Qirg’iziston respublikasining geografik o’rni, tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari


Download 137 Kb.
bet1/9
Sana14.04.2023
Hajmi137 Kb.
#1357734
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Qirg\'iziston



Mundarija:
Kirish………………………………………………………. 2
I bob. Qirg`iston Respublikasining geografik o`rni, chegaralari………………………………………………… 5
1.1 Tabiiy sharoiti ................................................................. 5
1.2 Tabiiy resurslari va ulardan xo`jalikda foydalanish masalalari .............................................................................. 10
II bob. Qirg`izistonning aholisi va mehnat resurslari .....13
2.1 Xo`jaligiga umumiy ta`rif .............................................. 13
2.2 Transporti, tashqi iqtisodiy aloqalari, iqtisodiy rayonlari ............................................................................................... 19
2.3 Iqtisodiy markaziy rayonlari ........................................... 23
Xulosa ................................................................................... 25
Foydalanilgan adabiyotlar .................................................. 30


Kirish
Kurs ishining dolzarbligi: Hozirgi kunda davlatlararo har tomonlama
hamkorlikning bir ko’rinishi sifatida xalqaro tashkilotlar va fondlarning
ahamiyati ortib bormoqda. Ular siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va
madaniy sohalarda umumiy tusdagi maqsadlarga erishish uchun davlatlar, milliy
institutlar, nodavlat assotsiatsiyalarini birlashtiradi. Bugungi shiddat bilan rivojlanib borayotgan dunyoda har bir davlat o'z xalqi va kelajagi haqida qayg'urar ekan, qat'iy pozitsiya va samarali rivojlanish yo'llarini o'z zimmasiga oladi. Mustaqil Qirg’iziston oldida ham yosh mustaqil davlatni rivojlantirishning o'tgan tarixiy yo'lini, to'plangan tajriba va erishilgan yutuqlarni tahlil qilish, demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlarini, mamlakat taraqqiyotini jadallashtirishning asosiy ustuvor yo'nalishlarini va aniq maqsadlarni xolisona baholash vazifasi qo'yildi. Bu vazifalarni amalga oshirishdan oldin keng jamoatchilik, ishbilarmon doiralar vakillari, davlat organlari rahbarlari va mutaxassislari bilan amaliy suhbatlar, muhokamalar bo'lib o'tdi. Mahalliy va xalqaro tashkilotlarning qonun hujjatlari, axborot-tahliliy materiallari, tavsiyalar va sharhlar o'rganildi. Rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasi tahlil qilindi. To'plangan takliflar, ularni o'rganish va umumlashtirish keyingi yillarda Qirg’iziston Respublikasini rivojlantirish bo'yicha strategiya hamda yaqin kelajakda davlat taqdirini belgilovchi boshqa dasturlar asosiga aylandi. Shu munosabat bilan mamlakat iqtisodiyotini tabiiy resurslar hisobiga rivojlantirish doirasida amalga oshirilgan islohotlarda Davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga alohida e'tibor qaratildi. Davlat va mintaqaviy dasturlar doirasida odamlarni qiynayotgan va ularning kundalik tashvishlari bilan bog'liq muammolarni hal etishga qaratilgan chora-tadbirlar qabul qilindi. Davlat va jamiyat manfaatlari o'rtasidagi muvozanatni ta'minlash, davlat boshqaruviga yangi usullarni joriy etish, jamoatchilik boshqaruvini takomillashtirish, odamlar uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish sohasidagi vazifalar samarali amalga oshirildi. Jamiyat hayotining barcha sohalarini yanada liberallashtirish va isloh qilish jarayonlarini izchil davom ettirish eng muhimi hisoblanadi. Barcha tarmoqlardagi dolzarb muammolar aholi bilan ochiq muhokama qilinib, ularning eng maqbul yechimlarini izlab topdi. Fuqarolarning fikr-mulohazalari va murojaatlari asosida barcha qarorlar qabul qilinishi islohotlarni jadal va samarali amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, iqtisodiy, bank moliya idoralari, kommunal xo'jalik, ichki va tashqi ishlar organlari, ta'lim va tarbiya, sog'liqni saqlash, sud-huquq tizimining parlament va mahalliy Kengashlar tomonidan axborot va hisobotlarini eshitish tartibini yo'lga qo'yish jamoatchilik nazoratini amalda joriy etish imkonini berdi. Qirg’iziston Respublikasining iqtisodiy salohiyatidan to’g’ri foydalanish uchun ishlab chiqilgan me’yoriy hujjatlar haqida shuningdek, uning samarali tomonlarini aniqlash kurs ishining dolzarb vazifalaridan biridir. Mamlakatimiz ham qator xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning a’zo hisoblanib, har yili yurtimizda xalqaro nufuzli tadbirlar uyushtiriladi. Respublikamiz birinchi Prezidentimiz Islom Karimov Qirg’izistonning jahon xo’jaligidagi o’rni, o’zaro hamkorlik aloqalarimiz borasida shunday deganlar: “Uzoq muddatli istiqbolga mo’ljallangan, mamlakatimizning salohiyati, qudrati va iqtisodiyotimizning raqobatdoshligini oshirishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadigan navbatdagi muhim ustuvor yo’nalish-bu asosiy yetakchi sohalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, transport va infratuzilma kommunikatsiyalarini rivojlantirishga qaratilgan strategik ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun faol investitsiya siyosatini olib borishdan iborat. Dunyodagi mashhur va nufuzli kompaniyalar, Janubiy Koreya, Yaponiya taraqqiyot banklari singari moliya institutlari, qator arab davlatlarining investitsiya fondlari va boshqa xorijiy tashkilotlar yuqori qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan, yuksak texnologiyalarga asoslangan mahsulotlar ishlab chiqarish bo’yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishda bizning yaqin qo’shnimiz yirik hamkorlarimiz bo’lmoqda”1

Download 137 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling