15
Muhabbat
Odamlarga hayronsan. Ota-onasi tirikligida ikki og‘iz shirin so‘zni
tekinga aytmaydi-da, ular o‘lganidan keyin ming-ming pul sarflab,
o‘sha so‘zlarni qabrtoshga yozdirib qo‘yadi…
(Gumroh bandalar)
Otalar va
bolalar
- Men katta bo‘lsam shifokor bo‘larkanman. Oyim bilan dadam
doim shunaqa deyishadi. Sen katta bo‘lsang kim bo‘lasan?
- Menmi? Men yaxshi oyi bo‘laman!
- Yaxshi oyi qanaqa bo‘ladi?
- Yaxshi oyi… Qo‘g‘irchoqlarimga kiyim tikaman deb pardani
qirqqanimda urmaydigan, ertak o‘qib bering deganimda, har
kuni “dadangga bor, men ertaga o‘qib beraman” demaydigan,
devorga rasm chizganda “Qo‘ling sinib ketsin” demaydigan
bo‘ladi…
(Suhbat)
Do'stlaringiz bilan baham: