Toliqish turlari
Mushak toliqishining uchta asosiy mexanizmi quyidagilardan iborat: 1) energetik resurslarning tugashi; 2) energetik moddalarning parchalanishi oqibatida to‘planadigan mahsulotlar bilan iflos bo‘lish yoki zaharlanish; 3) kislorodning yetarlicha kelmasligi tufayli bo‘g‘ilish. Hozirgi vaqtda, turli mashqlarni bajarish paytida, ushbu mexanizmlarning toliqishni rivojlanishidagi roli aniqlangan. Anaerob mashqlarni, ayniqsa maksimal va maksimalga yaqin quvvatga ega mashqlarni bajarish paytidagi mushak toliqishini rivojlanishida, mushaklar ichidagi fosfagenlar zaxirasining tugashi o‘ta muhim rol o‘ynaydi (2.11, A-rasm). Ularni bajarishning yakunida ATF miqdori dastlabki darajasidan 30—50%, KF esa — 80—90% kamayadi.
Ushbu mashqlar uchun fosfagenlar yetakchi energetik substrat bo‘lib xizmat qilganligi tufayli, ularning tugashi mushak qisqarishlarining talab qilinadigan quvvatini qo‘llab turish imkoniyatini yo‘qolishiga olib keladi.
Yuklamaning quvvati qanchalik past bo‘lsa, ishchi mushaklardagi fosfagenlarning miqdori, ishning yakuniga kelib shunchalik kam pasayadi (2.11, B-rasm) va bu pasayish, mushak toliqishining rivojlanishida shunchalik kam rol o‘ynaydi. Aerob mashqlarni bajarish paytida mushak ichidagi fosfogenlar zaxirasi kamayadi yoki u, juda oz miqdorda kamayadi, shuning uchun, bu mexanizm mushak toliqishining rivojlanishida hech qanday rol o‘ynamaydi.
7-amaliy mashg’ulot: SPORTCHILARDA UCHRASHI MUMKIN BO’LGAN POTOLOGIK O’ZGARISHLAR HAQIDA TUSHUNCHA
Amaliy mashg’ulot maqsadi:
Amaliy mashg’ulot davomida sport bilan shg’ullanish davrida sportchi organizmida har hil potologik o’zgarishlar yuzaga kelishi mumkinligini, oldini olish maqsadida potologik holat va uni oldini olish chora-tadbirlarini o’rganish.
Amaliy mashg’ulot rejasi:
1. Umumiy patologiya haqida tushuncha.
2. Sport patologiyasi va uning sabalari.
3. Nozologiya va uning patologiyadagi ahamiyati
Do'stlaringiz bilan baham: |