1-Amaliy mashg‘ulot Mavzu: kirish. О‘zbek tili – О‘zbekiston respublikasining davlat tilidir
IV. SO‘Z TANLASH VA QO‘LLASH MEYORLARI
Download 0.62 Mb.
|
Давлат тилида иш юритиш
- Bu sahifa navigatsiya:
- 15- topshiriq.
- 16- mashq.
IV. SO‘Z TANLASH VA QO‘LLASH MEYORLARI
15- mashq. Gaplarni o‘qing, noo‘rin ishlatilgan so‘zlarni to‘g‘rilari bilan almashtirib, gaplarni ko‘chiring. 1. Yigitcha raso charchagan ekanmi, ovqat yeb darrov uxlab qoldi. 2. Ko‘lning zilol suvida tonggi quyosh nurlari toblanmoqda edi. 3. Asl shoyidan tikilgan kuylak bu qomatdor qizga yoqishini bildi. 4. Ishimiz shunday suratda davom etsa, qurilishni bay-ramgacha tugatamiz. 5. Qara, o‘g‘lim, eshikka bir inson keldi. 6. Cho‘pon ozg‘in qo‘ylarni yaylovga haydab, o‘z makoniga qaytib keldi. 7. Nachalnikka uchrashsam, sudga davo qilishingiz mumkin, dedi. 15- topshiriq. Matnni o‘qing. Yozuvchining fikrlariga munosabat bildirib, so‘z qo‘llashning ahamiyatini asoslang. Gap shundaki, hozirgi vaqtda, tilimizning boyligini, uning qochiriqlarini o‘rganishga eringan, so‘z san’atiga hunar deb emas, kasb deb qaraydigan, bisotidagi bir hovuch so‘zni yillar davomida aylantirib kun ko‘rib yurgan bir turkum qalam ahlining «faoliyati», chala mulla ba’zi olimlarning «ilmiy xulo-sa»lari natijasida ajib bir til bunyodga kelgan. Bu tilda hech kim gapirmaydi, zotan gapirish mumkin ham emas, faqat yozib o‘qib berish mumkin. Bu tilda yozilgan narsani bir qiyomda o‘qimasdan ham iloj yo‘q. Bu tilning hech qayerga yozilmagan, lekin amalda joriy bo‘lgan temir qonuniga ko‘ra «yaxshi ovqat yedim!» deb yozib bo‘lmaydi, albatta, «sifatli ovqatlandim» deb yozish shart! «Papiros chekadigan kishi gugurtini olib yurishi kerak» deb yozish to‘g‘ri emas. «Papiros chekish odatiga ega bo‘lgan kishi o‘zini tegishli gugurt bilan ta’minlab yurishi kerak» deb yozilsa to‘g‘ri bo‘ladi! Bu tilda latifa aytib bo‘lmaydi, yozib bo‘lmaydi! Bu tilda hazilga, maqolga, matalga, ajoyib xalq iboralariga o‘rin yo‘q. Bu til har qanaqa jonli fikrga kafan kiygizadi, har qanaqa o‘ynoqi mazmunni taxtaga tortadi, har qanaqa lektorni g‘urbatning uyasiga, har qanaqa auditoriyani o‘lik chiqqan hovliga aylantiradi! Adabiy tilda mavjud bo‘lib, shu tilda gaplashuvchilarga tushunarli bo‘lgan so‘zni qo‘llash nutqning muhim meyorlaridan sanaladi. So‘zni to‘g‘ri qo‘llashda quyi-dagilarni e’tiborga olish lozim: so‘zning nutqda ortiqcha takrorlanishiga yo‘l qo‘y-maslik uchun uning ma’nodoshlaridan o‘rinli foydalanish; shakldosh va paronim so‘zlarni ma’nolarini farqlagan holda ishlatish; so‘zlashuvchilar uchun tushunarsiz bo‘lgan sheva so‘zlari yoki ijtimoiy guruhlarga oid argolarni qo‘llamaslik; o‘zlashma so‘zlarni noo‘rin qo‘llashdan cheklanish, ularning milliy tildagi muqobillaridan foydalanish; so‘z qo‘llashda ixchamlik, tejamkorlikka erishish. 16- mashq. Gaplarni o‘qing, ajratilgan so‘zlarning ma’nosini izoh-lang va ma’nodoshlarini toping. 1. Temur tug‘i yetmagan joyni qalam bilan oldi, Alisher (A.O.). 2. Tiliga kuchi yetadigan kishi aql podshosidir; so‘zga ahamiyat bermaydigan kishi la’natlangan, pastdir (A. Navoiy). 3. Xalq oldida gapirganda so‘zing go‘zal bo‘lsin, bu so‘zni xalq qabul qilsin («Qobusnoma»). 4. Xullas, yaxshi nutq tuzish uchun nahv, aruz, mantiq fanlari hamkorligidan foydalanish zarur bo‘ladi. Ularning birontasiga ahamiyat bermaslik, bulardan birining qoidasi buzilishi qolgan ikkitasiga ta’sir qilmay qolmaydi (Beruniy). 5. Agar so‘z senikimi yoki sen so‘znikimi, deb so‘rasalar, aytgil: men so‘zniki va so‘z menikidir, chunki so‘z insonlik daraxtining mevasidir, daraxtni mevadan, mevani esa daraxtdan ajratib bo‘lmaydi. Agar nuqsonli so‘z qaysidir, deb so‘rasalar, Xudo va Rasulning so‘ziga muvofiq kelmaydigan so‘z, deb javob bergil (Koshifiy). 6. Agar gapirgan vaqtingda so‘zning qanday ma’noga ega ekanligini bilmasang, qushga o‘xshaysan, bunday qushni to‘ti deydilar (Kaykovus). Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling