1- ustun 2- ustun
o‘zbek ta’sir
mablag‘ mo‘tabar
2- topshiriq. Matnni o‘qing va shu asosda to‘g‘ri yozish uchun
nimalarni bilish kerakligi to‘g‘risida taklif-tavsiyalaringizni yozma
ravishda bayon qiling.
So‘z va qo‘shimchalarni to‘g‘ri yozish, qo‘shib va ajratib yoziladigan so‘z va so‘z shakllarini bilish, bosh harflar bilan yozilishi kerak bo‘lgan so‘zlarni farqlash kabi imlo amallarini o‘zlashtirmasdan turib yozma savodxonlikka erishish mumkin emas. Imlo qoidalarini bilish faqat to‘g‘ri yozishni o‘rganish uchungina zarur deyish xato bo‘ladi. So‘zlarni to‘g‘ri o‘qish, nutq jarayonida to‘g‘ri talaffuz qilish, hatto so‘zning matndagi ma’nosini to‘g‘ri anglash va o‘rinli qo‘llay bilish uchun ham imlo qoidalarini puxta egallash taqozo etiladi.
Shuning uchun ham Vazirlar Mahkamasi tomonidan tas-diqlangan «O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari»ni chuqur o‘rganish va yozma nutqda ularga to‘la amal qilish har bir o‘quv-chi, qolaversa, barcha fuqarolarning burchidir. Afsuski, ko‘zga tashlanib turgan ko‘cha peshtoqlarida, idoralar nomi yozilgan lavhalarda Yunus-obod, Yangi-bozor, orom-baxsh, ko‘z oynak, elektro texnika kabi xato yozuvlar uchrab turibdi.
Vatanini, millatini sevgan har bir kishi yozuv madaniyati azal-azaldan milliy qadriyatlarning ko‘zgusi, ilmiy-ma’rifiy
salohiyatning belgisi bo‘lib kelayotganini aslo unutmasligi lozim. Ulug‘lanayotgan qadriyatlarimizdan biri bo‘lgan milliy yozu-vimizga hurmat va e’tiqodni to‘g‘ri va chiroyli yozish orqali tarbiyalashimiz maqsadga muvofiqdir.
3-mashq. So‘zlarni ko‘chirib yozing, qo‘sh unli va undosh harf-
larning to‘g‘ri yozilishini esda tuting.
Matbaa, mutolaa, manfaat, mudofaa, murojaat, muta-assib, taassurot, taajjub, taassuf, shuur, vakuum, inshoot, badiiy.
Muqaddam, muddat, modda, moddiy, muqaddas, malla, metall, murakkab, mutafakkir, mukammal, tavakkal, tasarruv, tafakkur, tullak, taraddud, zukko, ziddiyat, Zahiriddin, gamma, grammatika, diagramma, hujjat, himmat, hammom, hurriyat, hakka, dukkak, lazzat, kollej, kakku, kalla, silliq, salla, sakkiz, sodda, jiddiy, go‘mma, chappa, chillaki, xatti-harakat, qaddi-qomat, achchiq, avvalo, omma, okkulist, yollanma.
Do'stlaringiz bilan baham: |