1-amaliy mashg‘ulot Mavzu: O‘zbek tilini sohaga yo‘naltirib o‘qitishning maqsadi, vazifalari


Download 244.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/20
Sana18.06.2023
Hajmi244.58 Kb.
#1560846
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
Bog'liq
1-amaliy mashg\'ulot

O‘zlashgan qatlam. Hozirgi o‘zbek tilining lug‘at tarkibiga tarixiy 
sabablarga ko‘ra boshqa tillardan ko‘plab so‘zlar kirib kelgan. O‘zbek tiliga boshqa 
tillardan kirib kelgan so‘zlar o‘zlashgan so‘zlar (olinma so‘zlar) deb yuritiladi. 
O‘zlashgan so‘zlar uyg‘ur, tojik, arab, rus, nemis, fransuz, ispan, ingliz va boshqa 
tillarga oid. O‘zbek tiliga boshqa tillardan kirib kelgan so‘zlarni quyidagi 
qatlamlarga bo‘lish mumkin: 
O‘zlashgan qatlam o‘zbek tili leksikasining boshqa tillardan o‘zlashtirilgan 
leksemalardan iborat qismi. Masalan: maktab, oila (ar.), daraxt, gul (f-t.), axta, 
bahodir (mo‘І.), afandi (turk.), ravshan (suІd.), traktor, avtobus (r-b.) va b.lar. Bu 
qismda arab, tojik-fors va rus tillaridan o‘zlashtirilgan so‘zlar ko‘pchilikni tashkil 
qiladi. 
1. Fors-tojikcha so‘zlar: Bu so‘zlarning o‘zlashishiga sabab shuki, o‘zbek 
va tojik xalqlari asrlar mobaynida qo‘ni-qo‘shni bo‘lib yashab kelyapti. Shunga 
ko‘ra, osmon, oftob, bahor, baho, barg, daraxt, mirob, dasta, bemor, g‘isht, dasht, 
xonadon, shogird, xaridor, mard, kam, chala, balki, agar, ham kabi so‘zlarning 
o‘zbek tiliga o‘zlashishi tabiiy holdir. Misollardan ko‘rinyaptiki, fors-tojikcha 
so‘zlarda poy, dast, dar kabi qismlar qatnashyapti, so‘zlar oxirida jarangsiz 


11 
undoshlardan keyin t, jaranglidan keyin d tovushlari ishtirok etyapti; Fors–tojik
tillaridan o‘zlashtirilgan so‘zlar. Bunday so‘zlarning o‘zbek tiliga o‘zlashtirilishida 
quyidagi omillarning alohida roli bor: a) o‘zbek va tojik xalqlarining qadimdan bir 
(yoki qo‘shni) territoriyada, bir xil ijtimoiy tuzum, iqtisodiy va madaniy-ma’naviy 
muhitda yashab kelayotganligi; b) o‘zbek-tojik va tojik-o‘zbek ikki tilliligining 
(bilingvizmining) keng tarqalganligi; v) tojik va fors tillarida ijod qilish 
an’analarining uzoq yillar davom etganligi; g) £o‘qon xonligi va Buxoro amirligida 
tojik tilining alohida mavqega ega bo‘lganligi; d) adabiyot, san’at, madaniyat, urf-
odatdagi mushtaraklik va b.lar. Hozirgi o‘zbek tilida tojik-fors tillaridan 
o‘zlashtirilgan so‘zlar orasida otlar (sartarosh, avra, avra-astar, bazm, barg, baxt, 
daraxt, daraxtzor, hunar, hunarmand), sifatlar (badbo‘y, badjahl, baland, baravar, 
barvasta, bardam, barzangi, barra, baxtiyor, bachkana, ozoda, toza), ravishlar 
(bajonidil, banogoh, do‘stona, tez, bazo‘r, astoydil, chunon), boІlovchilar (chunki, 
yoki, agar, garchi, ham), undovlar (balli, dod), yuklamalar (xo‘sh, xuddi), modal 
so‘zlar (chunonchi, binobarin) uchraydi. Fors-tojik tillaridan o‘zlashtirilgan 
so‘zlarda: a) so‘z oxirida undosh tovushlarning qatorlashib kelishi ancha keng 
tarqalgan: ²isht, go‘sht, daraxt, karaxt, do‘st, past, kaft, farzand kabi. (Umumturkiy 
so‘zlarda bu holat kam uchraydi); b) kuchsiz lablangan “o” unlisi so‘zning barcha 
bo‘²inlarida qo‘llanadi: ohang, nobud, bahor, obodon, peshona kabi. Tojik-fors 
tillaridan o‘zbek tiliga bir qator prefiks va suffikslar ham o‘zlashgan: prefikslar – 
“be-”, “ba-”, “no-”, “ham-”, “bar-“, “kam-”, “xush-“; suffikslar “-kor”, “-zor”,
“-xo‘r”, ”-parvar”, “-kash”, “-bop”, “-boz”, “-do‘z”, “-namo”, “-paz”, “-furush” 
va b.lar. Ular dastlab tojik-fors so‘zlari tarkibida qo‘llangan, keyinchalik o‘zbek 
tilining so‘z yasovchi affikslari qatoridan o‘rin olib, yangi so‘zlarning yasalishida 
ishtirok etgan, shu yo‘l bilan o‘zbek tili leksikasini yana-da boyitgan. Masalan: 
badavlat, beayov, bebosh, beboshlik, noso², noto‘²ri, hamyotoq, hamkurs, hamyurt, 
barkamol, kamsuv, kamsuvlik, kamsuqum, kamsuqumlik, xushbichim, xushyoqmas, 
o‘rikzor, olmazor, to‘qayzor, bu²doyzor, bu²doykor, nafaqaxo‘r, tekinxo‘r, 
adolatparvar, chizmakash, somsapaz, yubkabop, kostyumbop, gruppaboz, 
buyruqboz, maxsido‘z, telbanamo, ipakfurush kabi. Bulardan tashqari, tojik tilidan 
o‘zlashgan xona, noma so‘zlari o‘zbek tilida affiksoid vazifasida qo‘llanib, yilnoma, 
oynoma, ishxona, bosmaxona kabi so‘zlarning yasalishida ishtirok etgan. Tojik 
tilidan o‘zlashtirilgan so‘zlarga o‘zbek tilining so‘z yasovchi qo‘shimchalarini 
qo‘shib leksema yasash hollari ham anchagina bor. Tojik tilidan so‘z o‘zlashtirilishi 
o‘zbek tilining lu²at tizimida yangi sinonimik qatorlarni ham yuzaga keltirgan: 
qirov(o‘zb.) – shabnam(toj.), yaproq(o‘zb.) – barg(toj.), oltin(umumturkiy) – 
tilla(toj.), buloq(o‘zb.) – chashma(toj.) kabi. Bunday holni antonimlar tizimida ham 
ko‘ramiz: do‘zax (f-t.) –jannat (ar.), yirik (o‘zb.)-mayda (f-t.) kabi. 

Download 244.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling