1-amaliy mashg’ulot mavzu: kompozitsion keramika materiallarni asosiy tarkibiy qismlari va ularning ahamyatini o’rganish


Download 0.52 Mb.
bet2/10
Sana05.01.2022
Hajmi0.52 Mb.
#219854
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Амалий маш-улот

Toshsimon minerallarga kvars- SiO2, dala shpati, pegmatit, dolomit kabi minerallar kiradi. Ular o‘zining kimyoviy va mineralogik tarkiblari bilan bir-biridan farq qiladilar. Dala shpati polimineral bo‘lib, uning mikroklin - K2O Al2O3 6SiO2 , natriyli dala shpati – albit- Na2O Al2O3 6SiO2 va kalsiyli dala shpati – anortit CaO Al2O3 2SiO2 turlari mavjud. Pegmatitlar asosan dala shpati, kvars va qisman slyudadan iborat (kimyoviy tarkibi bo‘yicha tuproq moddalariga o‘xshash). Toshsimon minerallar ichida dolomit minerali asosan keramik massa uchun sir tayyorlashda ishlatiladi. Uning tarkibi 54%-SaSO3 va 46% MgSO3 dan iboratdir.

Keramik massa tarkibini tuzishda ishlatilayotgan minerallarning kimyoviy va mineralogik tarkiblari bo‘yicha talablar qo‘yiladi. Talab asosida tanlangan komponetlardan massa tarkibi yaratiladi.

Massaning kimyoviy tarkibini tuzishda uning tarkibidagi R2O va RO lar miqdori, SiO2 / Al2O3 nisbati, Fe2O3 va TiO2 yig‘indisi e’tiborga olinadi.

Keramik massa tarkibida rang beruvchi Fe2O3 va TiO2 yig‘indisi kam bo‘lsa, bu xol keramik massaning oqlik darajasini ta’minlaydi. Tarkibdagi SiO2 keramik massaning mexanik mustaxkamligi oshishiga va qisman pishish temperaturasini pasayishiga omil bo‘lsa, Al2O3 ni miqdoriga ko‘ra massa strukturasida mullitning xosil bo‘lishi, R2O va RO lar miqdoriga ko‘ra shisha fazasining xosil bo‘lishni aniqlash mumkin bo‘ladi. Mazkur oksidlarning miqdori keramik massaning xossalari xaqida xam ma’lumot bera oladi. Masalan, massa tarkibida R2O va RO lar miqdori kam bo‘lib, SiO2 ning miqdori ko‘p bo‘lsa, unda berilgan temperaturada massaning to‘liq pishmasligi kuzatiladi. Demak, massaning mexanik mustaxkamligi past, suv yutuvchanligi esa Yuqori bo‘ladi, ya’ni massa mo‘rt xisoblanadi.

Yuqorida ta’rif berilgan minerallar asosida keramik massalar yaratiladi. Keramik massaning kimyoviy tarkibi asosida uning shixta tarkibini xam xisoblash mumkin. Quyidagi misolda massaning kimyoviy tarkibi asosida uning shixta tarkibini xisoblash usulini keltiramiz:


Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling