Qirg’iziston respublikasining geografik o’rni, tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari


Atrof muhitni muhofaza qilish va ekologik muammolari


Download 137 Kb.
bet8/9
Sana14.04.2023
Hajmi137 Kb.
#1357734
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Qirg\'iziston

Atrof muhitni muhofaza qilish va ekologik muammolari. Bu muammo Markaziy Osiyoga barcha xalqlar va davlatlar uchun bir xil ahamiyatli va bir xil dolzarb mavzudir. Qirg`izistonda tabiat manbalariga munosabatni olaylik. Uning qaysi qismida kon-qazib olish va qayta ishlash sanoati mavjud bo`lsa, o`sha yerda o`ydim-chuqurlar, tashlandiq tog` jinslarining uyumlari, ko`pdan-ko`p mashina yo`llari, payhon qilingan landshaft ko`zga tashlanadi. Yoki Issiqko`lni olaylik. U asrlar mobaynida mamlakat tabiatining ko`rki, mo`jizasi “jeneva”si edi. Endichi?! Undan, uning atrof-tevarak tabiatidan dam olish, madaniy hordiq chiqarish maqsadida pala-partishlik bilan o`nlarcha dam olish zonalari, shifoxonalar qurildi. Natijada moviy ko`l suvidan, uning atrof-muhitidan foydalanish salbiy oqibatlarga olib keldi. Vaziyat shu darajaga bordiki, eski imperiyaning harbiy boshliqlari mahalliy rahbariyatning fikri bilan hisoblashmasdan ko`l bo`yida harbiy poligon qurdilar. Natijada ko`l suvining ifloslanishi, atrof - muhit landshaftining oyoq osti qilinishi keskinlashdi.
Endilikda mamlakatda tabiatga munosabat o`zgarmoqda. Mustaqil Qirg`iziston davlati tabiat muhofazasiga, ekologik muhitni yaxshilashga qaratilgan hujjatlar qabul qildi. Mamlakat parlamenti 1992-1996 yillarda tabiat muhofazasiga oid maxsus qarorlar qabul qildi. Jumladan, Qirg`iziston tabiatining har bir komponenti va birinchi navbatda Issiqko`l tabiatini muhofaza qilishning uzoqqa mo`ljallangan dasturi ishlab chiqilgan.
Bu dasturda Qirg`iziston tabiatini asl holiga keltirish, uning noyob o`simlik va hayvonot olamini saqlab qolish, tog` tabiatini oyoq osti qilishga yo`l qo`ymaslik va Isssko`l regioni tabiatini muofaza qilish bilan bog`langan kompleks tadbirlar ishlab chiqilgan.
2.3 Iqtisodiy geografiya rayonlari
Qirg`iziston respublikasida yetita iqtisodiy rayon ajratiladi. Ular o’z navbatida uchta yirik iqtisodiy zonaga birlashtirilgan: (Chuy, Issiqko’l, Talos) Markaziy (Norin), Janubiy (O’sh-Jalolobod, Quyi Norin va Qadamjoy—Haydarkent).
Shimoliy Qirg`iziston—Respublikasining xo’jaligi rivojlangan qismi bo’lib (hududning 2\5 qismi aholisining 50%),Qirg`iziston Olatovi etaklarida joylashgan. Chuy vodiysida aholi zichligi eng yuqori bo’lib 1 km.kv.ga 75 kishi to’Іri keladi, sanoat mahsulotning 2\3 qismi, respublikada yetishtiriladigan donning 2\5 qismini, sabzavot va uzumning asosiy qismini yetkazib beradi. Bu yerda lalmikor yerlar ko’p chilikigi tashkil etadi. Bu mintaqa iqtisodiy zonaning rivojlangan qismi hisoblanadi. Mamlakat poytaxti Bishkek shahri ham shu yerda joylashgan. Shaharda yirik qishloq xo’jaligi mashinasozligi, avtomabil yiІish, elektron hisoblash mashinasi, charm—poyabzal, trikataj va sanoat korxonalari ishlab turibdi.
Issiqko’l vodiysi pastki qismida dehqonchilik, baliqchilik, Tog` yonbaІrida esa chorvachilik bilan shuІullanishadi, shuningdek boІdorchilik ham yaxshi rivojlangan. Bundan tashqari dorivor ko’knori va tamaki ekiladi. Asosiy tarmoІi Tog`—yaylov chorvachiligi va u bilan boІliq yilqichilikdir. Iqtisodiy rayon boshqa rayonlarga ham zotdor otlar yetkazib beradi. Issiqko’l nafaqat respublikada balki MDH dagi yirik dam olish maskani hisoblanadi.6
Talas vodiysi ShimoliyQirg`izistondagi eng kam rivojlangan. Bu yerda asosan Qirg`iziston uchun xos bo’lgan qo’ychilik bilan shuІullanishadi. Shuningdek don yetishtirish, tamaki va ko’knori yetishtirish yo’lga kuyilgan.
JanubiyQirg`iziston respublika hududining 33%ini aholisining esa 43% ini tashkil etadi. Aholi zichligi 1 km. kv. ga 27,5 kishi to’Іri keladi. Xo’jaligining o’ziga xos tarmoqlari—gidroenergetika, Tog`—kon sanoati (ko’mir, rangli metallar), paxtachilik (Respublikadagi barcha paxta ekiladigan hududlar shu yerda)dir. Tog` yon baІirlarida lalmikor dehqonchilik rivojlangan. O’sh-O’rta Osiyodagi eng qadimiy shaharlardan biridir. O’rta asrlarda bu yerdan ipak yo’li o’tgan. hozir O’sh Tojikistonning Tog`li Badaxshonga boradigan asosiy avtomobil yo’li o’tgan. Shaharda qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari ishlab turibdi.
Tog`—kon sanoatining rivojlanishi natijasida bir qancha ishchi pasyolkalari tashkil topdi. Bular Sulyukta, Qizil—qiya, Ko’k yonІoq, Toshko’mir va boshqalardir. Rangli metallar qazib olish va boyitish asosida yirik sanoat markazlari—Moylisoy, Haydarkent, Qadamjoy tashkil topdi.
Markaziy Qurg`iziston—Respublika hududining 26% ini, aholisining esa 6% ini tashkil etadi. Aholi zichligi 1 km.kv. ga 5,5 kishi to’g`ri keladi, Iqtisodiy rayonning asosiy boyligi—Norin daryosi va uning irmoqlaridagi gidroenergiya resurslari, hamda bepayon yaylovlaridir.Foydali qazilmalari hali tuliiq o’rganilmagan. Aholisi asosan chorvachilik bilan shuІullanishadi. Chorvachilikda qo’ychilik yaxshi rivojlangan. Respublikada yetishtiriladigan junning 1\5 qismi tashkil etadi.
Norin—markaziy iqtisodiy rayonning sanoat va administrativ markazidir.


XULOSA
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, hozirgi globallashuv sharoitida
xalqaro tashkilotlarning, xususan, moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlarning o’rni
tobora ortib bormoqda. Ular davlat, turli korxona tashkilotlarga qarzberib ularni
moliyalashtiradi. Hozirgi kund dunyoda 100 dan ortiq xalqaro tashkilotlar
mavjud bo’lib, ular turli yo’nalishlarda faoliyat olib boradi.
Qirg’iziston ham bir nechta xalqaro tashkilotlar a’zosi hisoblanadi. U Islom
Taraqqiyot Bankiga 2003 yildan boshlab a’zolikka kirgan. Mamlakatimizning
bank ustav kapitaliga qo’shgan xissasi 2,5 mln islom dinari, ya’ni 3,475 mln
dollar bo’lib, bu har biri 10 mln dinarlik 250 bank aksiyasi bilan barobar edi.
Bugungi kunga qadar mamlakatimiz va ITB o’rtasida bir qancha loyihalar
amalga oshirilgan. Bank mamlakatimizda 2013-2014 yillarga bag’ishlangan
dasturda qishloq joylarida uy-joy qurish masalasi o’rtaga qo’yilib, ITB
tomonidan 100 mln Aqsh dollari shu sohaga ajratilgan.
Tashkilotning asosiy maqsadi a’zo mamlakatlarning, sha’riatga asoslangan
musulmon jamoalarining, iqtisodiy rivojlantirish va ijtimoiy taraqqiyotiga ta’sir
o’tkazishdan iborat bo’lib, uning vazifalari quyidagilardir:
 aksionerlik kapitaliga vositalarni sarmoyalashtirish;
 ishlab chiqarish korxonalari va loyihalariga qarzlar berish;
 a’zo-davlatlarga iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi maqsadida boshqa
shakllarda moliyaviy yordam berish;
 aniq maqsadlar uchun tuziladigan maxsus fondlarni boshqarish;
(nomusulmon davlatlardagi musulmon jamoalariga yordam fondi shular
jumlasidan)
 moliyaviylashtirish uslublari vositasida moliyaviy resurslar yo’naltirish va
depozitlarini qabul qilish;
 a’zo davlatlarga texnik yordam ko’rsatish;
 musulmon davlatlarning rivojlanishi bo’yicha tashkilot a’zolarini
o’qitishda xizmatlar ko’rsatish.7
Qirg’izistonning dunyonining rivojlangan davlatlari bilan iqtisodiy hamkorligi hozirgi kunda keng ko’lamga chiqdi .Bunda asosan dunyoning rivojlangan davlarning yuksalib borayotgan Qirg’izistonga bo’lgan e’tibori muhim ahamiyatga ega. Qirg’izistonda iqtisodiy hamkorlikga keng yo’llar ochib qo’yilgan. Shu boisdan dunyoning rivojlangan davlatlari tomonidan yurtimizga ko’plab investitsiya kiritayotganidan sezishimiz mumkin. Bugungi kunda xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning faoliyati bir qancha iqtisodiy sohalarni qamrab olgan .Xalqaro iqtisodiy munosabatlar jahondagi turli mamlakatlar o’rtasidagi xo’jalik aloqalarining majmuidir .Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi shakllanishini hamda ularni tartibga solishda xalqaro iqtisodiy tashkilotlar asosiy rol o’ynaydi ,xalqaro iqtisodiy tashkilotlar ning asosiy vazifalari:
-xalqaro aloqalar rivojlanishida valyuta- kredit munosabatlari,valyuta va moliya bozorlarining ahamiyati va rolini aniqlash
-ishchi kuchlari xalqaro migratsiyasining qonuniyatlari hamda respublika ishchi kuchlarining xalqaro ayirboshlashuvida qatnashishini ko’rib chiqish. Yaqin kelajakda hududlarning barqaror va muvozanatli rivojlanishini ta'minlash hududlarni jadal industrial rivojlantirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini ta'minlash, yuqori texnologiyali mahsulotlarning ulushini oshirish, qiyosiy ustunliklardan yanada samarali foydalanish asosida ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish zarurligiga bog'liq bo'ladi.
Hududlarda "ishlab chiqarish o'sish nuqtalari" ni shakllantirish bu boradagi ustuvor vazifadir. Bu vazifani amalga oshirish, birinchi navbatda, mintaqaning istiqbolli ixtisoslashuvi, texnika va texnologiyalarni joriy etish sohasidagi yuqori salohiyatga asoslangan klasterlarni tashkil etishga asoslanadi, bu esa mintaqaning mahsulotlarini jahon bozoriga chiqishini ta'minlaydi. Qo'shilgan qiymat zanjiri bo'yicha ishlab chiqarishni tashkil etish shaklida aniqlangan o'sish nuqtalari asosida Klaster tuzilmalarini yaratish nafaqat mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirishga, balki sanoatlashtirish ko'lamini kengaytirish uchun sinergetik ta'sir ko'rsatishga ham yo'naltirilgan bo'lishi kerak.
Bunga erishish uchun elektr energetikasining ishlab chiqarish quvvatlarini ko'paytirish, mavjud korxonalarni texnologik modernizatsiya qilish bo'yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, potentsial zaxiralar va imkoniyatlardan maksimal darajada foydalanishni hisobga olgan holda yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish talab etiladi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarni ba’zida tashqi iqtisodiy aloqalar, jahon xo‘jaligi aloqalari deb ham atalib, ular quyidagi shakllarda namoyon bo‘ladi:
- tovar va xizmatlarning xalqaro savdosi;
- kapital va chet el investitsiyalarining harakati;
- ishchi kuchi migratsiyasi;
- ishlab chiqarishning davlatlararo kooperatsiyasi;
- fan va texnika sohasidagi ayirboshlash;
- valyuta-kredit munosabatlari.
Tovar va xizmatlarning xalqaro savdosi eng avvalo milliy xo‘jaliklarning xalqaro mehnat taqsimotidagi ishtirokiga bog‘liq. Xalqaro mehnat taqsimoti rivojlanishi natijasida jahon bozori tarkib topadi.
Tobora kengayib borayotgan iqtisodiy munosabatlar va mamlakatlarning (uy xo'jaliklarining) o'zaro bog'liqligi (xalqaro mehnat taqsimoti) afzalliklaridan keng foydalanishga yordam beradigan jahon iqtisodiy munosabatlarini har tomonlama tartibga solish rolini oshirishni talab qiladi. Ammo ko'p tomonlama tartibga solishni rivojlantirish ko'lami va yo'nalishi ma'lum davlatlar va ularning siyosatiga ko'proq bog'liqdir.
Xalqaro savdo -iqtisodiy munosabatlar masalalarida ko'p qirrali tartibga solish hukumat qarorlariga uning ishtirokchilarining milliy suverenitetiga ta'sir ko'rsatmasdan ta'sir qiladi. Bu borada tartibga solish nafaqat davlat siyosati sohasiga aralashadi, balki tashqi iqtisodiy sohadagi ishtirokchilarga hukumatlararo darajada va xalqaro tashkilotlar sohalarida ham ko'mak beradi.
Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar - bu maqsadlar, vakolat va boshqa "o'ziga xos" siyosiy va tashkiliy me'yorlarga ega bo'lgan ko'p tomonlama davlatlararo munosabatlar instituti.
Bunday normalar (muassasalar) qarorlarni qabul qilish tartibi, ustav, a'zolik, tartib, shuningdek konferensiyalar, yig'ilishlar, kongresslar bo'lib, o'z faoliyatini cheklangan vaqt davomida amalga oshiradilar.
Xalqaro tartibga solishda o'zaro ta'sir qilish usullari quyidagilardan iborat.
-xalqaro tashkilotlar tomonidan qabul qilingan va ishlab chiqilgan ko'rsatmalar va qarorlar. Ular o'z a'zolari uchun majburiydir;
-hukumatlararo darajada tuzilgan ko'p tomonlama shartnomalar;
-kelishuvlar
-mintaqaviy darajadagi maslahat va hamkorlik.
Davlatlarning iqtisodiy siyosatini tartibga solish mintaqaviy va xalqaro miqyosda amalga oshiriladi va xalqaro xususiy va ommaviy huquq normalariga asoslanadi. Ushbu huquqlarga davlatlar, yuridik va jismoniy shaxslar, iqtisodiy birlashmalar o'rtasidagi iqtisodiy munosabatlar ta'sir qiladi.
Belgilangan normalar odatiy va an'anaviyga bo'linadi. Standartlarga muvofiqlikni davlatlar tomonidan ham, xalqaro huquq normalariga rioya etilishini birgalikda nazorat qiladigan xalqaro mintaqaviy tashkilotlar ham ta'minlaydi. Shunga qaramay, iqtisodiy munosabatlar yanada murakkablashmoqda, shuning uchun ba'zi davlatlar o'rtasida tegishli xalqaro qoidalar va normalar o'zgarib bormoqda.
BMT tizimiga kiritilgan tashkilotlar xalqaro iqtisodiy tashkilotlar tizimida alohida o'rin tutadi.
Bugungi kunda mintaqaviy hukumatlararo tashkilotlar ahamiyati oshib bormoqda va ularning soni o'sib bormoqda va ular butun qit'alarni qamrab olmoqda. Mintaqaviy tashkilotlar tarkibiga nafaqat iqtisodiyot, balki ijtimoiy rivojlanish, siyosiy manfaatlar, mafkura, xavfsizlik va madaniyat masalalari kiradi.
Nodavlat tashkilotlari jahon iqtisodiy munosabatlarini tartibga solishda va ularning rivojlanishida muhim rol o'ynaydi. Bular asosan biznes birlashmalari:
-Xalqaro savdo palatasi;
-eksport qiluvchilar va tovar ishlab chiqaruvchilar uyushmasi;
-nodavlat tashkilotlari tomonidan tashkil etilgan rivojlanish fondlari;
Iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish uchun turli mamlakatlarning ishbilarmonlari tomonidan o'tkaziladigan konferentsiyalar va davra suhbatlari; xalqaro biznes qoidalarini ishlab chiqish.


Download 137 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling