Qirg’iziston respublikasining geografik o’rni, tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari
Transporti, tashqi iqtisodiy aloqalari, iqtisodiy rayonlari
Download 137 Kb.
|
Qirg\'iziston
2.2 Transporti, tashqi iqtisodiy aloqalari, iqtisodiy rayonlari
Tog`li mamlakat Qirg`iziston transportida ayniqsa uning ichki aloqasida avtomobil transportining ahamiyati birlamchi. Mamlakatning ichkarisida tashiladigan yukning 88 foizi avtomobil transportida tashiladi. Avtomagistrallarning umumiy uzunligi 39,2 ming km. Bu ko`rsatkich Turkmanistonnikidan-20,1 ming.km ko`p. Yoki bu ko`rsatkich har bir ming.kv.km ga taqsim qilinganda MDHga a`zo bo`lgan davlatlar o`rtacha ko`rsatkichidan 22 km.ga ko`p. Mamlakat hududidan uning ichki ma`muriy rayonlarini birlashtiruvchi ko`pdan –ko`p avtomagistrallar o`tkazilgan. Yirik atomagistrallari: Bishkek-Ribache-Norin-Torugart-Bishkek-Osh; Osh-Gulcha Saritosh – Xorog; Bishkek-Ribache-Qorako`l; Bishkek Toshkent; Bishkek-Olmata. Mazkur avtomagistrallar Qirg`iziston davlati ichki yuk va passajir tashishida muhim ahamiyatiga ega bo`lib qolmasdan, balki uning Markaziy Osiyo davlatlari va Xitoy bilan iqtisodiy hamda madaniy aloqasida katta o`rin tutadi. 1-MISOL. Bishkek-Osh magistrali. Buyuk Qirgiz trakti deb nom olgan mazkur avtomobil yo`lining qurilishi mamlakatning ikki Shimoliy va Janubiy qutbini birlashtiruvchi muhim yo`l bo`ldi. Ungacha avtomobilda butun Farg`ona vodiysi hamda Toshkent vohasi orqali Oshdan Bishkekgacha 1200 km yo`l bosilardi. Bu masofa mazkur magistral qurilishi bilan ikki marta qisqardi va mamlakatning ichki yuk va passajir tashishida burilish yasadi. 2-MISOL Osh-Xorog yo`li. Mazkur magistralning qurilishi Tojikistonning togli rayonlari bilan qirg`izlarning azal-azaldan mavjud bo`lgan aloqalarini kuchaytiradi. Bishkek Torugat yo`lining qurilishi Xitoyning Qashqar shariga chiqish imkoniyatini yaratdi. Qirg`iziston tog`li mamlakat bo`lishiga qaramasdan uning transportida temir yo`lning ham ahamiyati katta. Mamlakat hududida qurilgan temir yo`llarning umumiy uzunligi 376 km. Bu ko`rsatkich bo`yicha Qitg`iziston MODda oxirgi o`rinda turadi. Temir yo`l transporining ham ichki ham tash qi aloqada ahamiyati bor. Mamlakat temir yo`li transporti Bishkek- Ribache mamlakat ichkarisida, Osh-Andijon, Toshkent-Chimkent-Jambul-Bishkek o`zga mamlakatlar uning shimoliy va janubiy rayonlari orqali o`tgan. Mamlakatda suv, quvur va havo transportlari ham yaxshi rivojlangan. Qirg`iziston rivojlangan transport tarmoqlari orqali xorijiy davlatlar va birinchi navbatda Markaziy Osiyo davlatlari bilan har tomonlama aloqalar qiladi. Bu aloqa ayniqsa O`zbekiston, Qozog`iston va Tojikiston bilan mustahkamdir. Ushbu davlatlar bilan mavjud bo`lgan temir yo`l va avtomobil transportidagi aloqa yaqin kelajakda MODda yagona transport sistemasining barpo bo`lishiga asos yaratadi.5 Mamlakat transport vositalari orqali o`zidan neft, ko`mir, rangli va nodir metallar, mashina va asbob uskunalar, jun tolasi, har xil gazlama, poyafzal, oziq-ovqat va boshqa qishloq xo`jalik mahsulotlarini chiqaradi. O`z navbatida u xorijdan ko`mir, neft mahsulotlari, mashina, qora metall, mineral o`g`it, don va boshqaa mahsulotlar oladi. Ichki rayonlari. U Shimoliy va Janubiy-G`arbiy Qirg`iziston iqtisodiy rayonlariga bo`linadi. Shimoliy Qirg`izistonning hududi 126,5 ming kv.km, aholisi 2 mln. 500 ming kishidan ortiq. U Chu, Talas vodiylarini, Issiqko`l cho`kmasini va shartli ravishda Markaziy hamda Ichki Tyan-Shanni o`z ichiga oladi. Rayonning xalq xo`jaligi yaxshi rivojlangan. Rayon iqtisodiyotida mashinasozlik, metallni qayta ishlash, to`qimachilik, oziq-ovqat sanoatlari yetakchilik qiladi. Bishkek shaxri shu rayonda joylashgan mamlakatning yirik sanoat markazidir. Unda avtomobilsozlik, qishloq xo`jaligi mashinasozligi, elektrotexnika sanoati, yengil va oziq-ovqat sanoat tarmolari joylashgan. U fan va madaniyat markazi ham. Shimoliy Qirg`izistonda qishloq xo`jalik ishlab chiqarishi ham yaxshi rivojlangan. Uning daryo vodiylari, cho`kma va pastqam yerlarida dehqonchilik donli ekinlar, tamaki, ko`knori, qand lavlagi, mevachilik togli zonasida esa yaylov chorvachiligi rivojlangan. Janubiy-G`arbiy Qirg`iziston asosan Osh viloyati hududini o`z ichiga oladi. Uning hududi 72 ming kv. km, aholisi 2 mln 500 ming kishi, rayonda qishloq xo`jaligi intensiv rivojlangan. Paxta va pilla, don va sholi, meva va uzum, poliz va sabzavot, sut va go`sht yetishtirish rayon qishloq xo`jaligining ixtisoslashgan tarmoqlaridir. Rayonning nisbatan janubda joylashganligi, tuproq-iqlim sharoitining qulayligi dehqonchilikning barcha sohalaridan yuqori hosil olish va chorva mollari mahsuldorligini oshirish imkoniyatlarini yaratgan. misol. Paxtani olaylik. Mamlakatda yetishtiriladigan jami paxta shu rayonda ishlab chiqariladi. U yiliga 70-75 ming tonna paxta yalpi hosili yetishtiradi. Paxta hosildorligi gektariga 23,5 sentnerga teng, Bu ko`rsakich Markaziy Osiyoning yirik paxtakor davlati O`zbekistonniki bilan tengdir. Rayon sanaotida ko`mir ayniqsa uning Toshko`mir, Qizil-Qiya havzalarida gaz, neft, simob, surma qazib olish va qayta ishlash, shuningdek yengil va oziq-ovqat sanoati yetakchilik qiladi. Download 137 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling