoqni yo‘qotish yoki kamaytirish kerak emas, chunki bu trenirovka ta’siri ostida paydo bo‘ladigan va mahoratni oshiridigan funksional va struktura o‘zgarishlari uchun zarur bo‘lgan faktor hisoblanadi. hujayra va xujayrachalar darajasida olganda bu jarayonning mo‘iyati shundan iboratki. Charchoq hujayraning genetik apparatini aktivlashtirish uchun stimul bo‘lib, u muskul hujuyralari funksional potensiali (mitoxondriya, mioglobin)ni belgilovchi strukturalar xosil bo‘lishining ko‘payishiga olib keladi. Charchoqsiz maxoratni o‘stirib xam bo‘lmaydi. Faqat umumiy toliqish yoki qisman toliqishni ketkazish uchungina kuch-quvvatni tiklovchi vositalarni qo‘llash lozim. Olib borilgan maxsus tadqiqotlar shu ko‘rsatadiki, normal (toliqish darajasida bo‘lmagan) charchish vaqtida qilingan qisqav muddatli massaj (qisqartirilgan variant bo‘yicha massaj) ancha uzoq muddat qilingan massaj (to‘liq variant)ga qaraganda sportchilarni tayyorlashga yaxshiroq ta’sir ko‘rsatadi (Ya.S. Vaynbaum, N.A. Petuxov) quyidagilar sportda kuch-quvvatni tiklash vositalarini qo‘llashning asosiy vazifasi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |