1-amaliy mashg‘ulot mavzu: Mustaqillikgacha va mustaqillik yillarida geografiya ta’limi uning rivojlanishi
Download 57 Kb.
|
1-amaliy mashg`ulot sirtqi boshlang`ich
Uchinchi bosqich - 1956-1966 yillar. Bu davrni maktab geografiyasini turmush bilan bog‘lash bosqichi desa bo‘ladi. Bu davrda maktab geografiyasi bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi. O‘qitishning samarali xillari toboro kengroq joriy qilina boshlandi. Maxalliy milliy kadrlar, yirik geograf va metodistlar yetishib chiqdi.O‘quvchi va o‘qituvchilar uchun ilmiy ommobop va metodik adabiyotlar tarjima qilindi. Geografik atama va nomlar ma’lum bir tizimga tusha bordi.
1958 yil 24 dekabrda Oliy Sovetning maktab haqidagi qonuni geografiyaning takomillashuvida katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu qonun boshqa fanlar qatori geografiya ta’limini ishlab chiqarish mehnati bilan yaqinlashtirishga e’tiborni kuchaytirdi. Geografiya ta’limida o‘z o‘lkasini chuqurroq o‘rganishga bo‘lgan talab oshdi. O‘zbekistonda geografiya ta’limini takomilashtirishda bir qancha ilmiy maskanlar va oliy o‘quv yurtlari qatori Pedagogika fanlari ilmiy tekshirish institutidagi geografiya labaratoriyasining xizmatlari katta bo‘ldi. Bu institut geografiya laboratoriyasida P.Musaev rahbarligidagi metodist geograf olimlar maktabda geografiya o‘qitishni takomillashtirish bo‘yicha qator izlanishlar olib bordi. P.Musaev o‘sha mustamlaka yillarida ham xech narsadan xadiksiramasdan milliy maktab muammolari bo‘yicha g‘oyat dadil fikrlarini ilgari suradi. 1960 yildan boshlab geografiya ta’limi metodikasiga oid maxsus qo‘llanma va darsliklar nashr etila boshlandi. O‘sha davrlarda O‘zbekistonda geografiya fanini takomillashtirishda A.Obidov, O.Saidrasulov, X.Xasanov, N.Dolimov, Z.Akramov, O.Muminov, M.Nabixanov, I.Mirzaboev va boshqalarning xizmatlari katta bo‘ldi. Umumta’lim maktablari va oliy o‘quv yurtlari uchun geografik adabiyotlar, darslik va metodik qo‘llanmalarni tarjima qilish keng tus oldi. Bunda X.Xasanov, P.Sultonov, M.Koriev, P.G‘ulomov, R.Raximbekovlar unumli mehnat qildilar. Jumladan N.F.Kurazovning "Geografiya o‘qitish metodikasi" (1962) P.Budanovning "Tabiiy geografiya metodikasi" (1950) A.V.Darinskiyning "Geografiya o‘qitish metodikasi"(1964) N.Dolimovning "O‘zbekiston tabiiy geografiyasi" yangi darsliklari bosmadan chiqdi. Download 57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling