1-amaliy mashg‘ulot mavzu: Mustaqillikgacha va mustaqillik yillarida geografiya ta’limi uning rivojlanishi


Download 57 Kb.
bet4/5
Sana11.03.2023
Hajmi57 Kb.
#1258391
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-amaliy mashg`ulot sirtqi boshlang`ich

To‘rtinchi bosqich - 1967-1990 yillar. Bu davrda ta’lim sohasida turli o‘zgarishlar paydo bo‘ldi. O‘quv ko‘rgazmali qo‘llanmalar chop qilindi. Ta’limni isloh qilish borasida bir qator tadbirlar amalga oshirildi. Muayyan darsliklar tizimi va yangi o‘quv kartalari paydo bo‘ldi. O‘lkashunoslikka e’tibor birmuncha kuchaydi.Ammo O‘zbekiston geografiyasini o‘rganish bo‘yicha soatlar xajmi 20% dan oshmadi. 1960 yillardan boshlab, O‘zbekistonda geografiya ta’limi metodikasining turli yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi. O.Muminov "O‘zbek maktablarida tabiiy geografiya o‘qitish masalalari" (1967), T.Abdullaeva "Tabiiy geografiya o‘qitishda O‘zbekiston tabiati haqida o‘lkashunoslik materiallaridan foydalanish” (1967) M.Nabixanov "SSSR geografiyasida badIIy ko‘rsatmalik vositalarining roli va qo‘llanishi" (1969) P.Musaev "O‘zbekiston iqtisodiy geografiyasini o‘qitish xususiyatlari" (1968), M.Juraboev "O‘zbekiston maktablarida geografiya o‘qitishda predmetlararo aloqalarni joriy etish" (1969), M.Asanov "Topografik tushunchalarni shakllantirish" (197O), M.Yunusova "Geografiya ta’limida natural qo‘llanmalardan foydalanish" (1985), R.Qurbonniyozov "Geografiyadan fakultativ mashg‘ulotlarda o‘quvchilarni mehnatga yo‘naltirish" (1986) mavzulari bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qildilar. O‘rta va Oliy maktablarda Geografiya o‘qitish metodikasini rivojlantirishda X.Xasanovning xizmatlari katta bo‘ldi. Professor Xasanov o‘quvchilar va geografiya o‘qituvchilari uchun o‘nlab ilmiy maqolalar ilmiy ommobop adabiyotlarni o‘quvchilar diqqatiga havola etdi va nashr ettirdi. Bular: "Geografiya terminlari lug‘ati" (1964) "Sayyoh geograflar" (1965) "Yer tili" (1967) "Maxmud Qoshg’‘ariy" (1965), "Geografik nomlar imlosi" (1962) va boshqalar bunga misoldir. X.Xasanov geografiya metodikasiga oid ishlaridao‘quvchi va talabalarning mustaqil ishlari, metodlari, bilimlarni nazorat qilishning o‘ziga xos tomonlarini ishlab chiqdi, rivojlantirdi, takomillashtirdi.
O‘zbekistonda 1969-1970 o‘quv yilida geografiyadan yangi dasturlar joriy etildi va u 1980-81 o‘quv yiligacha amal qildi. Bu dastur bir muncha takomillashtirildi. Har bir geografiya kursi uchun zarur amaliy ishlar uyushtirish qat’iy qilib qo‘yildi. Birinchi marta dasturda mavzular bo‘yicha fanlararo aloqalar, o‘quvchilar bilimi va bajara olishi zarur bo‘lgan bilimlar alohida ko‘rsatildi. Umumta’lim maktablarni takomillashtirish va rivojlantirishda maktabni isloh qilishga tayyorgarlik ishlari ko‘rib chiqildi. Isloh geografiya ta’limi mazmuniga ham ta’sir qilmasdan qolmadi. Maktab geografiyasi kurslari tarkibida ham bazi o‘zgarishlar paydo bo‘ldi.Ta’limning 9-yillik tizimga o‘tishi bilan geografiyani o‘qitishda ham mehnat ta’limi, kasb tanlash, politexnik ta’lim elementlari, iqtisodiy bilimlar kiritildi.

Download 57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling