Qirg’iziston respublikasining geografik o’rni, tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari


Download 137 Kb.
bet6/9
Sana14.04.2023
Hajmi137 Kb.
#1357734
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Qirg\'iziston

1-muammo. Dehqonchilik qilinadigan yer fondining chegaralanganligi. Bunday holat jahondagi barcha tog`li mamlakatlarga xos jarayondir. Bu narsani MOD misolida ham ko`rish mumkin. Jumladan tog`li mamlakatlar Qirg`iziton va Tojikistonniig shu jihatdan imkoniyatlari va muammolari bir-biriga o`xshashdir.
1-misol. Qirgiziston va Tojikiston mamlakatlarining umumiy yer fondi 19,8: 14,3 million gektarni tashkil qiladi. MODning bu mamlakatlari iishlot xo`jaligida foydalaiilayotgan yerlar 10,1 :4,2 million gektarga teng. Shundan shudgor qilinadigan yerlar 1,4:0,9 mln.ga, ya`ni ikki qo`shni mamlakatda umumiy yer fondining atigi 7,1:6,3 foiziga shudgor qilib dehqonchilik qilinadi.
2.misol. MODning yuqorida tilga olingan har ikki mamlakatida shudgor qilinadigan maydonning aholi jon boshiga nisbatan juda past. Jumladan bu ko`rsatkich Qirg`izistonda 0,3 gektarni, Tojikistonda esa 0,17 gektarni tashkil qiladi, xolos. Ayni paytda Markaziy Osiyoning bu davlatlaridagi aholi tabiiy o`sishdagi yuqori ko`rsatkichi inobatga olinsa regionlar oldida turgan mazkur muammoning yana ham dolzarbligi ayon bo`ladi.
Shuning uchun ham Qirg`iziston agrosanoat majmuini rivojlantirish har bir gektar yerdan unumli va tejamli foydalanishning tadbirlar majmuasini ishlab chiqarishni taqozo qiladi. O`z navbatida mamlakat hududining murakkab orografik xususiyatlari o`zgacha agronomik tadbirlarini ishlab chiqishni talab qiladi. Jumladan dehqonchilik doirasini kengaytirish maqsadida tog` yonbag`rlarini o`zlashtirish bir tomondan tog` tabiatiga salbiy ta`sir ko`rsatmasdan terrasalash ishlarini olib borishni, ikkinchi tomondan esa suv quvurlari o`tkazishni kun tartibiga qo`yadi.4
2-muammo - Mamlakat agroiqlim resurslaridan maqsadga muvofiq foydalanish. Qirg`izistonning iqlimiy resurslari uning turli geografik rayonlarida keskin farg qiladi. Bu farq Shimoliy va Janubiy Qirg`iziston o`z geografik o`rniga ko`ra nisbatan yumshoq iqlimli region. U shimoldan va shimoliy sharqdan esadigan sovuq va nam keltiruvchi havo massalalariga ochiq. Janubiy Qirg`iziston esa Farg`ona vodiysi deb nom olgan, turli geografik tomonlardan tog`lar bilan o`ralgan issiq iqlimli o`ziga xos qishloq xo`jalik rayonidir.
Mustaqil Qirg`iziston o`z agrosanoat majmuini yaqin kelajakka rejalashtirar ekan, mazkur muammolarni ijobiy hal qilishi shubahasizdir. Ayniqsa mamlakatning turli geografik rayonlaridagi agroiqlim xususiyatlarini inobatga olish mamlakat dehqonchiligi uchun birinchi darajali ishqir.
Qirg`iziston iqtisodiyotida ko`p tarmoqli qishloq xo`jaligining ulushi katta. Mamlakat qishloq xo`jaligida chorvachilik yetakchi rol o`ynaydi. Buning asosiy sababi qishloq xo`jaligiga yaroqli yerlarning 85 foizini yaylovzorlar tashkil qilishidir. Qishloq xo`jaligida yetishtiriladigan yalpi mahsulotning 60 foizi chorvachilikdandir. Qo`ychilik, qoramolchilik, yilqichilik, cho`chqachilik va parrandachilik mamlakat chorvachiligining yetakchi tarmoqlaridandir.
Misol. Qo`ychilik chorvachilikda muhim tarmoq. Keng yaylovzorlarga va yumshoq tabiatga moslashgan mayin va yarim mayin tolali jun beradigan qo`ychilik mamlakatning shimoliy va markaziy rayonlarida yaxshi rivojlantirilgan. Bu rayonlarda har 100 gektar qishloq xo`jaligiga yaroqli maydonga 140 bosh qo`y to`g`ri keladi, O`z navbatida uning boshqa rayonlarida bu ko`rsatkich 40-80 boshga teng. Mamlakatda ishlab chiqariladigan sifatli jun tolalaridan yiliga 30 million dona erkak v ayollar uchun kostyum tikish mumkin.
Qirg`iziston qishloq xo`jalik ishlab chiqarishida ahamiyati jihatidan 2-o`rinda dehqonchilik va bog`dorchilik turadi. 1996 yilda Mamlakatda jami ekin maydoni 1,4 million gektarni tashkil qildi. Shuning 49,6 foiziga don-dukkakli ekinlar, 11,9 foiziga texnika ekinlari, 3,4 foiziga kartoshka va sabzavot, 35,1 foiziga esa hashaki ekinlari ekiladi. Mamlakatda bug`doy, makkajo`xori, sholi, paxta, ko`knori, tamaki, qand lavlagi, kartoshka, sabzavot ko`p ekiladi. Shuningdek, Qirg`iziston meva va uzumni ko`p yetishtiradi. Texnika ekinlaridan ko`knori etishtirish Markaziy Osiyo uchun yagona dehqonchilik tarmog`idir.
Misol. Dorivor ko`knori asosan Qirg`izistonning Issiqko`l cho`kmasida ko`l bo`yida maxsus ixtisoslashgan xo`jaliklarga ekiladi. Bu ekin quyoshli kunlarni, mo`tadil iqlimiy sharoitni, shamolning tez-tez almashinib turishini yoqtiradi. Bunday tabiiy sharoit esa Issiqko`l bo`ylarida, Tyan-Shan tog`larining ichki qismidagi vodiylarda muhayyo. Dorivor o`simlik ko`knori novcha 1,2-1,8 m bo`ladi. Ko`knori yetishtirish ishlari asosan qo`lda bajariladi. Uning hosili-goradori ximiya-farmaseftika sanoatida ishlatiladi.
Qirg`izistonning sanoatida bo`lganidek, uning qishloq xo`jaligi ham qayta qurilshning katta qiyinchiliklariga duch keladi. Qishloq xo`jaligi tarmoq tuzilishidagi o`zgarishlar, uni texnika vositalari, moddiy resurs bilan, hamda malakali kadrlar bilan ta`minlashdagi qiyinchiliklar yalpi mahsulot yetishtirish hajmiga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Mamlakat agrosanoat majmuida qishloq xo`jalik mahsulotlarini xorijiy texnologiya asosida qayta ishlashni yo`lga qo`yish mln-mln, milliy valyutani sarflashni taqozo etmoqda. Shuning uchun mamlakat ASMda mamlakat qishloq xo`jaligining ko`rki bo`lgan chorvachilikda iqtisodiy ko`rsatkichlar aholi ehtiyojiy darajasidan ancha past. Mamlakat qishloq xo`jaligidagi orqaga chekinishlar ayniqsa 1990—1995 yillarda yaqol ko`zga tashlandi.

Download 137 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling