1-amaliy mashg‘ulot mavzu: Mustaqillikgacha va mustaqillik yillarida geografiya ta’limi uning rivojlanishi
Mamlakatimiz o‘z mustaqilligiga erishgach
Download 57 Kb.
|
1-amaliy mashg`ulot sirtqi boshlang`ich
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darslik nomi Muallif(lar) Nashr etilgan yili
Mamlakatimiz o‘z mustaqilligiga erishgach, respublika xo‘jaligining barcha sohalarida bo‘lganidek ta’limda ham tub islohatlar davri boshlandi. 1992 yilda ilk bor O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim to‘g‘risida"gi yangi Qonuni qabul qilindi. Uning 3- moddasida "Ta’lim dasturlarini tanlashda yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv" zarurligi ta’kidlangan. Bu qonunga asosan mamlakatimizda geografiya ta’limida ham tub o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Yangi mazmundagi o‘quv dasturlar va rejalari ishlab chiqildi. Dasturlar asosida darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari metodik adabiyotlari yaratishga kirishildi. Sobik SSSR tabiiy va iqtisodiy geografiyalari o‘rniga o‘z respublikamizni shu sohadagi geografiyasini atroflicha o‘rganishga o‘tildi. Ta’lim muassasalarini ilmiy maktab uchun zarur bo‘lgan didaktik vositalar bilan ta’minlashga, o‘quv muassasalarini atestatsiya va ankreditatsiyadan o‘tkazish tizimiga kirishildi va amalga oshirildi. Asta-sekin milliy ta’lim tizimi shakllana boshladi. Metodist olim P.Musaev rahbarligida geografiya o‘qitishga oid milliy ta’lim kontsepsiyasi ishlab chiqildi.Milliy maktablarda geografiya o‘qitish mazmunan va deyarlik o‘zgardi.Xorijiy mamlakatlar bilan ta’lim sohasi bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Ulardagi ilg‘or pedagogik texnologiya tankidiy nuqtai nazardan ko‘rib chiqildi. Mamlakatimizda tashkil qilingan "Ustoz" jamg‘armasi orqali ko‘pgina geograflar xorijiy mamlakatlarda bo‘lib, ularning tajribalarini o‘rganib qaytdilar. Amalga oshrilgan tadbirlar tufayli mamlakatimizning o‘ziga xos milliy ta’lim tizimi shakllanib, ta’limning moddiy bazasi mustahkamlanib bordi.
Mamlakatimizda yangi turdagi o‘quv muassasalari, litseylar, gimnaziyalar, kollejlar tashkil qilindi. Ularda ta’lim tizimi deyarli yangidan uyushtirildi. Barcha o‘quv muassasalari kompyuter texnikasi bilan ta’minlana boshlandi. O‘quvchilarni tabaqalab o‘qitish joriy etildi. Ammo bu tadbirlarning barchasi mafkuraga sodiq xodimlarni tayyorlashga da’vat etilgan sobiq ta’lim tizimini yangilash borasidagi dastlabki qadamlar edi. Endilikda mamlakatimizda "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"ga muvofiq maqsad, mazmun, vazifalar, boshqarish, tashkil etish va xalqimizning milliy-madaniy an’analariga mos keladigan hamda demografik va milliy mafkuraga aynan to‘g‘ri keladigan tamoman yangicha "ta’limiy xizmat"ni shakllantirishga kirishildi. Uning pedagogik asosini esa har bir shaxsning qobiliyati va iste’dodini rivojlantirish takomillashtirish orqali jamiyatning ta’limga bo‘lgan extiyojini qondirish tashkil qiladi. Ana shunday kantsepsual g‘oyalar asosida faoliyat ko‘rsatuvchi maktabni, shaxs va jamiyatni rivojlantirishga, ta’limning milliy va mintaqaviy xususiyatlarni e’tiborga olib demokratiya hamda insonparvarlik tamoyillari asosida boshqarishga undaydigan mexanizm sifatida boshqa fanlar qatori geografiya ta’limida ham tayanch o‘quv turi vujudga keldi. Bu mexanizm jamiyatning geografiya ta’limiga bo‘lgan ijtimoiy buyurtmasi davlat talabi bilan bolaning shaxsiy imkoniyati o‘rtasidagi tafovutni muvozanatlovchi vositadir. Yuqoridagi g‘oya va fikrlar hamda kontsetssiyalar asosida mamlakatimizda geografiya ta’limining mazmuni va tuzilishi quyidagi tizimda barpo etildi. Umum ta’lim maktablarida geografiya o‘qitish 5-sinf – tabiiyot (1999-2000 o‘quv yilidan boshlab boshlang‘ich tabiiy geografiya), 6-sinf – Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi, 7-sinf – O‘rta Osiyo tabiiy geografiyasi (1-yarmida), 7-sinf – O‘zbekiston tabiiy geografiyasi (2-yarmida), 8-sinf – O‘zbekiston iqtisodiyva ijtimoiy geografiyasi, 9-sinf – Jahonning iqtisodiyva ijtimoiy geografiyasi. Akademik litseylarda: 1-bosqichda - Ekologiya asoslari, 2-bosqichda - Amaliy geografiya, 3-bosqichda - Iqtisodiy geografiya. 5-sinfda tabiiyot kursi (P.G‘ulomov, P.Musaev, A.Baxromov), 6-sinf uchun Boshlang‘ich tabiiy geografiya va materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi (P.Musaev, A.Baxromov, R.Qurbonniyozov,T.Mahammadieva), 7-sinf uchun "Turkiston tabiiy geografiyasi" (P.G‘ulomov, X.Vaxobov, A.Xasanov) O‘zbekiston tabiiy geografiyasi esa (A.Muminov, P.Baratov, M.Mamatko‘lov, R.Raximbekov). 8-sinf uchun O‘zbekiston iqtisodiy geografiyasi (Z.M.Akramov, P.Musaev) darsliklari chop etildi. Geografiya darsliklaridan tashqari, o‘qituvchilar uchun o‘nlab metodik adabiyotlar chop etildi. Bular R.Qurbonniyozov "Geografiya ta’limi metodikasi" (1992), P.G‘ulomov, "Inson va tabiat" (1992), R.Qurbonniyozov, M.Xolikovlarning oliy o‘quv yurtlariga kiruvchilar uchun "Geografiya" ma’lumotnomasi (1993), R.Qurbonniyozov "O‘zbekiston geografiyasi", (qiziqarli savol va topshiriqlar (1997), R.Qurbonniyozov "Umumiy tabiiy geografiya" (1999), P.Baratov "O‘zbekiston tabiiy geografiyasi" (1996), G.Asanov, M.Nabixanov, N.Safarov "O‘zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy jo‘g‘rofiyasi" (1993), P.Baratov, M.Mamatkulov, A.Rafikov «O‘rta Osiyo tabiiy geografiyasi» (2002), I.Kayumov, I.Safarov, M.Tillaboeva «Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi» (2002) darsliklari yaratildi. Aksariyat viloyatlarning tabiiy va iqtisodiy geografiyalari nashr etildi. Bular Farg‘ona (I.Abdug‘aniev), Surxondaryo (A.Ro‘ziev), Buxoro (I.Nazarov), Xorazm (R.Qurbonniyozov) muallifliklarida amalga oshirildi. Ilmiy va metodik adabiyotlarning chop etilishi geografiya ta’limi metodikasi bo‘yicha chuqur tadqiqotlarning amalga oshirilishi hamda ta’limning birmuncha takomillashuvi tufayli geografiya o‘qitishni tashkil qilish borasida talaygina yangilik vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Mustaqillik yillarida test sinovlariga bag‘ishlangan metodik adabiyotlar ko‘plab nashr qilindi. 1992 yildan respublikamizning barcha oliy o‘quv yurtlarida kirish imtixonlarining test usulida amalga oshira boshlanishi katta samarali natijalarga olib keldi. Ma’lumki geografiyani kartasiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ayniqsa umumiy o‘rta ta’lim maktablarida kartasiz darslarni olib borish mumkin emas. Respublikamizda o‘quv kartalarini tashkil etish bo‘yicha ko‘pgina ishlar amalga oshirildi. O‘tish davrining qiyinchiliklariga qaramasdan, O‘rta Osiyo va Qozog‘istonning tabiiy kartasi, O‘zbekiston Respublikasining tabiiy, iqtisodiy, iqlim, ekologik, aholi zichligi kartalari, dunyoning siyosiy ma’muriy va boshqa kartalarini nashr etish bo‘yicha ko‘pgina ishlar amalga oshirildi. 1999 yilda Prezident farmoyishi bilan O‘zbekiston geografiya atlasi chop qilindi. 5-6-7-8-9 sinflar uchun geografiya atlaslari va konturli kartalar nashr etildi. Ammo dunyoning turli mazmundagi kartalari, globuslar va boshqa ko‘rgazmali qo‘llanmalar nashr etishda sustkashlikka, yo‘l qo‘yildi. 1-jadval
Download 57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling