1-amaliy mashg‘ulot Mavzu: Gistologik preparatlarni tayyorlash usullari. Ishning maqsadi


Download 107.47 Kb.
bet4/5
Sana15.02.2023
Hajmi107.47 Kb.
#1200681
1   2   3   4   5
Bog'liq
1 Amaliy mashg\'ulot

5. Quyish. Gistologik preparatlar tayyorlashda to‘qimalarni para­fin yoki stelloidinga quyish ham asosiy bosqichlardan biri hisoblanadi. Yaxshi quyilmagan preparatlar, yomon kesiladi va bo‘yaladi. Quyish materiallari sifatida parafin, stelloidin va boshqalardan foydalanish mumkin. Parafinga quyish laboratoriyalarda keng tarqalgan. Bu to‘qimalarga bir tekisda yaxshi singib tez, yani 1-2 kunda preparat tayyorlash imkonini beradi. Sitologiya, gistologiya va embriologiyadan preparatlar tayyorlash maqsadlarida undan foydalanish mumkin. Parafinning asosiy kamchiligi shundan iboratki, u ayrim to‘qimalarni haddan tashqari burishtirib yuboradi. Shuning uchun tarkibida suvi ko‘p va yumshoq to‘qimalardan preparat tayyorlayshda boshqa quyish moddalaridan foydalanish lozim.
6. Kesish. To‘qimalarni kesishda mikrotomdan foydalaniladi (1-rasm). Buning uchun to‘qimalar parafinda yetarli darajada qotirilgandan so‘ng, bo‘lakchalar atrofi parafin bilan o‘ralgan holda kesib olinadi va kichik yog‘ochdan yasalgan kubchalarga o‘rnatiladi, so‘ng parafin bilan qotirib qo‘yiladi. Kesish uchun to‘qima yopishtirilgan kubik mikrotomni blok tutgichga o‘rnatib mahkam siqib qo‘yiladi. Kerakli qalinlikda mikrotom pichog‘i o‘rnatiladi va kesa boshlanadi. Bunda parafin yumshoq bo‘lsa, kesmalar burishib qolishi mumkin, u holda to‘qima o‘rnatilgan blokdagi parafinni biroz sovitish kerak. Buning uchun, xolodilnikdagi tayyor muzlardan foydalanish mumkin. Parafin haddan tashqari qattiq bo‘lsa, kesmalar maydalanib ketadi va yirtilib yoki buralib chiqadi. Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun kesmalarni birmuncha yupqaroq qilib olish va blok yoniga elektr lampani yoqib qo‘yish kerak. Ba’zan kesma­lar mikrotom pichog‘iga yopishib qoladi, bunday hollarda kesmaga bir yoki ikki tomchi suv tomizib nina bilan asta-sekin so‘rib olinadi. Yaxshi chiqqan kesmalarni kistochka yoki preparovka ninasi yordamida mikrotom pichog‘idan olinadi va asta 40° atrofida ilitilgan suvga solinsa, kesmalar darrov to‘g‘rilanib, rostlanadi. To‘qimadan kerakli miqdorda kesmalar olinganidan so‘ng preparat tayyorlashning navbatdagi bosqichiga o‘tiladi.


Download 107.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling